10 – rasm. Odam gavdasi va kostyum proporsiyasi Odam gavdasi va kostyum proportsiyasi haqida gapirilayotganda, qadimgi Rossiyadagi va antik Yo’nonistondagi bir-biriga o‘xshamaydigan,ammo monandligi, proportsiyalari, chiziqlari, bezaklari genial badiiy hisoblanganligi, tabiatga qo‘shilib ketishining tabiiyligi jihatidan yaqin arxitektura obidalarining
o‘lmas go‘zalligini eslatib o‘tish joiz buladi. Kiyim yaratish ko‘p jihatdan mehmorlikka o‘xshab ketadi — bu ikkala san’at ham odamlarga bevosita tegishli, odamning tabiiy mutanosibliklaridan kelib chiqqan: nihoyat, kiyim odam bilan birga deyarli hamma vaqt binolar orasida, ichki xonalarda buladi. Binolar ham o‘z navbatida tabiiy muhitda, shahar arxitekturasi orasida buladi. Shuning uchun turli zamonlarda arxitektura va kiyim uz davrining badiiy uslubini aks ettirgan: xalq kiyimi esa eng yaxshi, eng mukammal, eng «mangu» nima bulsa, hammasini o‘ziga singdirib asrlar mobaynida saqlaydi.
Ishni bajarish tartibi
Har bir talabaga ishni bajarish uchun kompozitsiyada badiiy ijоd qilishni o’rganadi va ularga asоslanib kоstyum shakli va modellarni yaratadi.