Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bezgak bilan kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar chivinlarni yo‘qotish, hurkitib haydovchi moddalar va himoya to‘rlaridan foydalanish orqali odamlarni chivinlar chaqishidan himoyalash, muntazam ravishda bezgak bilan og‘rigan bemorlar va parazit tashuvchilarni aniqlash hamda ratsional davolashga asoslangan. Bezgak tashuvchilari bilan kurashish uchun gidrotexnik va meliorativ ishlar (botqoq joylarni quritish, suv havzalarini tozalash) amalga oshiriladi. Oqmaydigan suv havzalari — ko‘l, botqoqliklar va sun’iy hovuzlarga neft yuborish va parij yashili emulsiyasini sepish, suv havzalarida lichinkalarni yutadigan gambuziy baliqlarini ko‘paytirish hamda insektisidlarni qo‘llash orqali anofeles chivinining lichinkalari yo‘qotiladi. Suv solingan bochkalar, baklar va sisternalar esa qopqoq bilan yopilgan holda saqlanishi zarur. Chivinlardan himoyalanish uchun deraza va eshiklarga doka yoki sim to‘rlar tutiladi. Uxlash vaqtida pashshaxonalardan foyda- laniladi, dimetilftalat va boshqa repellentlar ishlatiladi. Bezgak bo‘yicha endemik hisoblangan o‘choqlardagi kishilarda shaxsiy kimyoprofilaktika o‘tkaziladi. Ko‘pincha delagil (xingamin) 25 g dan haftada 2 mahal qo‘llanadi. Preparat o‘choqqa kelishdan 3 kun oldin beriladi va 4—6 hafta davomida ishlatiladi. Bezgak tashqa- ridan kiritilsa, bemor to‘liq davolanishdan tashqari 2 yil davomida dispanser kuzatuvida bo‘ladi. Agar oxirgi bezgak holati aniqlan- ganidan 2 yil o‘tgach ham yangi kasallanish holati kuzatilmasa, u vaqtda mazkur o‘choq xavfsiz joy hisoblanadi.
Nazorat savollari Bezgak plazmodiylari turlarini sanab bering.
«Sporogoniya va shizogoniya» nima?
Odamga bezgak qanday yuqishi mumkin?
Bezgak xurujini ta’riflab bering.
Bezgak komasi nima va uning rivojlanish mexanizmini gapirib bering.
Bezgakka qarshi ishlatiladigan qanday sintetik preparatlarni bilasiz?
Bezgak tarqatuvchilari bilan kurashish uchun qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
Toksoplazmoz (toxoplasmosis) Toksoplazmoz — parazitar kasallik bo‘lib, nerv sistemasi izdan chiqishi, limfadenopatiya, jigar va taloq kattalashib, ko‘pincha skelet mushaklari, miokard va ko‘z zararlanishi bilan xarak- terlanadi.