Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga,
taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta
tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi,
qator zamonaviy
kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport may-
donlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyo-
bonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar,
savdo majmualari, favvoralar,
gulzorlar barpo etildi.
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar
bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini mu-
handis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam
bo‘lishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda.
Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Dav-
lat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil
etish, shaharsozlikning eskirgan
metodologiya va normativlari,
kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf
etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini
qayta ko‘rib chiqish»1 taqozo etiladi.
Bugun 0 ‘zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmda-
gi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Viloyat
markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand,
Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy
me’morlik talablari asosida tubdan
qayta qurish ishlari amalga
oshirilmoqda. Ana shunday keng kolamli ishlar natijasida Sa
marqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta
borib ko‘rishi zarur bo‘lgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk
Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha Tosh-
kent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dun-
yo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu mi-
sollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o‘rni
va roli
ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun
0 ‘zbekistonning go‘zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda
funksionallik va badiiylik, foydalilik va go‘zallik,
tejamkorlik
Yüklə
Dostları ilə paylaş: