E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə178/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Amyobiaz uchraydigan joylarda (aholi punktlarida) suv ta’minotini to‘g‘ri tashkil qilish zarur. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, faqat qaynatilgan suv ichish zarurligi, hojatxonalarni gigiyenik saqlash va dezinfeksiyalash bo‘yicha ma’lumotlar berilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini dizenteriya amyobasi sistalari tushishidan saqlash muhim ahamiyatga ega.
Barcha bemorlar izolatsiya qilinishi va davolash uchun shifo- xonaga yotqizilishi shart. Amyoba tashuvchilarni davolash ham profilaktik tadbirlarga kiradi. Sista tashuvchilar suv bilan ta’minlash sistemasiga, oziq-ovqat muassasalariga, jamoa ovqatlanish tarmog‘i hamda bolalarga xizmat ko‘rsatish joylariga qo‘yilmaydi. Bemorlar najasi 5% li lizol bilan dezinfeksiya qilinadi. Choyshablar lizolning 3% li eritmasida namlanadi. Umumiy profilaktik tadbirlar dizen- teriyadagi kabi o‘tkaziladi. Kasallikning spetsifik profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
Nazorat savollari

  1. Dizenteriya amyobasining hayot sikli haqida gapirib bering.

  2. Odam amyobiaz bilan qachon kasallanishi mumkin?

  3. Amyobiazning qanday shakllari mavjud?

  4. Ichak amyobiazining qanday klinik shakllari farqlanadi?

  5. Amyobiazni davolashni gapirib bering.

  6. Amyobiazda shifoxonadan chiqarish shartlarini ayting.

  7. Amyobiazda qanday profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi?

Tukli infuzoriyalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Infuzoriyalar uchun ko‘plab tuklar mavjudligi xos, ular butun tanani qoplab oladi va harakatlanish organellalari bo‘lib xizmat qiladi. Ular jinssiz (ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan) va jinsiy, ya’ni konyugatsiya (ikki jinsdagi turlar o‘zaro yadro almashadilar) yo‘li bilan ko‘payadi. Balantidiylar yo‘g‘on ichak shiliq pardalariga kirib yallig‘lanish — yarali jarayonga sabab bo‘ladi. Natijada balantidiaz rivojlanadi.
Balantidiaz (balantidiasis)

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin