Adolat — odillik, adolat bilan ish ko‘rish, qonun asosida, jami-
yatda shakllangan ustuvor insoniy munosabatlar doirasida bar-
chaga teng va xolis munosabatda bolishdir.
«Adolat» turlicha talqin qilinadigan, xilma-xil tarzda nam o
yon boladigan tushunchadir. Ba’zi axloqiy-huquqiy me’yorlar
ham adolat mezoni sifatida qaraladi. Bu, o‘z navbatida, adolat
mezonlarining jamiyat rivojiga, insoniyat taraqqiyotiga, muay
yan mamlakat qonun-qoidalariga mos yoki mos emasligi bilan
belgilanadi.
Adolat jamiyatning muayyan shaxsga munosabatida yaqqol
namoyon boladi. Insonning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmati
adolat mezoni hisoblanadi. Hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy sohalarida sodir boladigan barcha voqea va hodisalar
bu jarayonga bevosita yoki bavosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir inson
erki va irodasini belgilaydi, alohida shaxs uchun m a’naviy mezon
vazifasini bajaradi.
M amlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida
amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy adolat, demokratiya,
barqaror taraqqiyot va farovonlik tamoyillarini ro‘yobga chiqa-
rishning muhim vositasi b o lib xizmat qiluvchi muhim tamoyil.
Insonparvar jamiyat g‘oyasini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy
adolat va demokratiya tamoyillari bu jarayonda o'z mohiyatini
to la namoyon qila boshlaydi.
Insonparvarlik g‘oyalarining muhim bo‘g‘inlaridan biri
bolgan adolatlilikning barcha ko‘rinishlariga qadim davrlardan
katta e’tibor berib kelingan. 0 ‘tmishdagi Sug‘d va Xorazm, So-
moniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar va Temuriylar davlatlari
tarixidan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin, xususan, Amir
Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da, eng avvalo adolat
va har ishda adolatlilik tamoyillariga so'zsiz amal qilingan. Dav-
lat «Kuch adolatdadir» shiori ostida tuzildi va ravnaq topdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: