Davolash. O‘tkir toksoplazmozni etiotrop davolash uchun xloridin sulfadimezin bilan birga qo‘llanadi. Xloridin 0,025 g dan kuniga 2—3 mahal va sulfadimezin sutkasiga 2—4 g dan 5—7 kun davomida beriladi. 7—10 kun interval bilan 3 kurs o‘tkaziladi. Bu preparatlar tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar bilan almashtirib ishlatilishi mumkin. Toksoplazmozning surunkali shakllarida kompleks terapiya yaxshi natijalar beradi. Avval 7—10 kun davomida etiotrop prepa- ratlardan tetrasiklin guruhidagi antibiotiklar, delagil va boshqalar nospetsifik desensibilizatsiyalovchi preparatlardan diprazin, dimed- rol, suprastin va uncha katta bo‘lmagan miqdorda kortikosteroidlar bilan birga buyuriladi. Vitaminlar va umumquvvat bo‘luvchi moddalar tayinlanadi. Albatta toksoplazmin yordamida spetsifik immuno- terapiya — vaksinoterapiya kursi o‘tkaziladi. Buning uchun avval toksoplazminning ishchi eritmasi (katta bo‘lmagan teri reaksiyasiga sabab bo‘ladigan eng kam eritilish miqdori) aniqlanadi. Davolash uchun tanlangan toksoplazmin teri ichiga 1-kuni 0,1 ml 3 ta joyga, 2-kuni — 4 ta inyeksiya 0,1 ml dan 4 ta joyga, so‘ngra har kuni bir inyeksiyadan qo‘shib borgan holda 10 ta inyeksiyagacha yetkaziladi. Bu davolashning 8-kuniga to‘g‘ri keladi. Toksoplazmin orga- nizmning himoya immun reaksiyalarini kuchaytiradi. Artralgiyalar va miozitlarda fizioterapiya buyuriladi. Homiladorlikning boshlanishida, ya’ni birinchi 3 oyida kimyo- preparatlarni tayinlash qat’iyan man qilinadi, chunki ular ta’sirida nogironliklar (teratogen ta’siri) kuzatilishi mumkin. Teri ichiga qo‘yilgan sinama bo‘yicha toksoplazmozga ijobiy reaksiya kuzatilsa- yu, lekin kasallikning klinik belgilari uchramasa, homiladorlarni toksoplazmoz bo‘yicha davolash shart emas.