F.O.O‘roqov – SamISI Iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi assistenti
Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning zaruriyati
Annotatsiya: Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha segmentlari qatori sog’liqni saqlash tizimi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada bu tizimni moliyalashtirish ahamiyatliligi va davr talabi ekanligi xususida so’z boradi.
Kalit so’zlar: sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy yordam ko’rsatish sifati va uning samaradorligi, smetali moliyalashtirish, integratsiya, telemeditsina aloqalari.
Аннотация: В настоящее время наряду со всеми сегментами экономики стремительно развивается система здравоохранения. В данной статье говорится о важности и необходимости финансирования этой системы.
Ключевые слова: система здравоохранения, качество медицинской помощи и ее эффективность, сметное финансирование, интеграция, телемедицинские коммуникации.
Abstract: Currently, along with all segments of the economy, the healthcare system is developing rapidly. This article talks about the importance and necessity of funding this system.
Keywords: healthcare system, quality of medical care and its effectiveness, estimated financing, integration, telemedicine communications.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi bilan eng ko‘p ish olib boradigan qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori zimmasiga 146 turdagi kasallikka diagnoz qo‘yish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qo‘yish va yo‘llanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika bo‘yicha juda ko‘p vazifalar yuklatilgan. Shu bois, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomtligini mustahkamlash yili” davlat dasturi loyihasida tibbiyot sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator kechiktirib bo‘lmas masalalar qamrab olinmoqda
Darhaqiqat 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida amaldagi umumiy amaliyot shifokori va hamshiralar o‘rniga oilaviy shifokor, uning terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan iborat bo‘lgan “tibbiyot brigadalari”ni tashkil qilish vazifasi belgilangan. Ijtimoiy sohada ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi ham yildan-yilga ortib bormoqda1. Endilikda, sog‘lom turmush tarziga amal qilinmasligi natijasida kelib chiqayotgan kasalliklar ko‘rsatkichini 55 foizdan sezilarli darajaga tushirish maqsadida uy sharoitida bolalar uchun tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida 6-23 oylik bolalar mikronutriyent kukuni bilan, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan hamda 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlandi2.
Tahlillar natijasida shifokorlarning ish kunining 60 foizi bemorlarni davolashga emas, hisobot to‘ldirishga sarf bo‘layotgani aniqlangan. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda Yagona elektron ro‘yxatga olish va internet tarmoq orqali shifokor qabuliga yozilishni taʼminlab beruvchi «Elektron poliklinika» avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirilishi natijasida hududlarda yashovchi fuqarolarning yagona tibbiy kartasi yaratilmoqda. Bunday tizim orqali fuqarolarimiz respublikamizning barcha tibbiyot muassasalaridan o‘zining kasallik varaqalaridan elektron tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Bu kabi tizimlarning joriy qilinishi nafaqt shifokorlarga, balki bemorlarga ham vaqt va mablag‘ masalasini tejash borasida bir qator qulayliklarni yaratmoqda. Xususan, 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasining 177-bandida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida hududlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek muhtoj shaxslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra shifoxona muassasalari soni quyidagicha berilgan3:
Dostları ilə paylaş: |