16-rasm. statiklik va dinamiklik ro’rinish
Shaklning ifodaliligi uni tushunishga qulayligini ta’minlaydi. Libos kompozisiyasida dinamika kompozision markaz bo‘lishi kerak. Agar dinamikaning yunalishi kompozision markaz tomon bo‘lmasa, kompozision markazni ko‘chaytirish kerak yoki harakat yo‘nalishini o‘zgartirish lozim.
Kompozisiyaning ifodaliligini bo‘ysungan qismlaridan bosh kompozision markaz tomon harakatda bo‘lib ko‘rinishi (dinamikasi) qay darajada hosil qilinganligiga bog‘liq. Nima bo‘rttirilayotgani aniq bo‘lishi uchun, dinamikani libosning qaysi qismiga qaratilsa ham, dinamika rassomning bo‘rttirgan qismini ko‘rsatishi kerak.
Dinamika xususiyatlarini inobatga olib, gavdaning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin. Masalan, figurani balandroq ko‘rsatish uchun dinamikani yuqoriga yo‘naltirish lozim, ozginroq ko‘rsatish uchun esa dinamika gorizontal yo‘nalishda markaz tomonga yo‘nalishi kerak.
O`lchamlardagi kontrastlik qaysi miqdor ko`p bo`lsa, usha tomonga yo’nalgan dinamika hosil qiladi.
Shaklning dinamikasi ham shaklni qismlarga kontrast bulaklashda paydo bo`ladi. Bunday хolda kattaroq qismdan kichikroq qism tomon harakat paydo bo`ladi.
Shakl ichidagi chiziqlar yo’nalishining xarakteri qandayligiga qarab shaklning turlicha yo’nalganligi hosil bo`ladi, o’ning dinamikligi kuchayadi.
Bir tusli, lekin tukligi har-хil bo`lgan 2ta хromatik ranglar yoqi och-tukligi har-хil 2ta aхromatik ranglar birga qo’shilganda harakatda bo`lib ko`rinish yo`zaga keladi. Aktiv ranglar o`zi tomon harakat qiladi.
Kiyimni modellashtirishda to`zilmalar dinamikasi kyeng ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |