Mijozlar. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, kompaniya mikromuhitida xaridorlar
eng muxim ishtirokchilar hisoblanadi. Qiymat yetkazib beruvchi tarmoqningning
maqsadi maqsadli mijozlarga xizmat ko`rsatish va ular bilan kuchli munosabatlar
qurishdir. Kompaniya barcha turdagi yoki besh turdagi mijozlar bozori maqsad qilishi
mumkin. Iste`molchi bozorlari o’z ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlar sotib oladigan
alohida shaxs va xo`jaliklardan iborat bo`ladi. Biznes bozorlari tovar va xizmatlarni
kelgusida qayta ishlash yoki o’z ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatish uchun sotib
oladilar, vaholanki, tijorat vositachilari bozorlari tovar va xizmatlarni foyda olish
maqsadida qayta sotish uchun sotib oladilar. Davlat bozorlari tovar va xizmatlarni
ommaviy xizmatlar ishlab chiqarish yoki tovar va xizmatlarni ehtiyojmand boshqa
shaxslarga berish maqsadida sotib oluvchi davlat muassalaridan iborat. Nihoyat,
xalqaro bozorlar boshqa davlatlardagi xaridorlar, shu jumladan, iste’molchi, ishlab
chiqaruvchi, tijorat vositachilari va hukumatdan iborat. Har bir bozor sub’ekti sotuvchi
tomonidan puxta o’rganilishi talab etiladigan alohida xususiyatlarga ega.
3.3. Makromuhit: demografik muhit, iqtisodiy muhit, tabiy muhit va texnologik muhit Kompaniya va boshqa sub’ektlari yirik makromuhitda kompaniya uchun
imkoniyatlar ko’rinishida bo’lgan tahdidli kuchlarni boshqaradilar. 3.3-rasmda kompaniya makromuhitining oltita asosiy kuchi ko’rsatilgan. Hattoki, eng hukmron
kompaniyalar ham marketing muhitida tez-tez sodir bo’ladigan bo’ronli va
o’zgaruvchan kuchlarga nisbatan himoyasiz bo’lishi mumkin. Ushbu kuchlarning
ayrimlarini oldindan ko’rib bo’lmaydi va nazorat qilib bo’lmaydi. Boshqalari bashorat
qilinishi va mohir boshqaruv yordamida nazorat qilinishi mumkin. Tashqi muhitni
tushunuvchi va unga yaxshi moslashuvchi kompaniyalar gullab-yashnashi mumkin.
Ular qiyin holatlarga duch kelishi mumkin bo’lmaganlardir.