Estetikaning


Mehnat- turmush estetikasining muhim omili



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə19/21
tarix26.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#135469
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Mehnat- turmush estetikasining muhim omili.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»59. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi. Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»60. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. Chunonchi, bugungi yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, «ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy jihatiga aloqador»61. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniymoddiy mehnat jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu «o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga asoslanadi, degan fikr hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan yiroqligi ko‘rsatilardi. Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. Zotan, fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiyshaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi»62. Zotan ijodiy mehnatni o‘z hayotining ma’nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy olimdir.
Hozirgi kunda san’atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan. CHunonchi, bugungi yozuvchi o‘z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo‘shiqchilar va boshqalar kompyutpr texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg‘u asboblari ham ma’lum ma’noda texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‘zallik ijodkorning ma’naviy-ruhiy ko‘makchisiga aylanganini ko‘ramiz.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi bilan bog‘liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning uyg‘unligi, imoratlar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‘rgazmali amaliy san’at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi inson mehnatini go‘zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga oshuvini ta’minlashga xizmat qiladi.
SHu taxlit, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab chiqarishi bilan chegaralamaydi, dizayndan keng foydalangan holda, o‘zini atrof-muhitni go‘zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Turmush estetikasi deganda biz insonning voqelikka keng qamrovli estetik munosabatini tushunamiz. U hozirgi paytda o‘z ichiga kiyinishidan tortib, xulqiy go‘zallikkacha, oilaviy an’analardan tortib, oilaviy makongacha bo‘lgan «estetik doirani» o‘z ichiga oladi. Turmush estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi, pirovard natijada u turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonunqoidalariga rioya qilib yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa, oilada jamoat joylarida o‘zni tutishni, boshqalar bilan muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan ma’naviy hodisadir. Uni estetika va axloqshunoslik kesishgan nuqta, go‘zallikning axloqiylikda, axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, turmush estetikasining qamrovi keng, uning aloqalari kundalik turmushning estetik muammolari doirasidagina qolib ketmaydi, balki tabiat estetikasi, texnika estetikasi, atrof-muhitni go‘zallashtirish tizimi va estetik tarbiya singari miqyosli ijtimoiy ma’naviy hodisalar bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshadi.
Turmush estetikasida moda alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turshini tushunamiz. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo‘ladi. Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda bunda odamlarning yashash tarzidan (stilidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Qisqasi, moda muayyan ma’noda jamiyat yashash tarzining o‘ziga xos shakli, zamonaviy usuli sifatida estetik tahlilni taqozo qiladi. Zotan, u umumestetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. SHu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega, urf bo‘lgan narsalar, bir davr, hatto bir yil mobaynida modadan chiqib ketishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning elliginchi yillarida erkak va ayollar tagcharmiga maxsus g‘arch qo‘yilgan etiklar, tuflilar kiyishardi, yurganda «g‘arch-g‘urch» qilardi. Hozir esa, iloji boricha tovush chiqarmaydigan, yumshoq poyafzal urf bo‘lgan, ya’ni modada. YOki oltmishinchi yillarda bir oz demokratik o‘zgarishlar ro‘y berishi tufayli qatag‘on qilinganlar haqidagi asarlar, xususan, Habib No‘‘monning «YOshlikda bergan ko‘ngil» qissasi urf bo‘ldi, hozir esa, Tohir Malikning
«SHaytanat» romani modada. Bunday holatni «xit» bo‘lgan qo‘shiqlarga va ular ijrochilariga ham tadbiq etish mumkin.
Ana shunday xususiyatlari bilan moda kishilar estetik tarbiyasiga ta’sir o‘tkazadi. Biroq bu ta’sir doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Hozirgi, globallashuv jarayonlari qizg‘in ketayotgan davrda, bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga modaning “ko‘chishi” ko‘pincha salbiy xususiyatga ega. Masalan, biri birining aksi bo‘lgan ikki hodisadagi modani olib ko‘raylik. Biri – hijob. U aslida sahroga serob arab mamlakatlarida og‘iz-burunni, ko‘zni, umuman, butun badanni qum zarralaridan asrash maqsadida kiyiladigan libos, keyinchalik u islomiy talabga moslashtirilgan. Bizda esa, uning vazifasini mintaqaviy fasllarimizga mos keladigan ro‘mol turlari (qishki, bahorgi, yozgi, kuzgi) bajaradi. Bir paytlardagi paranji hozir modadan chiqib ketgan, qimmatbaho, zarrin (islomda bunday matolar man etilishiga qaramay), buning ustiga sintetik materialdan tikilgan havo o‘tkazmaydigan hijob bizning keskin-qit’aviy yozimizda badanni yondirib yuboradi, gigienik nuqtai nazardan zararli.
Ikkinchisi – hozir qizlarimizning nihoyatda tor jinsi shim va bel bilan kindikni ochib turadigan kalta kofta kiyishi modada. YOz chillasida shim kiyib, serchang ko‘chalarimizda badanning yarmini ochib yurish ham gigiena, ham sharqona odob va mintaqaviy axloq bilan sig‘ishmaydigan holat. Bunday hodisalar yuksak did bilan modaga amal qilish emas, balki ko‘r-ko‘rona modaparastlik, modaning ketidan quvish, turmush nafosatini jo‘nlashtirish sifatida baholanishi lozim. Ana shunday hodisalarda turmush estetikasining tahlillari, nazariy xulosalari asqotadi.

Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin