Falsafa asoslari


səhifə50/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   221
Falsafa asoslari

Mazmun va shakl. 
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi 
narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bi­
lish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va 
hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan 
elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa siste- 
malardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini 
ifodalaydi.'
Shakl esa — sistemani tashkil qilgan elementlarning struk­
turaviy boglanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifo- 
dalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va 
shakl o'rtasidagi boglanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish 
an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shakl­
ning o‘zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bolgan. Va­
holanki, sistemaning elementlari strukturaviy boglanishlarsiz, 
aloqadorliklarsiz mavjud bolishi mumkin bolmaganligidek 
mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud b o la olmaydi. Biz 
faqat nisbatan mustaqil bolgan mazmun va shaklni bilish xu­
susiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juziy 
o‘zgarish ham bir-biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgi- 
na biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bolishimiz mumkin. 
Masalan, suvning agregat holati, shakli o‘zgarishi bilan uning
130


mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida chanqoqni 
qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi. Bundan 
tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari sistema­
ning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 
strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini 
ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan 
«ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol 
keltiradigan bolsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida 
jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriya­
lar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga 
insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yonda- 
shishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va 
shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni 
baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin