Namangan davlat univyersiteti



Yüklə 174 Kb.
səhifə1/8
tarix12.09.2023
ölçüsü174 Kb.
#128912
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- kurs. Arxeologik dala taqdiqot usullari 2023


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVYERSITETI



TASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor _______PhD. D. Xolmatov
“___” ______________2023- yil



ARXEOLOGIK DALA TADQIQOT USULLARI VA TOPILMALARGA ISHLOV BERISH
FANINING O’QUV DASTURI

1- kurs uchun


Bilim sohasi: 200000 – San’at va gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi: 220000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 60220400 – Arxeologiya




Namangan – 2023


Fan/modul kodi
ADTB208

Oʼquv yili 2023/2024

Semestr
2-3

ECTS – Kreditlar
4+5=9

Fan/modul turi
Majburiy

Taʼlim tili
Oʼzbek

Haftadagi dars soatlari
2-semestr - 4 soat
3-semestr - 4 soat

1.

Fanning nomi

Аuditoriya
mashgʼulotlari
(soat)

Mustaqil
taʼlim
(soat)

Jami
yuklama (soat)




Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish

120

150

270




I. FANNING MAZMUNI
Fanni oʼqitishdan maqsad – talabalarda “Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish” fanining shakllanishi va taraqqiyoti, uning tarixiy fanlarni o‘rganishdagi o‘rni, jahon hamda, mamlakatimiz hududida moddiy-madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va xususiyatlari munosabatlarining shakllanishi haqida bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarda fanning nazariy va amaliy masalalarini shuningdek, arxeologik manbalar turlari. Arxeologik manbalarning qadimgi davr tarixini yoritishdagi o‘rni va ahamiyati. Arxeologik yodgorliklar. Arxeologik yodgorliklar turlari. Axoli manzilgohlari, qabr-qo‘rg‘onlar majmualari, diniy inshootlar majmualari, ishlab chiqarish bilan bog‘lik inshootlar va majmualarini o‘rgatishdan iborat.


II.АSOSIY NAZARIY QISM (MAʼRUZA MASHGʼULOTLARI)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu: Arxeologik dala tadqiqotlari tarixidan
Gʼarbiy Yevropa, Rossiya va АQSh arxeologik tadqiqotlari tarixidan. Yaqin Sharq va MisrdaGʼarb arxeologlarining tadqiqotlari. Аfrika mintaasida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar.Shimoliy Qoradengiz boʼyi shaharlari va qoʼrgʼonlarida rus tadqiqotchilarini olib borgan ishlari. Oʼrta Osiyo arxeologiyasini rivojlanish davrining boshlanishi. XАEE, TАKE, YuTАKE. Soʼgʼd va Fargʼonada olib borilgan tadqiqotlar. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Аrxeologiya Institutining tadqiqotlari.


2-mavzu: Аrxeologiya dala tadqiqotlarini qonuniylashtirish
Dala tadqiqot ishlarini olib borishda amal qilinadigan qonun qoidalar.Ochiq varaq olish tartib qoidalari. Tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish ishlari. Dala tadqiqotlarini o’tkazush uchun tayyorlanadigan hujjatlar.


3-mavzu: Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida arxeologiya fani taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida xalqaro ekspeditsiyalar tomonidan amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar va ularning Vatanimiz tarixini yoritishdagi oʼrni hamda ahamiyati. Oʼzbekiston va Yaponiya xalqaro ekspeditsiyasi tadqiqotlarida Vatanimiz qadimgi davr tarixining oʼrganilishi. Vatanimiz qadimgi va oʼrta asrlar davri tarixining Oʼzbek-Frantsuz Baqtriya xalqaroekspeditsiyasi tadqiqotlarida.Oʼzbekiston-Germaniya va Oʼzbekiston-Chexiya xalqvro ekspeditsiyalari faoliyati.


4-mavzu: Аrxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ularning ilmiy katalogini shakllantirish masalasi
Аrxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish bo’yicha mavjud tartib qoidalar. Аrxeologiya ob’ektlarini davlat hisobiga olishga ularni aniqlash, batafsil tavsifi bilan ularning roʼyxatini tuzish, ilmiy va madaniy qimmatini aniqlash, ilmiy hisobot takdim etish, arxeologiya ashyolarini davlat katalogida roʼyxatdan oʼtkazish, fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʼyilgan arxeologiya ashyolarini hisobga olish.



Yüklə 174 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin