211-GURUH TALABASI AHRORQULOVA MALIKA
REJA:
1. QADIMGI DAVRLARDA VII ASRGACHA BO’LGAN TA’LIM VA PEDAGOGIK FIKRLAR
2.SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI
3. SHARQ PEDAGOGIKASINI O’QITISHDA TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLAR
4. XIV ASRNING IKKINCHI YARMIDAN XVI ASRGACHA TA’LIM VA MAKTAB
Eng qadimgi davrlardan melodning VII asrigacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bolib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagicha tashkil etganlar:a) bolalar va o'smirlar; b) ijtimoiy hayot va mehnatda to`la ishtirok etuvchilar; c) keksalar.
Eramizdan oldingi I ming yillik o'rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Ovisto, Xorazm, so‘g‘d, Kushon, run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo boladi va ta`lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoyda qog'ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlarning paydo bo`lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo'lishning o'ylab topilishi,
Markaziy Osiyoda O`rtayerdengizi bilan Hindistonni o‘zaro boglovchi karvon yo'Iining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O`rtayerdengiziga «Buyuk ipak yo‘li»ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishiga sabab boldi.
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‘p afsona va rivoyatlar yaratilgan..
Agar bu afsonalar zardushtiylik dinining muqad-das kitobi «Ovisto» mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma’lumotga ega bo'lolmagan bolardik.
Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783 -850)
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‘p afsona va rivoyatlar yaratilgan..
Agar bu afsonalar zardushtiylik dinining muqad-das kitobi «Ovisto» mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma’lumotga ega bo'lolmagan bolardik.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Abu Nasr. Forobiy (873 -950)
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» , «Fozil odamlar shahri» , «Aql ma’nolari haqida» , «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar. Pedagogik qarashlari:
�Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
�Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
�Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol -dunyosini ayamasin.
�Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Abu Rayhon Beruniy (973 -1048)
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari Asarlari: «Minerologiya» , «Geodeziya» , «Hindiston» , «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» , «Saydana» va boshqalar. Ilmiy-pedagogik qarashlari:
� Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.
� Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi: 1. Irsiyat. 2. Muhit. 3. Tarbiya.
� Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga bilim berishda: -o’quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; -uzviylik, izchillik; -yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari Abu Ali Ibn Sino (980 -1037)
Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqidagi qarashlari Asarlari: «Tadbir al-Manozil» , «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola» , «Burch haqida risola» , «Al-konun» , «Ishq hakida risola» , «Xay ibn. Yakzon» , «Donishnoma» va boshqalar. Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari:
� Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o’ch olish, adovat, bo’xton, irodasizlik kabilardir.
� Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
2) ta’limda yengildan qiyinga borish orqali bilim berish;
3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Ana shu madaniy ko'tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va O‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg'onish davri deb ataldi. Bu Uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Xalifa Horun ar-Rashid va uning o'g'li al-Ma’mun davrida Bag'dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etadi.
Akademiya 819-833 -yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi bu ilm markazi, o'z navbatida, Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o'rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko'rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.
XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida shahar va qishloqlarda xo’jalik hayotining jonlanishi bilan shubhasiz mo’g’ullar istilosi va bosqini davrida kuchli zarbaga uchrab inqirozga yuz tutgan fan, adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi.
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri Birinchi bosqich – shariat. Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirish. Uchinchi bosqich – ma’rifat. To’rtinchi bosqich – haqiqat.
Ulug’bek davrida maktab islohoti Ulug’bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417 -yilda Buxoroda, 1417 -1420 -yillarda Samarqandda va 1433 yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi.
madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
1. «Anda» (kichik) – o’qish muddati 2 yil.
2. «Aust» (o’rta) – o’qish muddati 3 yil.
3. «A’lo» (oliy) – o’qish muddati 3 yil.
Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari Bobur 1526 -yilning 21 -aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Hindistonni egalladi. 1526 -yilning 27 -aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o’qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uyxayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi.