Bekmurodov M.B.O‘zbek mentaliteti. – T.: 2004 yil.
Turg‘unov F. Mehnat mentaliteti: Yangilanish va taraqqiyot dialektikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004 yil.
Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy-etnik jihatlari. – T.: 2004 yil.
Karimov I. Millat sha’ni. – T.: Yangi asr avlodi, 2005 yil.
Koraboyev U.X Etnokultura. (traditsionnaya narodnaya kultura). – T.: Sharq, 2005 yil.
Gayupova Sh. Mentalitetning ijtimoiy-falsafa sohasida o‘rganilishining nazariy asoslari.-Falsafa sohasida o‘rganilishining nazariy asoslari // Falsafa va huquq, – T.: 2005, №3.
Ashirov A. Oilaviy marosimlarning ba’zi falsafiy-ahloqiy masalalari // Falsafa va huquq. – T.: 2006. - № 3.
O‘tanova U. Etnomadaniyatning yashovchanlik siri // Tafakkur. – T.: 2006, №3. .
Ibrohimov A. O‘zbek mahallasi. –T.: Ma’naviyat, 2007 yil.
Qo‘chqorov V. Milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. – T.: Akademiya, 2007 yil.
Nishonova O.Z. Etnik madaniyat va marosimlar. Ma’razalar matni. – T.: O‘DSI, 2009 yil.
Sobirova M.A. va boshq. “Etnomadaniyat” fanidan elektron darslik. – T.: 2014 yil.
Sobirova M.A. Etnomadaniyat fanidan ma’ruzalar matni. –T.: TDPU, 2015 yil.
|
Internet saytlari
www. тдпу. уз
www. Зиёнет. уз
www. еду. уз
www. маънавият. уз
www.билим.уз.
FANNNIG
NAZARIY MATERIALLARI
1-mavzu: ETNOMADANIYAT FANINING PREDMETI,
MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
Kirish
Mustaqillik sharoitida xalqimizning turmush tarzi, urf-odat va an’analariga e’tibor
“Etnomadaniyat” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari
“Etnomadaniyat” fanini o‘rganish – davr taqozosi
Etnomadaniyat har doim nihoyatda muhim mavzu bo‘lib kelgan, bundan keyin ham uning dolzarbligi oshib boraveradi. Chunki, u millat mavjudligining asosi, uning bugungi va istiqbolini tahminlaydigan mahnaviy boylik hisoblanadi.
Ayniqsa, mustamlaka va qaramlik azoblarini o‘z boshidan kechirgan, Etnomadaniyati to‘talgan xalqimiz uchun uni o‘rganish, hali yuzaga chiqmagan imkoniyatlarini ochish, ommaviylik darajasiga ko‘tarilmagan jihatlarini xalqimizga, ayniqsa yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish milliy tiklanishimiz jarayoni ketayotgan bugungi kunda uning dolzarbligini yana ham oshirib bormoqda. Chunki, ana shunday sharoitda milliy mentalitetimizni zo‘ravon kommunistik g‘oyalar asosida o‘zgartirish, uni mazmun yagona, shaklan “milliy” bo‘lgan g‘ayri ilmiy va g‘ayri milliy “ma’naviyat” asosida rivojlantirishga qaratilgan siyosatning olib borilishi oqibatida Etnomadaniyatimiz zaiflashdi, milliy urf-odat, an’ana, qadriyat, udum va marosimlarimiz toptaldi, millatimiz ulardan nafaqat mahrum yetildi, shuning bilan birga ulardan o‘zilib qoldi va buning natijasida millatimiz ongi va qalbida “begonalashuv” ruhiyatini shakllantirish ham amalga oshirildi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur jarayonlar haqida shunday yozadi:“...biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy mahnaviyatimizni rivojlantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bo‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yo‘llar va zo‘ravonlik bilan joriy yetishga harakat qilishgan”.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina millatimizning ana shunday mustabid yillarida toptalgan Etnomadaniyat salohiyatimizni qayta tiklash, milliy mentalitetimizni uning boy sarchashmalari bilan boyitish borasida yangi imkoniyatlar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: |