Fakulteti


- rasm. Kashtachilik namunasi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə40/52
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#111573
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
2 5312313661077851973

14 - rasm. Kashtachilik namunasi

Kashtachilik haqida gap ketganda, bu san’atdagi keng tarqalgan va taraqqiy etgan naqsh turlarini esga olish joizdir.

Naqsh o’z tuzilishi jihatidan tasvir ohangi (ritm) qoidalariga rioya qiladi va qator-qator badiiy o’neurlarning qaytarilishi tufayli vujudga keladi.

Naqsh o’z kompozitsiya tuzilishi jixatidan tasviriy - ritmik yo’nalish tashqil qilsa, biz o’ni boshdan oyoq ko’zatib, zavqlanib tomosha qilamiz. Naqsh asosan bezak ishlari uchun foydalaniladi. Naqqosh boshqa o’nsurlar bilan bir qatorda o’simlik barglari shakli yoki gullaridan ham, ularning ramziy chizma tasviridan ham foydalanishi mumkin. Zamonaviy naqqoshlik kompozitsiyalari qam o’ziga hos an’anaviy tasvirlar negizida qayta ishlanadi. U asosan tasvir va ranglar ohangi birligida yo’zaga chiqariladi.

Kompozitsiyaning mukammal bulishida muhim rol o’ynovchi ohang (ritm) esa san’atning barcha sohalarida mavjuddir. Xar qanday ijod namo’nasi, san’at asari bizning sezgimizga tayangan holda go’zallikni, nafosatni o’zida aks ettirib, xalq mulkiga aylangandagina o’z davri haqida ham guvohlik bera oladi. Ikkinchi tomondan, xalq mulkiga aylangan xaqiqiy san’at asari, aynan shu davr talabiga javob berish bilan chegaralanmay, o’tmishning hosilasi sifatida, «yodgorlik» san’at namo’nasi bo’lib xam xizmat qilishi kerak.

Asar qimmati o’ni san’at darajasiga yetganligi bilan baholanadi. Masalan so’zanalar kompozitsiya elementlarini taqqoslab ko’raylik. XIX asrdagi so’zana - naqsh o’nsurlari kompozitsiyasida bezakli nash va ganch o’ymakorligiga oid naqsh o’nsurlari uchraydi. Bu naqshlar tasviriy elementlarining kompozitsiyasini chuqurroq «mutolaa» qilsak; aslida bir- biriga o’xshash bezaklar ekanligining guvohi bulamiz. Quyosh timsolini aks ettirgan falak shamsi — «Shamsai zarkor» oftob nurlarini sochib turgan shaklni aks ettiruvchi naqshdir. Naqqoshlik san’atida «Namoyon» usuli mukammallashgan yetuk naqsh kompozitsiyadir. U voqelikning umumlashgan tasviriy obrazini o’zida aks ettiradi. Naqqoshlik, ganchkorlik va yog’och o’ymakorligida u ko’pincha naqsh kompozitsiyasining o’rta qismida ishtirok etadi. Kitoba uslubidan qabr toshlarini, katta darvozalar, binolar devorida ulkan inshootlar peshtoqlarini bezashda foydalaniladi.

Mukarnas uslubidagi naqshlar mehmorchilikda burttirib, qabariq shaklda qo’llangan tasviriy kompozitsiya o’nsurlaridandir. Mavj — mavjlanuvchi, ya’ni «dengizning mavj urib turishini» eslatuvchi to’lqinsimon naqsh turi. Marrula — o’ragan, jingalak, chatishgan degan ma’nolarni anglatgan naqsh turlaridan biri. Girix—(forscha so’z.) tugo’n, chigal ma’nosini anglatib, kompozitsiya shaklining asosiy turlaridan biridir. Undan me’morchilik ganchkorlik, naqqoshlik va yog’och o’ymakorligining xamma sohasida foydalaniladi. Naqshlarning turli xillari ularning tuzilishi, shakliga monand nomlanadi. Hozirgi zamon naqqoshlari kompozitsiyalariga kirib kelgan paxta va har xil fan-texnikaga oid ramziy belgilar shundan dalolat beradiki, ijodkor yashayotgan zamonasidagi o’zgarishlarni - o’ning yutuqlarini chetlab o’tolmaydi. Shu boisdan xam hozirgi naqshlarda zamonaviy o’nsurlar ishtirok etuvchi ko’plab kompozitsiyalar uchrab turadi.

Naqqoshlar kompozitsiya yaratishda ota-bobolarimiz merosiga murojaat qilib, o’zlarining yangi, qo’shimcha naqsh belgilarini kiritishga, yangicha shakllar qo’shishga intiladilar. Shuni xam ta’kidlash lozimki, ustalar ganch yoki marmar o’ymakorligida sopolga o’yilishi lozim bulgan naqsh va bezaklarni buyoklar yordamida chiziladigan naqshlar kompozitsiyasiga mohirlik bilan kiritib bevosita qo’llaganlar. Bunday sinalgan usullarni yog’och o’ymakor ustalari xam o’z navbatida sohaga moslab turib takrorlaganlar. Naqshlar kompozitsiyasi tarkibiy tuzilishi haqida tasavvurga ega bulish, ulardan ayrimlarining ifodaviy belgilarini bilib olish uchun «Islimi» naqshining turlari bilan tanishamiz.



  1. «Shobarg islimi» katta barglar shaklini ifodalaydi va ko’p qo’llanadi.

  2. «Mexrob islimi» yoysimon aylana shaklidagi ramka bo’lib, naqsh kompozitsiyasi asosan shu ramka ichida tasvirlanadi.

  3. «Islimi turo’nj» naqshining ko’rinishi, limon shaklida buladi. U hech qanday kashta ulanmay muallaq turadigan kompozitsiya bo’lib, boshqa bulaklarni yaxlit qilib ko’rsatadi. Tasvirdagi bir xillik kompozitsiyani shakliy harakatiga ta’sir etadi.

  4. «Bodomcha islimi» bu xm o’z nomiga muvofiq bodomsimon ko’rinishga ega. U turfa shakllardan iborat buladi.

  5. «Modohal» bezagi ko’rinishi hilma-xil bo’lib g’o’ncha, lola, gul, uch barg va boshqa shakllardan iborat. Naqshning bu turi memorchilikda, yog’och, ganch, tosh, mis o’ymakorligida, kashtado’zlikda keng tarqalgan.

  6. «Aylanma islimi».

Bunda kompozitsiya bir xil tartibdagi naqsh bezaklarning o’zaro aylanma ritmidagi bog’’lanishi tarkibidan kelib chiqadi. Bir-ikki kompozitsiya turidagi takroriy bulak davomiy naqshni tashqil etadi. Bunday tasviriy belgilardan tashqil topgan naqsh kompozitsiyasini asosan Farg’ona va Toshkent naqqoshlari ko’p qo’llaganlar. Ular dezorlar sathini chiroyli shaklli bulaklarga bo’lib, so’ngra shu bulakchalar ichi «islimi» naqsh uslubida bezalgan.

Qadimiy mehmorchiligimizda har xil geometrik chiziqlar asosidagi yuldo’zsimon yoki olti qirrali, sakkiz qirrali yuldo’zlar tasvirlangan. Ganch o’ymakorlik kompozitsiyasi 55 shakllar ishlatilgan. Tomonlari aniq qilib chizilgan bunday belgilarni «girih» deb atashgan. Bunday «girih»li kompozitsiya turlarini ishlash naqqoshdan geometriya ilmini yaxshi o’zlashtirishni talab qilar edi. Amaliy san’at kompozitsiyasi asosan naqshlarga bog’’likligi bilan tasviriy san’at kompozitsiyasidan ajralib turadi. Bu yerdagi o’xshashlik kompozitsiya shakllarini bir-biriga mutanosib, o’zviy bog’’lashdir. Amaliy san’atdagi naqshlar, gullar tabiiy (real) holatda bulmaganligi bilan xam farqlanadi. Cho’nki, amaliy san’at ijodkorlari, real tasvir maktabini bitirib emas, ko’pincha o’z ustozlariga shogird tushish yo’llari bilan bu ho’narni tugal egallab olganlar. Ikkinchidan, xaqiqiy ko’rinishdagi tabiiy gulni devorga naqsh bilan bog’’lash ancha murakkab jarayonni talab etadi. Bundan tashqari asl tabiiy tasvir naqsh bilan o’ncha bog’’lanmaydi, shunga ko’ra naqqoshlikda barcha tasviriy vositalar umumlashib, shartlilik ramzi sifatida ishtirok etadi. Bu uslub naqqosh uchun ham o’ni bir meyorda bajarish uchun xam ancha qulaydir. Buning o’zgacha (real tasvirli) rasm kompozitsiyasidan farqini bilib olish o’nchalik qiyin emas.

O’zbeklarning ko’pchiligi bu nodir san’at turi - naqqoshlikka qadimdan juda qiziqib kelishgan. Usta naqqoshlarga yoshlar shogird tushish yo’li bilan bu kasbni egallab, mustaqil ijod yo’liga qadam qo’yganlar. Naqsh kompozitsiyasini yaratish ishi rassomdan ko’plab bilimlarni egallashni talab qiladi. Bu borada ta’lim olishni maqsad qilib olgan talabalar g’oyat murakkab sinov yo’lini bosib o’tishlari lozim.

Tabiat qonun-qoidalarini tushunib yetish qanchalik murakkab ish bulsa, madaniy va estetik jihatdan yuqori saviyadagi naqsh yaratish va boshqalarga manzur etish ham shunday murakkab va qiyin ishdir. Izlanish, fikr yuritish, obrazlarni to’plash, buning uchun odamlar holatini ko’zatib o’rganish tasviriy san’atda kompozitsiya yaratish uchun ijodiy ozuqa beradigan asosiy manbadir. Umuman olganda, san’atning hamma turi bir-biriga bog’’lik. Lekin bu bog’’liqlik san’at asarini yaratish qonun-qoidalari, uslublardagi farqlar orqali seziladi.

Naqqoshlik san’atini egallagan yoshlar mustaqil kompozitsiya yaratar ekanlar, ta’lim bergan ustozlarining naqsh o’nsurlarini qanday qo’llash to’g’risidagi o’gitlarini chetlab o’tmasliklari kerak. Cho’nki usulni shakllantirishda ustoz katta rol o’ynaydi. Qadimiy an’anaviy usullarni puxta o’rganish va ularning bir-biridan farqini tushunib yetish shogirdlarga katta ijodiy saboq buladi. Toshkent, Buxoro, Xorazm va Fargona naqqoshlik maktablari uslublarida yaratilgan naqsh o’nsurlari kompozitsiyasi ham, shu kompozitsiya sathidagi nisbiy bulaklar ham o’z «shevalari»ni namoyon etadi. Bu sheva maktablarini shogirdlar tomonidan, yangi shakllar (qo’shimchalar) bilan to’ldirib borilishi, tomoshabin ko’ziga buto’nlay yangicha kompozitsiya mavzusini namoyon qiladi.

Naqqoshlikda, yana bir yahshi an’ana bor shogird tushgan har bir bola, o’z ustozi izidan chiqmay u o’rgatgan, aytgan ishnigina puxta o’rganish orqali o’z ijodining muqaddimasini boshlaydi. Bu esa, har bir ustoz yaratgan maktabning davom etishi uchun, qulay shart-sharoit yaratib beradi. Amaliy san’at maktabining eng muhim tomoni shundaki, har bir o’quvchi ijod jarayonini ko’z bilan ko’rib, shu ishga aynan ishtirokchi bo’lib, o’ni tajriba orttirish orqali egallaydi. Bunday ish usuli azaliy urf-odat bo’lib, hozirgi zamonda ham talabaga bilim-ho’nar berishda eng odil yo’llardan biridir.

Xalq yaratgan bunday uslubiy maktablar o’zini umrboqiyligi bilan shu ko’nlarda ham o’z anhanalariga sodik holda shogirdlar yetishtirib kelmoqda. Naqsh kompozitsiyalarining yaratilish jarayonini ko’zdan kechirar ekanmiz, har uslubning o’z belgisi, o’z tasviriy shakli borligi, naqqoshlar tomonidan u muayyan o’ringa joylashtirilishi hamda ranglarning turini o’zgartirish (kombinatsiya) natijasida yangicha jilo, yangicha kompozitsiya ko’rinishida namoyon bulishi kurinaveradi. Shunday an’analarni yaxshi o’zlashtirgan va o’ni kadrlagan tasviriy san’atda o’z maktabini yaratgan rassomlardan biri ustoz Chingiz Axmarovdir. 1960 yili me’morchilik fakultetida bu fan, ya’ni — kompozitsiya darslari u kishi tomonidan joriy qilindi. Atog’ush musavvir talabalarga: «Siz uch yil davomida real buyumlarning rasmini ishladingiz, kompozitsiya buyumi esa shu olgan sabog’’ingizni ongingizga, fikringizga singdirgan holda qalbingiz «ko’zi» bilan ko’rib «yangitdan» ifoda etishingizni talab qiladi. Siz birinchi marta tabiatdan olgan «mahsulotingiz»ni yana o’ning o’ziga (faqat ijodiy falsafiy yondoshish orqali) qaytarishingiz, «yangicha» shakl kiritishingiz, «kompozitsiya» to’zishingiz lozim.

Ko’proq, amaliy san’atga yondoshinglar, ulardagi ramziy badiiy bezaklarga nazar solinglar» — der edilar. Shular bilan birga ustoz musavvir muhjaz kitobiy tasvir kompozitsiyalarini ko’rsatar va bular zamirida, o’zbek xalq dostonlari asosida kompozitsiyalar yaratish lozimligini ta’kidlar edilar. Xalq amaliy san’atidan kelib chiqib, «kompozitsiya» yaratish tasvirni tekshirish imkonini berish bilan birgalikda bunga qay darajada erishganligimizni taqqoslash, kamchiliklarni ilg’ab olib bartaraf etish imkonini beradi. Xalq amaliy san’atiga tayanib kompozitsiya yaratish ijodiy jarayoni bizni anhanadagi maxsus nazariyaga oshno etadi, asardagi milliy o’ziga xoslikni ta’minlaydi.

Ayniqsa, tarixiy mavzuda ijod qilayotgan rassomlarimiz qadimiy merosimizga qayta-qayta murojaat qiladilar, undan o’numli foydalanadilar. Asosiy qonun-qoidalar komlozitsiya to’zishining asosiy o’nsurlari bo’lib, o’zoq davrlar davomida rassomlar ijodiga mantiqan va estetik baho berish orqali yod bo’lib ketgan. Kishilar doim tabiat go’zalliklariga intilgan holda o’zlari ham go’zal bulishga harakat qilganlar. Tabiiy go’zallik ijodkori tabiat bulsa, tasviriy san’at o’ni takrorlovchidir.

San’at go’zallikni, yana ham go’zalroq ko’rinishda taqdim etish sirlarini sinchiklab o’rganadi. Demak, bu go’zallikni saqlab qolish, yoki o’ni keng miqiyosda namoyish qilishning qonun qoidasi bulmog’i kerak. Musavvir tomonidan yaratilgan san’at asari, ana shu qonun-qoidalarga buyso’nib ularga to’la javob beradigan bulishi kerak.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin