E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə196/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Latent toksoplazmozda hatto puxta klinik tekshirganda ham toksoplazmoz belgilarini aniqlab bo‘lmaydi. Ularga serologik reak­siyalar yoki teri ichiga toksoplazmin yordamida qo‘yiladigan sinamalar orqali tashxis qo‘yiladi.
Tug‘ma toksoplazmoz orttirilgan toksoplazmoz kabi o‘tkir kasallik tarzida o‘tadi yoki kasallikning boshlanishidanoq surunkali tus olishi mumkin.
Tug‘ma toksoplazmozning o‘tkir shakli og‘ir va tarqalgan kasallik tarzida kechadi. Kuchli rivojlangan umumiy intoksikatsiya, baland isitma, ekzantema (toshmalar), ichki a’zo va nerv sistemasining o‘zgarishlari xarakterli. Toshmalar qo‘l-oyoqlarga va qorinning pastki qismiga ko‘proq toshadi. Ular bir necha kundan 2 haftagacha saqlanishi mumkin. Ko‘pincha jigar zararlanadi, bunda uning o‘lchami kattalashadi, teri qoplamlari sarg‘ayadi. Taloq va periferik limfatik tugunlar kattalashadi. Bular bilan bir qatorda, ensefalit rivojlanadi. Bunda tonik va klonik talvasalar, oyoq-qo‘llar parezi yoki falaji kuzatiladi.
Tug‘ma toksoplazmozning surunkali shaklida bemorda vaqti-vaqti bilan qayta zo‘rayib turadigan umuminfeksion simptomlar va ko‘z hamda nerv sistemasining zararlanish simptomlaridan ong rivoj- lanishining pasayishi, parezlar, falajlar, epileptik xurujlar va xorioretinitlar kuzatiladi.
Tug‘ma toksoplazmozda infeksion jarayon pasayganidan so‘ng mikrosefaliya va ong rivojlanishining orqada qolishi kabi belgilar doimiy saqlanib qolishi mumkin.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin