V. ko‘richak saratoni
G. invaginatsiya
D. ingichka ichak buralishi
II. Sizning taktikangiz:
A. aktiv-kutish*
B. shoshilinch operatsiya
V. tezkor operatsiya
G. rejali operatsiya
84. 5 kundan beri xastalangan 43 yoshli to‘la ayol o‘ng yonbosh soxasidagi og‘riqlarga, subfebril tana xaroratiga shikoyat qiladi. Ko‘rikda: qorni yumshoq, o‘ng yonbosh soxasida og‘riqli. Sitkovskiy, Rovzing, Bartome-Mexelson belgilari musbat. Bemorga “O‘tkir appenditsit” diagnozi qo‘yilib operatsiya boshlandi va qorin ochilganida o‘ng yonbosh soxasida katta charvi, ingichka ichak xalqalari va yo‘g‘on ichakdan xosil bo‘lgan konglomerat topildi.
I. Sizning diagnozingiz:
A. periappendikulyar infiltrat*
B. periappendikulyar abssess
V. ko‘r ichak saratoni
G. invaginatsiya
D. ichaklar buralishi
II. Sizning taktikangiz:
A. qorin bo‘shlig‘ini naychalab jaroxatni tikish*
B. konglomeratni rezeksiya qilish
V. o‘simtani konglomeratdan ajratib appendektomiya bajarish
G. o‘rata laparotomiya, appendektomiya
D. Konglomeratni jaroxatga chiqarib teriga maxkamlash
85. Periappendikulyar infiltrat sababli konservativ davo olayotgan bemorda 8 kun qornida og‘riqlarni kuchayishi, tana xarorati 38,7I. Sizning diagnozingiz:
A. ikkilamchi periappendikulyar abssess*
B. birlamchi periappendikulyar abssess
V. peritonit
G. ichaklar aro abssess
D. pileflebit
II. Sizning taktikangiz:
A. abssessni qorin bo‘lig‘idan tashqi usulbilan ochish va naychalash*
B. kuchli antibakterial terapiya
V. konglameratni rezeksiyasi
G. o‘simtani konglomeratdan ajratib appendektomiya bajarish
D. laparotomiya, abssessni ochish va naychalash
86. 18 yoshli bemor, uch kundan beri xasta, klinikaga o‘ng yonbosh soxadagi og‘riqqa, tana xarorati 39I. Sizning diagnozingiz:
A. periappendikulyar abssess*
B. pileflebit
V. ko‘r ichak saratoni
G. invaginatsiya
D. peritonit
II. Sizning taktikangiz:
A. abssessni qorin bo‘lig‘idan tashqi usulbilan ochish va naychalash*
B. kuchli antibakterial terapiya
V. konglomeratni rezeksiyasi
G. o‘simtani konglomeratdan ajratib appendektomiya bajarish
D. laparotomiya, abssessni ochish va naychalash
87. Bemorda ichi kelishining oxirida og‘riqlarga va ozroq qon kelishiga, qabziyatga, holsizlikka shikoyat qiladi. Axlat ko‘rilganida ustida qon bilan biroz qoplangan.
I. Sizning tashxisingiz:
A. bavosir*
B. to‘g‘ri ichak raki
V. anal yormasi
G. o‘tkir teri osti paraproktit
D. to‘g‘ri ichak oqmasi
II. Tashxizni aniqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. to‘g‘ri ichakni barmoq bilan ko‘rish*
B. rektoromanoskopiya
V. fibrokolonoskopiya
G. irrigografiya
D. O‘TT
88. Yosh ayol ichi kelishi vaqtida va keyingi kuchli og‘riqlarga, og‘riqlarni dumg‘aza soxasiga uzatilishiga ichi kelganidan keyin ozroq qon kelshiga, qabziyatga shikoyat qiladi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. anal yormasi*
B. bavosir
V. to‘g‘ri ichak oqmasi
G. to‘g‘ri ichak raki
D. o‘tkir teri osti paraproktit
II. Tashxizni aniqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. anal soxasini vizual ko‘rish*
B. to‘g‘ri ichakni barmoq bilan ko‘rish
V. rektoromanoskopiya
G. fibrokolonoskopiya
D. irrigografiya
89. 5 kun oldin gemorroidektomiya operatsiya o‘tkazgan bemorda ichi kelganidan so‘ng to‘g‘ri ichakdan qon kelishi, xolsizlik, ko‘zi tinishi, taxikardiya kuzatilgan.
I. Sizni taxminiy tashxisingiz:
A. bavosir tuguni oyoqchasidan qon ketish*
B. gemorragik proktosigmoidit
V. nospetsifik yarali kolit
G. Kron kasalligi
D. megakolon
II. Sizning taktikangiz:
A. bavosir tuguni oyoqchasi soxasini tikish*
B. to‘g‘ri ichak rezeksiyasi
V. tampon “sigara” bilan gemostaz
G. to‘g‘ri ichakka aminokapron kislota yuborish
D. muzdek suv bilan xukna qilish
90. 23 yoshli ayol subfebril tana xaroratiga, ozib ketishiga, chap yonbosh soxasidagi to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga, tenezmlarga, ichi suyuq qon aralash kelishiga shikoyat qilib keldi. Kolonoskopiyada: shilliq qavat qizargan, mayda eroziyali, apparat tegib ketganida qonaydi.
I. Sizning diagnozingiz:
A. nospetsifik yarali kolit*
B. Kron kasalligi
V. anal yormasi
G. o‘tkir paraproktit
D. bavosir
II. Sizning taktikangiz:
A. konservativ davo*
B. shoshilinch operatsiya
V. rejali kolektomiya
G. ileostoma qo‘yish, keyin konservativ davo
91. 15 yoshli qiz uzoq muddatda ichi kelmasligiga, qornidagi shishga, ozib ketishga, ko‘ngil aynashiga, ishtaxa yo‘qligiga shikoyat qiladi. Ko‘rikda: qorni shishgan, chap yonbosh soxasida xosila paypaslanadi, ichi kelganida xosila yo‘qoladi, Gerzuni belgisi musbat.
I. Sizning tashxisingiz:
A. Girshprung kasalligi*
B. Kron kasalligi
V. bachadondan tashqari xomiladorlik
G. nospetsifik yarali kolit
D. Addison kasalligi
II. Tashxisni aniqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. irrigografiya*
B. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi
V. kompyuter tomografiya
G. O‘TT
D. seliakografiya
92. 40 yoshli bemor ichi suyuq ko‘p miqdordaqon aralash kelishiga, tana xarorati ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlar og‘rishiga, xolsizlikka shikoyat qiladi. Ko‘rikda: teri rangpar, qorni shishgan, palpator yo‘g‘on ichak bo‘lab og‘riqli, chap yarmida xosila paypaslanadi. Kolonoskopiyada: birbiriga qo‘shilmagan yaralar, shilliq «toshli yo‘l»simonligi aniqlanadi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. Kron kasalligi*
B. nospetsifik yarali kolit
V. qorin tifi
G. brutsellez
D. dizenteriya
II. Sizning taktikangiz:
A. konservativ davo*
B. shoshilinch operatsiya
V. rejali kolektomiya
G. ileostoma qo‘yish, keyin konservativ davo
93. 34 yoshli bemor ko‘p marta qo‘lansa xidli ichi kelishiga, ozib ketganligiga, subfebril tana xaroratiga, xolsizlikka shikoyat qiladi. Ko‘rikda: teri oqimtir rangda, pastoz. Taxikardiya. Qorni shishgan, yo‘g‘on ichak bo‘ylab og‘riqli. Irrigogrammada: chambar ichak gaustrasiz, ko‘richak jigar burchagiga tortilgan, psevdopoliplar aniqlanadi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. nospetsifik yarali kolit*
B. Kron kasalligi
V. Girshprung kasalligi
G. yo‘g‘on ichak polipozi
D. salmonellez
II. Sizning taktikangiz:
A. rejali kolektomiya
B. konservativ davo
V. ileostoma qo‘yish, keyin konservativ davo
G. dinamik kuzatuv
94. Infeksion kasalxonadan xirurgik statsionarga o‘tkazilgan 28 yoshli ayol gektik tana xaroratiga, ichi ko‘p marta suyuq yiring va qon aralash kelishiga, qorindagi to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga, tenezmga, og‘zi qurishiga, xolsizlikka shikoyat qiladi. Ko‘rikda: teri quruq, oqimtir, subikterik. Qorni shishgan, yo‘g‘on ichak bo‘ylab og‘riqli. Axlati qo‘lansa xidli, xunuk qonli. Oligouriya.
I. Sizning tashxisingiz:
A. nospetsifik yarali kolit*
B. Kron kasalligi
V. Girshprung kasalligi
G. dizenteriya
D. qorin tifi
II. Tashxisni aniqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. irrigografiya*
B. fibrokolonoskopiya*
V. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi
G. me'da ichak tizimi bo‘yicha bariy tranziti
D. kopyuter tomografiya
95. 42 yoshli bemor (ayol) xirurgik statsionarga olib kelindi. O‘zini 3 kundan beri kasal deb hisoblaydi: epigastral sohada og‘riqlar paydo bo‘lgan va bir marta qayt qilgan. Mustaqil ravishda uyida no-shpa, analgin qabul qilgan, qoringa iliq «grelka» qo‘ygan. Keyinchalik og‘riqlar o‘ng yonbosh sohaga yig‘ilgan, ko‘p marta ichi suyuq ketgan. Ko‘rikda: axvoli o‘rta og‘irlikda, puls 92 ta 1 min. da, tili quruq, oq karash bilan qoplangan, qorni shishgan, ko‘proq o‘ng yarmida mushaklar taranglashgan. Щetkin-Blyumberg simptomi musbat.
I. Sizning tashxisingiz:
A. o‘tkir appenditsit, peritonit*
B. me'da yara kasalligi, teshilma asorati
V. pelvioperitonit
G. o‘tkir ichak tutilishi
D. o‘tkir ichak infeksiyasi
II. Sizningcha qanaqa xirurgik taktika qo‘llash ma'qulroq:
A. shoshilinch o‘rta-o‘rta laparotomiya, peritonit manbasini yo‘qotish, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi va naychalash*
B. operatsiyaoldi tayyorgarligi, antibiotikoterapiya, keyin Dyakonov-Volkovich kesimi orqali operatsiya
V. Mak-Burneya kesimi orqali shoshilinch operatsiya, appendektomiya, sanatsiya, asosiy kesim orqali naychalash
G. intensiv terapiya, antibiotiklar, immunostimulyatorlar qo‘llash, keyin rejali operatsiya qilish
D. antibiotikoterapiya, kardiotrop preparatlar qo‘llash, qorin bo‘shlig‘ini laparoskopik naychalash
96. 43 yoshdagi bemorni oxirgi 5 oy davomida yig‘loqilik, tez charchash, kuchli ozish bezovta qila boshlagan. Qalqonsimon bez kattalashgan, palpatsiyada qattiq-elastik konsistensiyali, qattiklashgan o‘choqlar ham aniqlanadi. Skannerlashda: qalqonsimon bez kattalashgan va preparat yuqori darajada to‘plangan o‘choqlar aniqlandi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. aralash toksik bo‘qoq*
B. diffuz toksik bo‘qoq
V. tugunli toksik bo‘qoq
G. gipotireoz
II. Davolash taktikasini belgilang:
A. tireotoksikoz belgilarini davolab, keyin rejali operatsiya*
B. faqat medikamentoz davolash
V. rejali operatsiya
G. shoshilinch operatsiya
97. Bemor A. , 42 yosh, oxirgi 10 yil maboynida me'da yara kasalligi bilan kasallanib keladi. Bir necha marotaba konservativ davolangan. Oxirgi 3 oylar maboynida bel soxasiga uzatiluvchi intensiv, belbogsimon og‘riqlar bezovta kila boshlagan. Me'da kontrastli rentgen tekshiruvida prepilorik kism orqa devorida chukur tubli «tokcha» simptomi aniqlanadi.
I. Kasallikni qaysi asorati mavjud:
A. penetratsiya*
B. malignizatsiya
V. stenoz
G. qon ketig
D. perforatsiya
II. Sizning taktikangiz:
A. me'da rezeksiyasi*
B. gastroektomiya
V. me'da osti bezining rezeksiyasi
G. gastroenteroanastomoz
D. pankreatoduodenal rezeksiya
98. Bemor N. , 30 yosh, EFGDS tekshiruvida me'da tana kismida 2x2,5 sm. kallez yara aniqlanadi. Lekin, bemor anamnezida ovqat istimoli bilan bog‘liq to‘sh osti soxasida og‘riqlar kuzatilmagan. Shuning uchun xam bemor tekshiruvlardan utmagan va davolanmagan. Umumiy axvoli konikarli, puls-80, A/QB-120/80. Tili nam, karash bilan qoplangan. Korin odatdagi shaklda, nafas olishdi ishtirok etadi. Palpatsiyada yumshok, ogriqsiz. Ich kelishi qabziyatga moyil.
I. Bemordagi yara qanday ataladi:
A. me'dani “soqov” yarasi*
B. 12 b/i “soqov” yarasi
V. me'dani o‘tkir yarasi
G. 12 b/i o‘tkir yarasi
D. 12 b/i surunkali yarasi
II. Sizning taktikangiz:
A. me'da rezeksiyasi*
B. gastrostomiya
V. me'da osti bezining rezeksiyasi
G. gastroenteroanastamoz
D. pankreatoduodenal rezeksiya
99. Bemor V. , 40 yosh, ko‘p yillar mobaynida o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan xastalanib keladi. Oxirgi 2 kun mobaynida to‘sh osti soxasidagi og‘riqlar kamaygan, kuchayib boruvchi holsizlik va bosh aylanishi paydo bo‘lgan. Bugun esa ertalab tushakdan turishda kollaps holati kuzatilgan. Bemor teri va shilliq pardalari rangi oqargan. To‘sh osti sohasida biroz lokal og‘riq aniqlanadi. Qorin parda yallig‘lanish belgilari yo‘q.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, qonalma asorati*
B. me'da yara kasalligi, qonalma asorati
V. 12 b/i yara kasalligi, singilma asorati
G. 12 b/i yara kasalligi, teshilma asorati
D. me'da yara kasalligi, malignizatsiya asorati
II. Tashxisni tasdiqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. EFGDS*
B. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi
V. me'da ichak tizimi bo‘yilab bariy tranziti
G. O‘TT
D. KT
100. Bemor G. , 30 yosh, qabul bo‘limiga qorindagi o‘tkir og‘riqlarga shikoyat qilib murojaat qilgan. Qorindagi «xanjarsimon» og‘riqlar murojaat qilishdan 6 soat oldin boshlangan. Anamnezida yara kasalligiga xos og‘riqlar yo‘q. Bemorni umumiy axvoli og‘ir, holati majburiy – oyoqlari qoringa keltirilgan, qimirlamay yotibdi. Puls-90, K/B-110/70. Tili quruqroq, qorin ichga tortilgan, nafas olishda ishtirok etmaydi. Perkutor «jigar to‘mtoqligi» saqlangan. Щetkin-Blyumberg belgisi musbat. Leykotsitlar - 9800.
I. Sizning tashxisingiz:
A. me'da va 12 b/i yara kasalligi, teshilma asorati*
B. me'da va 12 b/i yara kasalligi, penetratsiya asorati
V. me'da va 12 b/i yara kasalligi, malignizatsiya asorati
G. me'da va 12 b/i yara kasalligi, stenoz asorati
D. me'da va 12 b/i yara kasalligi, qonalma asorati
II. Tashxisni tasdiqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. EFGDS*
B. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi*
V. me'da ichak tizimi bo‘yilab bariy tranziti
G. O‘TT
D. KT
101. Bemor A. , 42 yosh klinikaga qorin o‘ng yarmidagi og‘riqlarga, ko‘ngil aynish, qayt qilishga, qorin dam bo‘lishiga va tana haroratining ko‘tarilishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezida yilning kuz va baxor fasllarida och qoringa, kechalari kuzatiluvchi og‘riqlar bezovta qilib yurgan. Klinikaga murojaat qilishdan 10 soat oldin to‘sh osti sohasida «xanjarsimon» og‘riq kuzatilgan va keyinchalik og‘riqlar to‘sh ostidan o‘ng yonbosh sohasiga tarqalgan. Bemor umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda. Puls-100 marta, K/B-110/70. Tili quruqroq. Qorin biroz shishgan, to‘sh osti va o‘ng yonbosh sohalari og‘riqli. Щetkin-Blyumberg, Razdolskiy belgilari musbat. Leykotsitlar-14200.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, teshilma asorati*
B. me'da yara kasalligi, teshilma asorati
V. o‘tkir appenditsit
G. o‘tkir appenditsit, peritonit
D. appendikulyar sanchiq
II. Sizning taktikangiz:
A. shoshilinch laparotomiya, perforativ yarani tikish, qorin bo‘shlig‘ini sanatsiyasi va naychalash*
B. antibakterial terapiya, og‘riq qoldiruvchilar, simptomatik terapiya
V. bemorni tayyorlab rejali operatsiya
G. Dyakonovg‘Volkovich kesimi usulida appendektomiya
D. dinamik kuzatuv
102. Bemor N. , 70 yosh, klinikaga to‘sh osti sohasidagi og‘riqlarga, umumiy holsizlikka, yurak tez urishiga va havo yetmasligiga shikoyat qilib keldi. Bemor 30 yillar mobaynida o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan xastalangan. Klinikaga murojaat qilishdan 2 soatlar oldin to‘sh osti sohasida kuchli «xanjarsimon» ogriq kuzatilgan. Bemorni umumiy ahvoli og‘ir, holati majburiy. Puls-90 marta, aritmik. K/B-150/90. Tili nam, oq karash bilan qoplangan. Qorin tortilgan, palpatsiyada qorin oldi devori mushaklari taranglashgan va to‘sh osti sohasi og‘riqli. Qorin parda yallig‘lanish belgilari musbat. Leykotsitlar-9,8. Qorin bo‘shligi obzor rentgenoskopiyasida erkin havo aniqlanadi. EKGdan so‘ng kardioreanimatolog tashxisi: YuIK. Miokard o‘tkir infarqti.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, teshilma asorati, hamroh kasallik-miokard infarqti*
B. me'da yara kasalligi, teshilma asorati, hamroh kasallik-miokard infarqti
V. miokard infarqtini abdominal turi
G. xamma javoblar to‘g‘ri
II. Sizning taktikangiz:
A. shoshilinch laparotomiya, perforativ yarani tikish, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi va naychalash*
B. shoshilinch laparotomiya, piloroplastika, trunkulyar vagotomiya
V. shoshilinch laparotomiya, Bilrot I usulida me'da rezeksiyasi
G. konservativ davo
D. dinamik kuzatuv
103. Bemor V. , 30 yosh klinikaga qorindagi ogriqlarga, ko‘ngil aynib qayt qilishga, qorin dam bo‘lishiga va tana haroratining ko‘tarilishiga shikoyat qilib kelgan. Bemor 13 yil mobaynida o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan xastalanib keladi. Klinikaga murojaat qilishdan 14 soat oldin korinda kuchli «xanjarsimon» og‘riq kuzatilgan. Umumiy axvoli og‘ir, puls-110, K/B-100/60. Tili quruq, oq, karash bilan qoplangan. Qorin dam, xamma sohalari palpator og‘riqli. Qorin parda ta'sirlanish belgilari musbat. Leykotsitlar-18,3. Qorin bo‘shligi obzor rentgenoskopiyasida erkin xavo aniqlanmaydi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, yopilib turgan teshilma asorati*
B. 12 b/i yara kasalligi, teshilishdan oldingi xolat
V. Me'da yara kasalligi, teshilma asorati
G. 12 b/i yara kasalligi, penetratsiya asorati
D. Me'da yara kasalligi, penetratsiya asorati
II. Sizning taktikangiz:
A. shoshilinch laparotomiya, perforativ yarani tikish, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi va naychalash*
B. shoshilinch laparotomiya, piloroplastika, trunkulyar vagotomiya
V. shoshilinch laparotomiya, Bilrot I usulida me'da rezeksiyasi
G. konservativ davo
D. dinamik kuzatuv
104. Bemor V. , 45 yosh gastroenterologiya bo‘limida davolanmoqda. Bemor 12 yil maboynida me'da yara kasaligi bilan xasta. EFGDS me'da orqa devorida chuqur tubli yara aniqlangan. O‘tkazilayotgan konservativ terapiyaga qaramasdan bemorda to‘sh osti sohasidagi bel sohasiga irradiatsiya beruvchi intensiv og‘riqlar saqlanmoqda. Og‘riq xurujlari me'da sovuq suv bilan yuvganda qoladi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. me'da yara kasalligi, singilma asorati*
B. me'da yara kasalligi, stenoz asorati
V. me'da yara kasalligi, malignizatsiya asorati
G. me'da yara kasalligi, qonalma asorati
D. me'da yara kasalligi, teshilma asorati
II. Sizning taktikangiz:
A. me'da rezeksiyasi
B. gastrostomiya
V. me'da osti bezi rezeksiyasi
G. gastroenteroanastamoz
D. pankreatoduodenal rezeksiya
105. Oshqozon-ichak traktining yuqori qavatidan qon ketish klinikasi bilan murojaat qilgan 38 yoshli bemorga o‘tkazilgan shoshilinch EFGDS tekshiruvida o‘n ikki barmoqli ichak orqa devorida 1,5 sm diametrli yara va uning tubida katta tromb aniqlanadi. Gemoglobin – 45 g/l.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, to‘xtagan qonash asorati. IV darajali postgemorragik anemiya*
B. me'da yara kasalligi, to‘xtagan qonash asorati. IV darajali postgemorragik anemiya
V. 12 b/i yara kasalligi, me'da osti beziga singilma asorati
G. 12 b/i yara kasalligi, qonash asorati. IV darajali postgemorragik anemiya
II. Sizning davo taktikangiz:
A. aktiv-kutish qulay payt poylash taktika*
B. faqat konservativ terapiya
V. zudlik operatsiya
G. shoshilinch operatsiya
D. rejali operatsiya
106. Qabul bo‘limiga 58 yoshli bemor 3 soat oldin kuzatilgan kollaps xolatidan so‘ng ko‘p miqdorda «kofe kuyqasi» singari qayt qilish va ichining suyuq qora rangda kelishiga shikoyatlari bilan olib kelingan. Shu xolatgacha bemorda bir hafta mobaynida umumiy holsizlik, kunda bir necha marotaba shakllanmagan qora rangli axlat kelishi kuzatilgan. Oxirgi 5-6 yil mobaynida to‘sh osti sohasida och qoringa og‘riqlar va 1 oylar mobaynida bu og‘riqlarning bel sohasiga irradiatsiyasi kuzatilib turgan. Bemor o‘zini tekshirtirmagan va davolanmagan. Bemor umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda, puls 96. , K/B-105/75.
I. Sizning dastlabki tashxisingiz:
A. yara kasalligi, qonalma asorati*
B. yara kasalligi, singilma asorati
V. yara kasalligi, teshilma asorati
G. xamma javoblar to‘g‘ri
II. Tashxisni tasdiqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. EFGDS*
B. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi
V. me'da ichak tizimi rentgenkontrast tekshiruvi
G. O‘TT
D. fibrokolonoskopiya
107. Reanimatsiya bo‘limiga oshqozon-ichak trakti yuqori qavatidan massiv qon ketish klinikasi (o‘zgarmagan qon bilan qayt qilish, kollaps) bilan keltirilgan 44 yoshli bemorga shoshilinch EFGDS o‘tkazildi. Bunda qon ketish manbasi o‘n ikki barmoq ichak yarasi ekanligi aniqlandi va bu yara tubidagi qonayotgan yara elektrokoagulyasiya qilinib, qon ketish to‘xtatildi. Reanimatsion bo‘lim sharoitida intensiv terapiya zaminida 8 soatlardan so‘ng o‘n ikki barmoq ichak yarasidan qon ketish retsidivi alomatlari kuzatildi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. 12 b/i yara kasalligi, qonalma asorati*
B. 12 b/i yara kasalligi, to‘xtatilgan qon ketish asorati
V. 12 b/i yara kasalligi, me'da osti beziga singilma asorati
G. me'da yara kasalligi, qonalma asorati
D. me'da yara kasalligi, to‘xtatilgan qon ketish asorati
II. Sizning davo taktikangiz:
A. shoshilinch operatsiya*
B. rejali operatsiya
V. konservativ davoni takrorlash
G. EFGDS va koagulyasiyani qaytarish
D. xamma javoblar to‘g‘ri
108. Poliklinika jarroxi ko‘p yillar mobaynida me'da yara kasalligi bilan og‘rigan bemor tekshiruvida unda ishtaxaning yo‘qolganligi, ozganligini, ob'ektiv ko‘rikda chap o‘mrov usti limfa tugunlarining kattalashganligini, analizlarida gipoxrom anemiya, yuqori EChT ni aniqladi. Bemordagi bu holatlar to‘g‘risida.
I. Sizning tashxisingiz:
A. me'da yara kasalligi, malignizatsiya asorati*
B. me'da yara kasalligi, stenoz asorati
V. me'da yara kasalligi, yashirin qonalma asorati
G. me'da yara kasalligi, singilma asorati
II. Tashxisni tasdiqlash uchun qanaqa tekshiruv o‘tkazish kerak:
A. EFGDS, biopsiya bilan*
B. qorin bo‘shlig‘i obzor rentgenografiyasi
V. fibrokolonoskopiya
G. ko‘krak qafasi rentgenoskopiyasi
D. O‘TT
109. Bemorda REPSTdan keyin epigastral sohada belga beruvchi og‘riq, ko‘p marta qayt qilish, qorin mushaklarini taranglashuvi, qonda: leykotsitoz, amilazemiya kuzatildi.
I. Sizning tashxisingiz:
A. o‘tkir pankreatit*
B. oshqozon-ichak traktidan qon ketish
V. o‘tkir xolangit
G. ichak tutilishi
D. 12-b/i yarasini teshilishi
II. Sizning taktikangiz:
A. sitostatik va proteaz ingibitorlari bilan konservativ davo*
B. shoshilinch operatsiya, charvi sumkasi abdominizatsiyasi
V. shoshilinch operatsiya, me'da osti bezining rezeksiyasi
G. rejali operatsiya, xoletsistektomiya, xoledoxni tashqi naychalashi bilan
D. diiagnostik laparoskopiya
110. 27 yoshli bemor 1-oy oldin qorinni o‘ng tomoniga yopiq shikast olgan, shifokorlarga murojaat qilmagan. Og‘riq 1-xafta ichida kamaygan, lekin bemorda isitmalash kuchayib 38-40A. intensiv konservativ davo, yana tekshirib ko‘rish.
B. laparotomiya, hosilani naychalash
V. dinamichesk kuzatuv, 10 kundan keyin qayta UTT
G. UTT yordamida teri orqali hosilani naychalash*
D. UUT yordamida punksion biopsiya olish.
111. Xoledoxolitiaz, mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorga EPST, xoledoxolitoekstraksiya qilingandan so‘ng 8-kuniga ahvoli og‘irlashib yiringli intoksikatsiya belgilari paydo bo‘ldi. UTT 2 ta 5 va 6 sm. li yumaloq suyuqlik saqlovchi hosila topildi.
I. Sizning birlamchi tashxisingiz:
A. jigar exinokokkozi
B. jigarni noparazitar kistasi
V. jigarni xolangiogen abssessi*
G. jigarni metastatatik shikastlanishi
D. jigarni makronodulyar sirrozi
II. Sizning davolash taktikangiz:
A. O‘TT nazorati ostida teri va jigar orqali xosilani punksiya qilish va naychalash*
B. antibakterial terapiya va bemorni kuzatish
V. shoshilinch laparotomiya jigarning o‘ng bo‘lagi rezeksiyasi bilan
G. rejali operatsiya jigardan exinokokkektomiya
D. reanimatsiya bo‘limida intensiv terapiya o‘tkazish
112. Bemor ko‘ngil aynishiga, qusishga, teri rangini sarg‘ayishiga, o‘ng qovurg‘a osti va epigastral sohadagi belbog‘simon og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezida 1- yil oldin UTT o‘t qopida mayda toshlar topilgan. Yuqorida qayd etilgan shikoyatlari parxezni buzgandan keyin paydo bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |