факультети «Бинолар ва иншоотлар қурилиши» кафедраси Қурилиш конструкциялари фанидан



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix24.10.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#118561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
betonning-asosiy-fizik-mexanik-xossalari

8.3.Beton deformatsiyasi 
Deformatsiya turlari. Betonning deformatsiyasi 2 guruhga: betonga kuch ta’sir 
etmagan va etgan holatdagi deformatsiyalarga bo’linadi. Kuch ta’sir etmagan 
holatdagi hajmiy deformatsiya betonni kirishishda yoki atrof muhit ta’sirida issiqlik 
va namlikninng o’zgarishi natijasida paydo bo’lib, vaqt davomida rivojlanib boradi. 
Tashqaridan ta’sir etadigan yuklar kuch deformatsiyasini hosil bo’lishiga sabab 
bo’ladi. Yuqorida aytilgandek, beton elastik-plastik material hisoblanadi. Beton 
kichik kuchlanishda ham elastik deformatsiya (tiklash) holatidan tashqari, unda 
noelastik (plastik) deformatsiya holati ham mavjud bo’ladi. 
Kuch deformatsiyasi uch turga bo’linadi. 
- qisqa muddatli yukni bir marotaba yuklashda; 
- uzoq muddatli yuk ta’sirida; 
- ko’p karrali yuk ta’sirida; 
Deformatsiya nazariyasiga ko’ra betonning nisbiy deformatsiyasi, bu betonning 
absolyut uzayishi (yoki qisqarishi) ni, dastlabki holatidagi o’lchamiga nisbati 
tushuniladi.
Kirishish va shishish. Betonning muhim xossalaridan biri uning hajmiy 
o’zgarishidir. Beton hajmiy o’zgarishiga olib keladigan sabablardan biri kirishishdir 
(usadka). Kirishish — betonning tabiiy holda qotishishidagi hajmini kichrayishiga 
aytiladi. Betonni kichrayishiga qotayotgan tsement gelь hajmini kichrayishi va 
ortiqcha suvni beton tanasidan chiqishi sabab bo’ladi.


Kirishish beton yoshiga, tsement miqdoriga, tayyorlash texnologiyasiga, 
elementning kesim yuzasi va shakliga bog’liq. U dastlabki kunlari juda tez kechadi, 
keyinchalik asta sekin to’xtaydi. 
Betonda tsement va suv miqdori qancha ko’p bo’lsa hamda atrof-muhit namligi 
qancha past bo’lsa kirishish shuncha ko’p bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 
kirishish deformatsiyasi quruq issiq iqlimli mintaqalarda namli mintaqalarga 
qaraganda 1,5...2 barobar va undan ko’proq bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra betonning 
kirishishi 

sh
=(30...50)x10
-5
gacha bo’lishi mumkin. Bu degani 1 metr uzunlikda 
0,3...0,5 mm gacha qisqarishi mumkin. Bunday deformatsiya bir qarashda kamdek 
ko’rinadi, lekin u qurilishda o’zining sezilarli ta’sirni ko’rsatadi. Umuman shuni 
ta’kidlash joizki, qurilish konstruktsiyalarida deformatsiya miqdorini juda kichik 
konstruktiv elementlar deformatsiya miqdoriga nisbatan taqqoslab bo’lmaydi. 
Temirbeton konstruktsiyalaridagi armatura kirishishni ikki martadan ortiq 
kamaytiradi. Bunga sabab shuki, armatura ko’proq elastiklik moduliga ega va u beton 
bilan birikib uni erkin deformatsiyalanishiga yo’l qo’ymaydi. Kirishish betonni 
armatura bilan yanada mahkam tishlashishiga (stsepleniya) sabab bo’ladi, bu albatta 
ijobiy holdir, ammo betonning turli qatlamlarini har xildagi kirishuvi (yuqori 
qismida-ko’proq, ichki qismida-kamroq) ichki kuchlanishni yuzaga keltiradi (ichki 
qatlamlar ustki qatlamini erkin deformatsiyalanishiga qarshilik qiladi, natijada 
yuzadagi qatlamlarda tortishish kuchi yuzaga keladi). Bu kuchlanishlar betonda 
mikrobuzilishga olib kelishi mumkin. Mikrobuzilishlar asosan to’ldiruvchi bilan 
tsement toshi bog’langan sirtlarda paydo bo’ladi, bunday holatni bo’lmagani ma’qul. 
SHuni ta’kidlash joizki, hajmi katta bo’lgan konstruktsiyalarda kirishish ta’siri ancha 
sezilarli bo’ladi. 
Betonni suvda qotayotganda hajm jihatdan kengayishi shishish deyiladi. 
SHishganda beton deformatsiyasining qiymati kichrayishga qaraganda 2-5 marta 
kam, ya’ni shishishning o’rtacha qiymati 0,10 mm/m ga teng. 
Betonni harorat ta’siridagi deformatsiyasi alohida ahamiyatga ega.
Harorat deformatsiyasi va kuchlanishini hisoblash uchun betonning chiziqli 
kengayish koeffitsientidan foydalaniladi, uning qiymati tajriba ma’lumotlariga ko’ra -
40° C dan +50°C gacha bo’lgan haroratda o’rtacha 

t
=(0,7...1)

10
-5 
1

grad tashkil 
etadi. (harorat 1°C o’zgarganda beton deformatsiyasi 0,01 mm/m ni tashkil etadi. Bu 
koeffitsientning qiymati to’ldiruvchining turiga, beton qorishmasining tarkibiga, atrof 
muhitning issiqliligi va namliligiga, betonning yoshi va o’lchamlariga bog’liq. 
Betonning harorat ta’sirida deformatsiyalanishi ikki qismdan iborat bo’ladi. 
1. 
Deformatsiya haroratning o’zgarishiga proportsional ravishda 
o’zgaradi . 

t


t
(t–t
0
)


t
t

(1.2) 
Bu yerda 

t
-betoning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsienti; 
t

-muhit haroratining o’zgarishidan xosil bo’ladigan farq, 
0
C. 
2.Harorat farqidan hosil bo’ladigan ichki kuchlanish 
t
E
E
t
b
t
b
t






(1.3) 
bu yerda 
E
b
-betonning elastiklik moduli. Bu massiv konstruktsiyalarda 
(gidrotexnik) hamda statik noaniq tizimli konstruktsiyalarda qo’shimcha kuchlanishni 


yuzaga keltiradi. SHuning uchun qurilish me’yorlarida binodagi temirbeton 
konstruktsiyalarining deformatsiya blokining uzunligi cheklangan. (binolarda 
deformatsiya choklari cho’kish va seysmik choklar bilan birgalikda olib boriladi). 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin