Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav-
vur qilishning o‘zi yetarli emas. Har qanday muammoning yechi-
mi ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. Buning uchun muammoni
hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra
bilish muhim ahamiyatga ega.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bi-
limlari va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda,
ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu
sohasining
yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur
bilimli olimlar tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan
uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy
ma’naviyatimizga yot g'oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri
muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish
mumkin. Ma’lumki, OAV, Internetdagi ayrim ma’lumotlar en-
digina ma’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqi-
qatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan yosh-
larda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Yosh avlod ma’naviy
olamining daxlsizligini
asrash jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu
muammo faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq
etilmoqda.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yon-
dashish mumkin bolganligi uchun ham hal qilinishi lozim
bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum
kin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari
bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun
ham juziy xususiyatga ega boladi. Kocp hollarda bir-biri bilan
bog‘lanib ketgan mana shunday juziy
muammolar hal qilingan-
dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish
imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ulami ye-
chishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish
uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan
o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metod-
larini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
turli
xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni
257
bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning
umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehti-
yojlariga bog'liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi
ziddiyat yaqqol namoyon boladi, ilmiy izlanish predmeti aniqla-
nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum
bir nazariya doirasida vu-
judga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa
muammo mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni yechishga
moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bolmaydigan fakt
va hodisalar aniqlanadi;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib,
ularga baho beriladi;
d) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tek-
shirish yollari belgilab olinadi;
e) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan
g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Bu ishlar* amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye
chishga kirishiladi.
Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega.
Boshqacha aytganda, muammoning
mutlaq to la yechimini
topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomon-
larini qamrab olib bolmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish
davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bolib, u
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba’zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha
topib bolmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan
bogliq muammo hozirgacha to la hal bolmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas,
degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar,
vosita-
lar yordamida yechib bolmaslikni ko'rsatadi xolos, va shu tariqa
yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak,
muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
258