E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə131/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236
yuqumli-kasalliklar

42-rasm. Barmoqlar orasi kandiozi.
FA yordamida virus antigenlariga qarshi umumiy antitelolar aniqlanadi, lekin boshqa immunologik reaksiyalar hisobiga ham ko‘pincha ijobiy natijalar olish mumkin. Ikkinchi bosqichda ko‘rsatilgan usullarning spetsifikligini aniqlash uchun zardob yanada sezgir usul hisoblangan immunobloting usulida tekshiriladi, u individual virus oqsiliga qarshi antitelolarni aniqlashga imkon beradi. Bular qatorida qon va ayrim suyuqliklarda alohida immunoglobulin sinflarini aniqlash mumkin. M sinfidagi anti-OIV immunoglobulinlari (IgM) alohida ahamiyatga ega, chunki ular infeksiya tarqalishidan oldinroq paydo bo‘ladi.
Zardobda antitelolardan tashqari virus antigenlari mavjud. Ularni kasallik boshlanishidagina aniqlash mumkin.
Laboratoriyada tekshirish uchun tasodifiy kasallik yuqtirishning oldini oladigan barcha tadbirlarga rioya qilgan holda venadan qon olinadi. Ishlatiladigan igna va shprislar buning uchun ajratilgan maxsus joyga solinadi, qon esa germetik idishga yoki konteynerga joylashtiriladi va imzolanib xavfsiz qilib laboratoriyaga yuboriladi. Bunda maxsus belgilardan foydalaniladi va bu belgilar bilan virus tashuvchilardan olingan preparatlar belgilanadi. Bu esa infeksiya yuqish xavfini ancha kamaytiradi (43-rasm).
Qon namunalari maxsus transportda tashiladi. Qon solingan probirkalar shtativlarga, so‘ngra biksga, metall konteyner yoki sovuq saqlovchi sumkaga joylashtiriladi. Tekshirishgacha zardoblar muzlatgichlarda saqlanadi. Laboratoriyaga yuborilgunga qadar muzlatgichda 5 kungacha saqlash mumkin. Qondan zardobni ajratib

olishning imkoni bo‘lmaganda, qon olingan vaqtdan boshlab 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida u laboratoriyaga yetkazilishi shart. Qon 3—5 ml hajmda olinadi. Labo- ratoriyaga kamida 1,0 ml dan kam bo‘lmagan miqdorda zardob yubo- rilishi zarur.
D

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin