Falsafa asoslari


Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tu­


səhifə139/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Falsafa asoslari

Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tu­
shunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u
haqida yaxlit tasawur hosil qiladigan, yangi fundamental umum­
lashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tu-
shuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan
iborat.
Har bir nazariya o‘z tushunchalari va ta’riflash qoidalariga 
ega. Bunga misol qilib kimyo fanidagi atom, molekula, ishqor 
kislota kabi tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi Shuning­
dek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. 
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z 
o‘rniga ega.
Muammoni aniqlash va yechimini asoslashda savol-javobning
o‘rni. 
Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi
261


eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javob- 
ni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushuncha- 
larning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g'ri qurishga va xulosa 
chiqarishga o£rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol 
shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning 
o‘ziga xos alohida ko£rinishidir. Savol berish, ya’ni fikrni to‘g‘ri 
javobga yo‘naltirish san’ati — tafakkurlash madaniyatining zaru- 
riy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, 
farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng 
ma’noda tafakkur shakli bolib, uning yordamida qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish uchun ma’lum turdagi bilimlarning yetish- 
maslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi1. Inson bilimi predmet 
va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yan­
gi, ularni toldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yara- 
tishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savol­
larni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir boladi. Savol 
so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma’lumot 
yakunlanmagan boladi. Mulohaza va so£roq gap bilishda turli- 
cha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqi­
dagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bolsa, savol uning 
yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, 
o£rganishga qaratilgan boladi. Savollar iltimos yoki talab qilib 
beriladi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin