Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish,
hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma’lumotlarni o‘z vaqtida
to‘plash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish
maqsadida tarqatish uchun mo‘ljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va
odamlarning muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zaro aloqalar tizimi; 2) marketing
sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi
ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar
majmui.
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi
elementlari yoki marketing tadbirlari bo‘yicha) aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi,
marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo‘limi. Marketing
byudjetini
rejalashtirish
maqsadli
foydaga
asoslanishi
yoki
foydani
optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g‘oyalarni izlab topish, tanlash va ularni
tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo
taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‘liq harakatlar va bosqichlarning tartibga
solingan majmui.
Marketing kommunikasiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit
bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi), vositalar,
kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul qiluvchining tahriri) aloqalar majmui; 2)
insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish
falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini
qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va
g‘oyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga
236
qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo, tovar, ijtimoiy va o‘zaro aloqaviy
konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.