Eng qadimgi davrlardan melodning VII asrigacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr


Abdurahmon Jomiyning tarbiyaviy qarashlari



Yüklə 13,5 Kb.
səhifə2/2
tarix15.12.2023
ölçüsü13,5 Kb.
#140883
1   2
AHRORQULOVA MALIKA (4)

Abdurahmon Jomiyning tarbiyaviy qarashlari:
Har bir yosh ilm egallashda kitobni sevishi va uni o ‘ziga beminnat do‘st deb bilishi lozim.
Bilimni yoshlikdan egallash, johillikdan, nodonlikdan chiqish yo‘lidir.
Bilim, hunarsiz kishi o‘tindan boshqaga yaramaydigan mevasiz daraxtga o‘xshaydi.
Ilmga amal qilmaydigan mulla do‘stiga katta kitoblar ortilgan eshak misoli befoydadir.
Har bir yosh ota mansabi, shon-shuhratiga mag‘rurlan- masdan, o‘z yo‘lini mustaqil tanlashi va ilm-hunar o‘rganishi shart.
Hunar o‘rganish har bir kishi uchun, u yoshmi, keksami, shohmi, oddiy fuqaromi barchaga barobardir.
Haqiqiy insonlarga xos bo‘lgan xislatlardan yaxshilik, saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do‘stlik, rost- go‘ylik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga e ’tibor qaratish zanir.
Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab qilinsa, xatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorchilik bo'lgan taqdirda ham, u saxovat emas.
Inson bir-biri bilan munosabatda bo'lar ekan, uning boshqa- larga nisbatan do‘stona munosabati ham kamolot belgisidir. Haqiqiy do‘stlikning belgilari do'stga sodiqlik, qiyin paytlarda undan qoch- maslik, hamdard, hammehr bo‘lish, do‘stligi evaziga biror narsa talab etmaslikdir.
Qoldiray desang jahonda yaxshi nom, Yaxshilik qil, yaxshilik qilgin mudom, Yaxshilikni sen o‘zingga pesha qil, Hech kishiga ranju ozor bermagil.
Agar rahbar nodon, johil bo‘lsa, el boshiga juda ko‘p nadomat, kulfat va zulm yog‘ilishi mumkin.
Qomusiy bilimlar sohibi buyuk mutafakkir va m a’rifatparvar Alisher Navoiy (1441-1501) XV asrda - temuriylar davrida yashab ijod etgan allomadir.
M ashhur tarixchi Xondamir Navoiyning yoshlarga bilim berish va ularni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar tug'dirganini bunday tasvirlaydi: «..Atoqli olimlar va hurmatga loyiq bo‘lgan san’at ahllarining darajalarini ko‘tarishda qo‘ldan kelgan qadar harakat qilib, bunday ishlarga ahamiyat berdi. O‘quvchilar faqat o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun ularga nafaqa tayin etib, madrasalar bino qildi»1.
Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunar egallashini va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega kishilar boiishini orzu qiladi. Uning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g'oyalari markaziy o‘rinda turadi. Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.
Yüklə 13,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin