E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Patogenezi va patologik anatomiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə175/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Sistalar oshqozon-ichak yo‘llariga tushgandan so‘ng ingichka ichakning pastki yoki yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismida sista qobig‘i eriydi va sista bo‘shliq shakliga aylanadi, u yo‘g‘on ichakning yuqori qismida yashab ko‘payadi. Ayrim hollarda kasallik emas sog‘lom tashuvchanlik rivojlansa, boshqa hollarda dizenteriya amyobasining bo‘shliq shakli ichak shilliq osti qavatiga kiradi va patogen to‘qima shakliga aylanadi. To‘qimalarga kirib, ularni eritishi (lizis) amyobalarda alohida moddalar — sitolizinlar va proteolitik fermentlar borligiga bog‘liq. Dizenteriya amyobasi ichak devori to‘qimasida ko‘payib, shilliq osti qavatlarida katta bo‘lmagan abssesslar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Ular keyinchalik ichak bo‘shlig‘iga yorilib, va shilliq qavatda yaralar hosil bo‘ladi. Asosan ko‘richak va yo‘g‘on ichakning ko‘tariluvchi qismi zararlanadi.
Kasallikning dastlabki bosqichi shilliq qavat devorlari gipe- remiyasi bilan birga uchraydi, ularda mayda eroziyalar va tugunlar shaklida ko‘tarilib turadigan mikroabssesslar rivojlanadi.
Yaralar diametri 2—3 sm kattalikda bo‘lib, ularning atrofi qizargan va bo‘rtib chiqqan qirralarga ega bo‘ladi. Uning tubi yiring bilan qoplanib, kasallik og‘ir kechganda atroflari notekis bo‘lgan katta yaralar hosil bo‘ladi. Ichak devorlaridagi chuqur yaralar qon tomirlari devori butunligining buzilishi natijasida ichakdan qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaralarning mushak va seroz qavatlargacha chuqurlashishi ichak devori perforatsiyasi (teshilishi) va yiringli peritonit rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yaralarning bitishi va chandiqlanishi yo‘g‘on ichak stenoziga olib keladi (ichak yo‘llari chala yoki to‘liq yopilishi mumkin).
Amyobalar qon orqali butun organizm bo‘ylab tarqalib, ichak­dan tashqari o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ladi, ya’ni jigar, o‘pka, bosh miya va boshqa a’zolarda abssesslar paydo bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin