Fakulteti



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə42/52
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#111573
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
2 5312313661077851973

Nazorat savollari
1. O’zbek xalqining qadim- qadimdan qanday amaliy san’atlari mavjud?

2. «Islimi» naqshining nechta xil turlari mavjud?

3. Ganch o’ymakorlik kompozitsiyasida nechta shakllar ishlatilgan?

4. Naqqoshlik maktablari qaysi viloyatlarda yaratilgan?



13 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Ishning nomi: Kastyumda statiklik va dinamiklik.
Ishdan maqsad: Kastyumda statiklik va dinamiklikni o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: Moda jurnallari, qalam, qog’oz, chizg’ich, lekalo va hokazolar.
Asоsiy ma’lumоtlar
Kompozisiyaning ifodaliligi, uning tushunishga qulayligi shaklning buysungan qismlardan bosh kompozision markaz tomon harakatda bo‘lib qancha qay darajada hosil qilinganligiga bog‘liq.

Kompozisiya statik va dinamik bo‘lishi mumkin, elementlarning ma’lum tartibda o‘zaro bo‘ysunuvchanligi kompozision muvozanatni yuzaga keltirsa, umumiy qatorning jiddiy tekshirilishi va kostyum elementlariga nozik ishlov berish orqali shaklning garmonik butunligini ta’minlash mumkin.

Statiklik - shakl turg‘unligining, osoyishtalik holatining bo‘rttirib ifoda etilganidir. Shaklning statikligi ulchamlar tengligini yoki o‘lchamlar nyuansini xarakterlaydi.

Dinamika - bu shakl yuzasida ko‘z ilg‘aydigan harakat. Shaklda dinamika hosil bo‘lishi uchun shakl xususiyatlaridan birortasining tengsizligi bo‘lishi kerak. Shaklda dinamika paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:

- shakl o‘lchamlarida tengsizlik bo‘lsa, harakat kup mikdordan kam tomonga buladi;

- shakl qismlarga bo‘linganda ham dinamika paydo bo‘ladi. Bunday holda kattaroq qismdan kichikrok qism tomon harakat paydo bo‘ladi;

- shakl ichidagi chiziqlar yo‘nalishining xarakteri qandayligiga qarab, shaklning turlicha yo‘nalganligi hosil bo‘ladi, uning dinamikligi kuchayadi;

- shaklda bir necha rang qo‘llanilsa, och, yorqin ranglar o‘z tomoniga dinamikani hosil qiladi;

- shakl kompozisiyasida qo‘llangan ritmik tuzilishlar ham dinamikani hosil qiladi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin