Bugungi kunda zamonaviy bioetikaning eftanaziya, klon-
lashtirish, abort bilan bog‘liq muammolari mavjud.
Yaratuvchanlik va bunyodkorlik fazilati Alloh yaratgan bar-
cha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko‘proq
berilgan. Ba’zida esa fazilatni o‘rnini o‘ziga bog‘liq holda
buzg‘unchilik illati egallab oladi. Bu holat individ darajasidan
inson darajasiga shakllanayotgan ona qornidagi bolaga nisbatan
ayolni o‘ziga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan holatlarda homilaning
rivojlanishini sun’iy yo‘l bilan to‘xtatish (abort) bilan bog'liq holat-
lar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko‘p
uchrab turadi. Masalan, «Yevropada uchta mamlakat Shimoliy
Irlandiya, Malta va Irlandiya Respublikasida abort taqiqlangan.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra, abortlar soni tug'ilishlar sonidan
kam emas. Ba’zi mamlakatlarda esa qayd etilgan abortlar soni
tug‘ilishlardan ko‘p. Rossiyada ba’zi tug‘ruqxonalar abort miq-
dorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so‘rab murojaat
qilishgan. Hatto shifokorlar ayollarga operatsiyadan oldin rohib
bilan suhbatlashishni shart qilib qo‘yishmoqda. Shuning ta’sirida
abortdan voz kechganlar soni ortgani ta’kidlanmoqda»1.
Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy
qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o‘zining
dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko‘pgina atoqli
mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun
vayronkor an’analar va ajralishdan yangi umumbashariy dunyo-
qarashga yo‘l topishi zarurligini ko‘rsatmoqda. U lam ing maz-
kur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan
2000-yilda chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi.
Unda quyidagi so'zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini
himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada
oshirishi, Shuningdek, bizning butun insoniyat oldidagi majburi-
yatlarimizni qayd etishi lozim».
Yüklə
Dostları ilə paylaş: