javoblar.
3. Chin
(voqelikni adekvat aks ettirgan) va
xato
(voqelikni
adekvat aks ettirmagan)
javoblar.
4. Qisqa
(ha, yo‘q, bilmadim) va
batafsil
(savolning har bir
elementi takrorlanadigan)
javoblar.
5. Aniq
(tushunchalar, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi konkret
va ravshan bo‘lgan) va
noaniq
(ikki xil ma’noli tushunchalar,
so‘zlar ishlatilgan)
javoblar.
Savol va javobga qo‘yiladigan umumiy talablar:
— savol ham javob ham grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan
bo‘lishi;
— savol ham javob ham aniq, ravshan va iloji boricha ixcham
bo‘lishi;
— savol ham javob ham yetarli darajada asoslangan bo‘lishi
zarur.
Yuqoridagi ko‘rsatmalar bilim olish, shaxsiy va ijtimoiy mu-
nosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun muloqot olib borishda
nihoyatda ahamiyatlidir.
Tayanch tushunchalar:
argumentlash, tezis, asos-dalil, isbot-
lash, rad etish, tanqid, argumentlashning strategiyasi, argument-
lashning taktikasi, paralogizm, soflzm, paradoks, kommunikativ
model, proponent, opponent, muammo, savol, javob, muammoli
vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ish
chi gipoteza, nazariya.
264
Takrorlash uchun savollar
1. Muammoli vaziyat qanday vujudga keladi?
2. Muammo nima?
3. Muammolar kolamiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
4. Muammoni hal etish uchun nima qilish kerak?
5. Gipoteza nima?
6. Nima uchun gipotezalarni mantiqiy qurish vositasi ehti-
moliy xulosa chiqarish hisoblanadi?
7. Gipotezalarning qanday turlari bor?
8. Nazariya nima?
9. Nazariyaning ilmiy bilishdagi ahamiyati nimalarda
ko‘rinadi?
10. Savol nima?
11. Savolning qanday turlari bor?
12. Qanday savollar ilmiy savol boladi?
13. Javobning qanday turlari bor?
265
Yüklə Dostları ilə paylaş: |