Fakultet jarrohlik –vaziyatli masala
1. Bemor qorinni xamma soxasida og‘riqga, ko‘ngil aynash, ogiz kurish,umumiy xolsizlikka, shikoyat kiladi. 25 soat oldin kasal bo‘lgan, epigastral soxada kuchli og‘riq, ko‘ngil aynash b-b, keyin og‘riq kuchaygan va gaz chikishini tutilishi kuzatilgan.
I. Sizni tashxisingiz:
A. miokard infarqtini abdominal formasi
B. o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
V. krupozli pnevmoniya
G. o‘tkir qorin*
D. nospetsifik yarali kolit
II. Shu xolatda qaysi preparatlar mumkin emas:
A. antibiotiklar
B. analgetiklar*
V. spazmolitiklar
G. stimulyatorlar
2. 14 yoshli bemor gijja to‘plami bilan ichak tutilishi mavjudligi aniqlandi.
I. Jarrox taktikasi: (noto‘g‘ri javobni ko‘rsating)
A. gijja tuplamini tugatish va ularni bir kism ichakni yen kismiga surib kuyish
B. ichakni qisman rezeksiyasi va yonbosh anastomoz kuyish
V. eneterotomiya orqali gijjalarni chiqarish va tikib kuyish
G. tashqi enterotomiya
D. ichak rezeksiyasi va uchma-uch anastomoz kuyish*
II. Bu xolat qaysi ichak tutilishiga kiradi:
A. obturatsion*
B. paralitik
V. spastik
G. strangulyasion
D. aralash
3. O‘tkir ichak tutilishi bilan olingan bemorni jarroxlik amaliet jaraenida 12 barmoq ichak perforatsiyasi xam aniqlandi. Bemor bo‘limga tushgan vaqti anamneziga asosan og‘riqni boshlanganiga xurujga atigi 3 soat bo‘lgan xolos.
I. Jarrox taktikasi:
A. ichak tutilishini bartaraf etish va perforatsiyani tikish
B. ichak tutilishini bartaraf etish va TV+antrumektomiya bajarish
V. ichak tutilishini bartaraf etish va perforatsiyani tikish
G. ichak tutilishini bartaraf etishicha va oshqozonni drenajlovchi operatsiya
D. radikal operatsiya*
II. Optimal radikal operatsiyani ko‘rsating:
A. me'da rezeksiyasi*
B. antrumektomiya
V. vagotomiya
G. piloraplastika.
4. Bemorda kolkansimon bezda tashrixdan keyin tireotrop gormon normal bazal darajasi saqlanib koldi va uni tireotrop rilizing-gormon bilan stimulyasiya qilingan uning miqdori oshdi.
I. Bemorda gipotireozning qaysi turi:
A. birlamchi *
B. ikkilamchi
V. uchlamchi
G. gipoterioz yo‘q
II. Shikastlanish o‘rnini ko‘rsating:
A. qalqonsimon bezda*
B. gipofizda
V. gipotalamusda
G. xammasida
5. Bemorda tireotrop gormon darajasi past yeki normal tireotrop rilizing-gormon yuborilishiga esa reaksiya yo‘q.
I. Bemorda gipotireozning qaysi turi:
A. ikkilamchi*
B. birlamchi
V. uchlamchi
II. Shikastlanish o‘rnini ko‘rsating:
A. qalqonsimon bezda
B. gipofizda*
V. gipotalamusda
G. xammasida
6. Bemorda tireotrop gormon darajasi past tireotrop rilizing-gormon yuborilgandan so‘ng ttg darajasi ko‘tarildi.
I. Bemorda gipotireozning qaysi turi:
A. uchlamchi *
B. birlamchi
V. ikkilamchi
II. Shikastlanish o‘rnini ko‘rsating:
A. qalqonsimon bezda
B. gipofizda
V. gipotalamusda*
G. xammasida
7. O‘tkir xoletsistit tashxisi bilan va taranglashgan o‘t pufagi aniqlangan bemorda og‘riq birdan pastga tarkaldi leykotsitoz oshdi axvoli ogirlashdi lekin o‘t pufagi paypaslanmay koldi.
I. Bemorda nima sodir bo‘ldi:
A. o‘t pufagidagi modda umumiy o‘t yuliga o‘tgan
B. yiringli xolangit paydo bo‘ldi
V. o‘t pufagi teshilishi *
G. o‘t pufagi katta charvi bilan uralgan
D. umumiy o‘t yuli ichchak ochilib ketgan
II. Ko‘riladigan tadbir:
A. shoshilinch operatsiya*
B. laparoskopiya
V. kuzatuv
G. rejali operatsiya
D. konservativ davo
8. 66 yeshli bemor birdan kasal bo‘ldi chap yonbosh soxada og‘riq ko‘tarilgan kuzdan kechirganda chap yonbosh soxada og‘riq va mushaklar taranglashgan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. sigmasimon ichakning stenozlovchi raki
B. sigma divertikuliti*
V. chambar ichak polipozi
G. sigma buralishi
D. kron kasalligi
II. Ko‘riladigan tadbir:
A. shoshilinch operatsiya*
B. laparoskopiya
V. kuzatuv
G. rejali operatsiya
D. konservativ davo
9. 35 yeshli bemor bo‘limga qorinning yuqori kismida kamarsimon og‘riqdan kup marta qayt qilishdan shikoyat kilib tushdi og‘riq spirtli ichimlik ichgandan so‘ng paydo bo‘ladi. bemorning axvoli ogir. taxikardiya 120 marta. qon bosimi 90/60. qorinning yuqori kismida qattiq og‘riq. yonbosh kismida perkussiyada bugik tovush. ichak xarakati sustlashgan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. me'da yarasi teshilishi peritonit
B. o‘tkir ichak tutilishi
V. ichak infarqti
G. me'da ichak qon ketishi D. o‘tkir destruktiv pankreatit*
II. Ko‘riladigan tadbir:
A. shoshilinch operatsiya*
B. laparoskopiya
V. kuzatuv
G. rejali operatsiya
D. konservativ davo
10. 26 yeshli bemor bo‘limga destruktiv pankreatit bilan tushgandan so‘ng 14-kunida quyidagi belgilar paydo bo‘ldi tana xaroratini gektik ko‘tarilishi taxikardiya qaltirash qon leykotsitar formulasining chap tomonga siljishi, epigastral soxada bezning paypaslanishi aniqlandi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. xolangit
B. zotiljam
V. me'da osti bezining kistasi
G. qorin orqa devori flegmonasi
D. charvi kopi xuppozi *
II. Ko‘riladigan tadbir:
A. shoshilinch operatsiya*
B. laparoskopiya
V. kuzatuv
G. rejali operatsiya
D. konservativ davo
11. Keksa bemor o‘tkir ichak tutilishi va peritonit bo‘yicha operatsiya qilinganda ko‘ndalang chambar ichak o‘ng bo‘lagida o‘sma aniqlangan atrof to‘qimalarga yopishmagan o‘sma teshilgan.
I. Ciz tanlagan amaliyot xajmi:
A. ichakni usma bilan rezeksiya ilib ileotransferzoanastomoz kuyish
B. o‘ng gemikolektomiya terminal ileostomiya *
V. perforatsiyani tikish
G. ichak rezeksiyasi kolostomiya
D. sekostomiya ileotransferzostomiya
II. Amaliet vaqtida qilinishi shart:
A. nazoenteral intubatsiya va qorin bo‘shligini adekvat drenajlash*
B. chandiklar profilaktikasi
V. qorin sanatsiyasi
G. taftish
12. kup yillar davomida un ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan xastalangan bemorni kliniko-rentgenologik va gastroskopik tekshirganda me'da pilorik bo‘limi chandik-yarali deformatsiyasi va evakuatsiya buzilishi aniqlandi.
I. Me'da sekretsiyasi qaysi fazasida gipersekretsiyani kutish mumkin:
A. sefalik
B. gumorol
V. ichak
G. sefalik va gumorol *
D. sefalik va ichak
II. Optimal radikal operatsiyani ko‘rsating:
A. me'da rezeksiyasi*
B. antrumektomiya
V. vagotomiya
G. piloraplastika
13. 75 yeshli bemor simgmasion ichak usmasi tufayli vujudga kelgan o‘tkir ichak tutilishining kechikgan davrida keldi.
I. Quyidagi taktika makul deb topildi:
A. bemorni tekshirib 48-72 soatdan so‘ng operatsiya qilish
B. faqat konservativ davolash
V. infuzion terapiya va qayta-qayta sifonli xukna qilish
G. bemorni 2-3 soat davomida tayerlab gartman operatsiyasini bajarishi*
D. zudlik bilan operatsiyaga olinib simgmasimon ichak rezeksiyasi qilinib ichak anastomozi oxiri-oxiriga kuyiladi
II. Shu bemor uchun xarakterli simtomni ko‘rsating:
A. Rovzing
B. Koxer
V. Sega-Manteyfl*
G. Kerte
D. Ortner
14. 60 yeshli bemorda qonsultatsiya paytida to‘g‘ri chov churrasi borligi xamda prostata bezi adenomasi borligi aniqlandi. Koldik siydik miqdori 100 ml.
I. Sizning tavsiyangiz:
A. churrani tashrix etish
B. adenomektomiya so‘ngra churra tashrixi*
V. konservativ davo
G. churra tashrixi sun adenomektomiya
D. churra tashrixi va adenomani konservativ davolash
II. Churra uchun qaysi plastika usulini tanlaysiz:
A. Postemskiy*
B. Jirar
V. Ru-Oppel
G. Bassini
15. Jigarni o‘ng bo‘lagidan exinokokkektomiya bo‘lganligiga 3 oy bo‘lgan: kontrol tekshiruvda jigarni chap bo‘lagidan exinokokk xaltasi topilgan.
I. Bu kelib chikishiga qarab kanaka kistaligini ko‘rsating:
A. retsidiv exinokokk
B. xususiy exinokokk xaltasi
V. parazitarsiz kista
G. rezidual exinokokk*
D. xammasi to‘g‘ri
II. Sizni taktikangiz:
A. shoshilinch operatsiya
B. rejali operatsiya*
V. konservativ davo
G. punksion davo
16. Bemor qorinni xamma soxasidagi og‘riqlarga. ko‘ngil aynashga, ogiz kurishga. umumiy xolsizlikka shikoyat kiladi. 5 soat oldin birdan kasal bo‘lgan. kindik soxasidan birdan kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. ko‘ngil aynagan. Keyinchalik og‘riq kuchaya borgan va qorinni dam bo‘lishi kushilgan. Gaz va axlat chikishini tutilishi kuzatilgan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. miokard infarqtining abdominal formasi
B. o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
V. krupozli pnevmoniya
G. o‘tkir ichak tutilishi*
D. nospetsifik yarali kolit
II. Sizni taktikangiz:
A. shoshilinch operatsiya*
B. rejali operatsiya
V. konservativ davo
G. punksion davo
17. Appendektomiyadan 12 soat o‘tgach bemorda normal tana xarorati bo‘lgan xolda taxikardiya, terining okarishi turishga xarakat kilganda - xushdan ketish kuzatildi. I. Dastlab nima xaqida uylash kerak:
A. tarqalgan peritonit
B. pileflebit
V. qorin bo‘shligiga qon ketish*
G. infeksion gepatit
D. ichak tutilishi
II. Sizni taktikangiz:
A. relaparotomiya*
B. konservativ davo
V. gemotransuziya
G. gipotermiya
18. Appendektomiyadan keyin 5- kun bemorda umumiy axvolining yomonlashishi kuzatildi, t-ko‘tarildi(gektik x-rda). L-oshdi. Tos tubida og‘riq o‘tib ketuvchi dizurik o‘zgarishlar va tenezmlarpaydo bo‘ldi.
I. Tashxisni aniqlashda qaysi qo‘shimcha usuldan foydalanasiz:
A. xromotsitoskopiya
B. qon va siydik taxlili
V. to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish*
G. rektoromanoskopiya
D. irigografiya
II. Sizni taktikangiz:
A. shoshilinch operatsiya*
B. rejali operatsiya
V. konservativ davo
G. punksion davo
19. Poliklinikaga 18 yoshli bemor qalqonsimon bezini kattalashgani shikoyati bilan keldi. Bemorni kurilganda qalqonsimon bezda kattaligi 5x5 sm tugun borligi aniqlandi. tireotoksikoz shikoyatlari yo‘q. bemor birinchi marta vrachga uchrashishi.
I. Sizni tashxisingiz:
A. tugunli eo‘tireoid bo‘qoq*
B. tugunli toksik bo‘qoq
V. diffuz toksik bo‘qoq
G. Xoshimoto kasalligi
II. Sizni taktikangiz:
A. bemorni xirurgik davolashga junatish*
B. ambulator yordam ko‘rsatiladi.
V. bemorni endokrinologiya bo‘limiga yuborib. konservativ davolanadi
G. radioaktiv yod bilan davolanadi
D. onkologiya statsionariga yuborish
20. 30 yoshli ayolni bolasi o‘lgandan keyin ayolda xolsizlik terlash. yiglash va jaxldorlik belgilari paydo bo‘ldi. Qisqa vaqt oraligida 15kg ozgan. Ob'ektiv kuruvda: bezovtalanish. ekzoftalm belgilari. Qalqonsimon bezini III-darajali kattalshuvi. puls 128 aritmiya yurakda sistolik shovkin, jigar 5sm ga kattalashgan. Asosiy modda almashinuvi 55%.
I. Sizni tashxisingiz:
A. III-darajali diffuz toksik bo‘qoq*
B. qalqonsimon bez raki
V. tireotoksikozli III-darajali diffuz bo‘qoq
G. gipotireoz
D. I-darajali diffuz bo‘qoq
II. Sizni taktikangiz:
A. tireotoksik terapiya o‘tkazish*
B. tezda operatsiya qilish.
V. sanatoriya kurortda davolash.
G. nevropatologda davolash.
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
21. Yarim yil avval toksik bo‘qoq bilan operatsiya qilingan bemor quyidagi shikoyatlar bilan keldi: bexollik. mudrash. kuchsizlik. semirish 30 kg gacha. Kuruvda: qalqonsimon bez kattalashgan. chandik odatdagiday. asosiy modda almashinuvi 25%.
I. Bemorga nima kilgan:
A. bemorda miksedema rivojlangan*
B. toksik bo‘qoq qaytalangan
V. qalqonsimon bezning malignizatsiyasi
G. gipofiz funksiyasi buzilgan
D. tireotoksik kriz
II. Sizni taktikangiz:
A. tireotoksik terapiya o‘tkazish
B. tezda operatsiya qilish
V. sanatoriya kurortda davolash
G. nevropatologda davolash
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash*
22. III- darajali diffuz toksik bo‘qoq bilan 40 yoshli bemorda Nikolaev bo‘yicha subtotal rezeksiyasi o‘tkazilgandan keyin 2-chi kuni taxikardiya puls 140, gipertermiya 40 S va AD 160/100 mm s. ust. ko‘tarilish xoli kuzatildi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 'reanimatsion kasallik'
B. bemorda gipertonik kriz
V. bemorda qaytuvchi nerv shikasti
G. bemorda tireotoksik kriz*
D. bemorda anafilktik shok
II. Sizni taktikangiz:
A. tireotoksik terapiya o‘tkazish*
B. tezda operatsiya qilish
V. sanatoriya kurortda davolash
G. nevropatologda davolash
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
23. 24 yoshli 24 - 25 xaftalik xomilador ayolda III - darajali diffuz tirotoksik bo‘qoq, konservativ davo yordam bermadi. Ps-120. asosiy modda almashinuvi 65%. uyku yo‘q. xavfli oftalmopatiya.
I. Vrach taktikasi:
A. tezda xomilani oldirib, keyin endokrinolog bo‘limida davolash*
B. tireotoksikozni davolash va gnekolog kuzatuviga qo‘yish
V. xomilani saqlab qolish va endokrinolog kuzatuviga qo‘yish
G. xomiilani saqlab qolib. statsionarda davolanish
D. endokrinologiya statsiionarida davolash va ginekolog kuzatuviga kuyish
II. Davolash olib boriladi:
A. radioaktiv yod bilan*
B. rejali operatsiya
V. shoshilinch operatsiya
G. nevropatologda davolash
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
24. B-r 51 yoshda. 14 yil avval tugunli eo‘tireoid bo‘qoq tashxisi kuyilgan. Oxirgi 3 oy ichida bo‘qoq 2 barobar kattalashgan, charchash alomati kuchaygan, 4 kg ozgan. Tugun yuzasi tekis emas, qonsistensiyasi qattiq, kuzgaluvchan emas, atrof limfa tugunlari kattalashgan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. tugun malignizatsiyasi*
B. aralash bo‘qoq
V. tireotoksik bo‘qoq
G. Ridel bo‘qog‘i avji
D. Xoshimoto bo‘qog‘i
II. Davolash olib boriladi:
A. radioaktiv yod bilan
B. rejali operatsiya*
V. shoshilinch operatsiya
G. nevropatologda davolash
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
25. 42 yoshli bemorda toksik bo‘qoq. asosiy almashinuv 50%. jaxldorlik. yiglashsirash xollari kuchaygan. Oxirgi 6 oy ichida 6kg ozgan. Pulsi 1 minutda 132.
I. Sizni tashxisingiz:
A. III-darajali diffuz toksik bo‘qoq*
B. qalqonsimon bez raki
V. tireotoksikozli III-darajali diffuz bo‘qoq
G. gipotireoz
D. I-darajali diffuz bo‘qoq
II. Bemorni qanday davolash kerak:
A. tireotoksik terapiya o‘tkazish *
B. tezda operatsiya qilish
V. sanatoriya kurortda davolash
G. nevropatologda davolash
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
26. 24 yoshli aelda tireotoksik bo‘qoqni xamma klinik simptomlari mavjud, lekin qalqonsimon bez kattalashmagan. Ro-grammada ko‘krak qafasida oldingi kuks oraligida, II-qovurg‘adan o‘ngda dumalok shaklli, chegaralari anik 5x5 sm li xosila bor. Upka uzgarmagan.
I. Tashxis:
A. ichki bo‘qoq*
B. kuksa oraligi exinokokkozi
V. kuksa oraligi o‘smasi
G. kuksa oraligi dermoid kistasi
D. timoma
II. Davolash olib boriladi:
A. radioaktiv yod bilan
B. rejali operatsiya*
V. shoshilinch operatsiya
G. nevropatologda davolash.
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
27. Kuruv vaqtida kecha bo‘qoqni subtotal rezeksiyasi qilingan bemorda bo‘yinning chap yarmida shish paydo bo‘lgan. Bemor xolsizlikka. yutishni kiyinlashuviga shikoyat kiladi. Bo‘yin bosib kurilganda choklar orasidan gemorragik suyuklik chiqadi.
I. Qanday asorat ro‘y bergan:
A. teri ostiga qon kuyilib qolishi*
B. allergik reaksiya
V. bo‘yin flegmonasi
G. traxeya shikasti
D. qizilo‘ngach shikasti
II. Davolash olib boriladi:
A. radioaktiv yod bilan
B. rejali operatsiya
V. shoshilinch operatsiya
G. gematomani bartaraf qilish*
D. qalqonsimon bez gormonlari bilan davolash
28. Quyidagi simptomlar qaysi peritonitga xos - bir marotaba kusish, suyuk najas, xaroratni meerida ko‘tarilishi va uni puls bilan to‘g‘ri kelmasligi, teri okargan, marmarli, qorinni kepchishi va ogrishi o‘ng tomonda щetkin-blyumberg simptomi musbat.
I. Tashxis:
A. diplokokkli
B. appendikulyar*
V. mekoneal
G. gemoperitonit
D. tuberkulezli
II. Sizni taktikangiz:
A. antibakterial davo
B. rejali operatsiya
V. shoshilinch operatsiya*
G. gematomani bartaraf qilish
D. to‘g‘ri ichak orqali punksiya
29. Yara kasalligi bo‘yicha operatsiya qilingan bemorda ovqatdan 30 minutdan keyin zaiflik ko‘ngil aynish epigastral soxada ogirlik bosh aylanishi kuz oldi korongilanishi xushdan ketish xolati kuzatiladi.
I. Bu nimaga xos:
A. anastomoz peptik yarasini perforatsiyasi
B. retsidivlangan yaradan qon ketishi
V. demping sindrom*
G. surunkali pankreatit
II. Qaysi kasallik guruxiga kiradi:
A. postgastrezeksion*
B. peritoneal
V. postxoletsistektomik
G. o‘tkir qorin
30. 10 yil davomida 12-barmoq ichak yara kasalligi b-n xasta-gan b-rni kliniko-rentgenologik va gastroskopik tekshirganda me'da pilorik bo‘limi chandik-yarali deformatsiya va evakuatsiya buzilishi aniqlandi.
I. Bemorda qaysi asorat rivojlangan:
A. perforatsiya
B. penetratsiya
V. kon ketish
G. privratnik stenozi*
D. malignizatsiya
II. Optimal radikal operatsiyani ko‘rsating:
A. me'da rezeksiyasi*
B. antrumektomiya
V. vagotomiya
G. piloraplastika
31. Zond orqali enterografiya va birvaqtni uzida ingichka ichak dekompressiyasi bajarilayotgan bemorda o‘tkir ichak tutilishi tashxisi tasdiklandi.
I. Bemorda konservativ davolash kupi bilan necha soat o‘tkaziladi:
A. 2 soatddan 6soatgacha
B. 4 soat davomida
V. zudlik bilan jarroxltk amalieti
G. ko‘pi bilan 2 soat, lekin ichak tutilib qolish ogir kechayotgan bemorlarda ko‘pi bilan 30-40 minut*
D. bemorda og‘riq kolguncha
II. Konservativ davo muolajalariga kirmaydi:
A. xukna
B. prozerin
V. infuziya
G. tuzli eritmalar
D. ich suruvchi peparatlar*
32. Bemorda uz xolischa to‘g‘rilangan kisilgan churra:
I. Vrachning yuli (taktikasi):
A. bemorni uyiga jo‘natib keyinchalik rejali ravishda operatsiya qilish
B. zudlik bilan operatsiya ko‘rsatilgan-churrani kesish
V. zudlik bilan operatsiya ko‘rsatilgan-laparotomiya va ichakni reviziya qolish
G. bemorni operatsiya qilmasdan jarroxlik bo‘limida kuzatish*
D. ko‘rsatilganlardan xech biri
II. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan asorat:
A. koprostaz
B. qayta qisilish
V. yallig‘lanish
G. to‘g‘rilanmaslik
D. peritonit*
33. 40 yeshli bemorda tana xaroratining oshishi chap yonbosh soxasida og‘riq va ichak diskomfort belgilari shikoyat bilan murojaat kildi. Paypaslaganda chap yonboshida mushaklar taranglashgan, og‘riqli.
I. Sizning taxminiy diagnozingiz:
A. sigmasimon ichakning kayrilib (buralib) qolishi
B. divertikulit*
V. o‘tkir appenditsit
G. girshpro‘ng kasalligi
D. yarali kolitning chuvalchangsimon o‘simtaning joylashishi
II. Sizni taktikangiz:
A. antibakterial davo*
B. rejali operatsiya
V. shoshilinch operatsiya
G. gematomani bartaraf qilish
D. to‘g‘ri ichak orqali punksiya
34. Ichak tutilishi bilan bemor tekshirilganda Sege-manteyfel va Obuxov shifoxonasi belgilari musbat.
I. Bu qaysi ichak tutilishi turiga xos:
A. ileotsekal invaginatsiyaga
B. yuqoriga chiquvchi yo‘g‘on ichak usmasiga
V. ingichka ichak aylanib qolishiga
G. sigmasimon ichak buralib qolishiga *
D. xammasi to‘g‘ri
II. Sizni taktikangiz:
A. antibakterial davo
B. rejali operatsiya
V. shoshilinch operatsiya*
G. gematomani bartaraf qilish
D. to‘g‘ri ichak orqali punksiya
35. Kisilgan churra bo‘yicha tashrix vaqtida churra kopi osilganda ingichka ichakning ikki qovuzlog‘i topilgan.
I. Qisilishning qanday turi yuz bergan:
A. retrograd*
B. devoroldi
V. churra kopi ichida tugun xosil bo‘lishi
G. ikkita ichak qovuzlog‘i kisilgan
D. xech biri
II. Avtor bo‘yicha nomlanishi:
A. Litre
B. Rixter
V. Maydl*
G. Ortner
36. Bemorda jigar sirrozi va me'da kichik egriligi yarasi tasdiklangan.
I. Bemorga siz qaysi tashrixni bajarasiz:
A. selektiv vagotomiya yarani kesib tashlash bilan
B. selektiv proksimal vagotomiya yarani kesib tashlash bilan
V. antrumektomiya
G. gofmeyster-finsterer bo‘yicha me'da distal rezetsiyasi*
D. uzakli vagotomiya piloroplastika bilan
II. Nima uchun:
A. malignizatsiya xavfi*
B. penetratsiya xavfi
V. stenoz xavfi
G. perforatsiya xavfi
D. qon ketish xavfi
37. Bemor 40 yeshda 5 soat oldin oshqozon yarasining teshilishi yuz bergan.
I. Optimal jarroxlik usulini ko‘rsating:
A. oshqozon 2/3 kismining klassik rezeksiyasi*
B. antrumektomiya
V. yarani tikish va trunkulyar vagotomiya
G. piloroplastika va trunkulyar vagotomiyasi
D. gastrektomiya
II. Radikal amalietga nima qarshi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin:
A. yiringli peritonit*
B. serozli peritonit
V. bemor yeshi
G. o‘tgan vaqt
D. jarrox kunikmasi
38. Bemor 29 yeshda 12 barmoq ichak yarasidan qon ketyapti.
I. Quyidagi jarroxlik davolarining qaysi birini qo‘llash yaxshi natijalar beradi:
A. oshqozon subtotal rezeksiyasi
B. teshilgan yarani tikish va finney bo‘yicha piloroplastika qilish xamda selektiv proksimal vagotomiya qilish *
V. selektiv proksimal vagotomiya
G. yarani tikish va geyneke-mikulich bo‘yicha piloroplastika qilish
D, un ikki barmoq ichak rezeksiyasi
II. Yashirin qon ketish qanday aniqlanadi:
A. Gregerson sinamasi*
B. Keya sinamasi
V. Xollander sinamasi
G. Katsoni sinamasi
39. Bemor o‘ng chov soxasida 5x3sm di xosila bor u bir oz og‘riqli korni bo‘shligiga joylashmaydi yo‘tal turtkisi alomati musbat.
I Cizning tashxisingiz:
A. joylashmaydigan o‘ng chov churrasi*
B. o‘ng chov churrasi
V. kisilgan soxa lipomasi
G. o‘ng chov soxa lipomasi
D. o‘ng chov limfadeniti
II. Sizni taktikangiz:
A. antibakterial davo
B. rejali operatsiya*
V. shoshilinch operatsiya
G. konservativ davo
D. bandaj takish
40. Bemor bo‘limga qorinning yuqori kismida kamarsimon og‘riqdan kup marta qayt qilishdan shikoyat kilib tushdi og‘riq yogli ovqatdan so‘ng paydo bo‘ladi, auskultatsiyada ichak xarakati sustlashgan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. me'da yarasi teshilishi peritonit
B. o‘tkir ichak tutilishi
V. ichak infarqti
Dostları ilə paylaş: |