Falsafa asoslari


səhifə3/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Falsafa asoslari

BIRINCHI BO‘LIM. FALSAFA
1-mavzu. Falsafa fanining mazmun-mohiyati,
mavzulari va jamiyatdagi o‘rni
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning maz­
mun-mohiyati. 
«Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin­
gan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi 
«filosofiya» so'zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» 
(«filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan m a’noni anglati- 
shi ta ’kidlanadi.
Shu m a’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos 
bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning 
rivojlanish y o lla rin i belgilab beradigan um um insoniy va u n i­
versal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilm lar- 
ning otasi» deb ta ’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, 
turm ush va tafakkur tarziga n echogliq mos ekani, jam iyat 
m anfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira oli- 
shiga bogliq.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafak- 
kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur muta- 
fakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» 
deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «do­
nishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini 
bilish, hayot va insonni qadrlash, um r mazmuni haqidagi qarash 
va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, um rning o‘tkinchi 
ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab 
yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech 
qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. 
Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hoi yaqqol ko‘zga tashla- 
nadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikm atni qadrlash, olam 
va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu 
ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan- 
ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat 
qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
7


«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali bar- 
chamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yev­
ropa madaniyatiga esa, u yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali 
kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan xilma-xil qa­
rashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi 
o'rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga 
kelgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan. 
Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim soha- 
siga, to‘g‘rirog‘i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday 
ilmiy masalalar bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, filosofiya 
deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to‘g‘risidagi 
ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va 
unda insonning tutgan o‘rni haqidagi qarashlar tizimi bo‘lib, 
dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng 
asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot 
to‘g‘risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bolganini 
aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydilar.
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston 
va Rim bilan boglash ham bu borada yetarli tasaw ur bermay- 
di. Chunki usnbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko‘p yil- 
lar Osiyoda bilim olib qaytganidan so‘ng falsafiy fikrlarni alo­
hida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani ma’lum. Alloma 
Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarash­
lari qadimgi yunonlarniki bilan o‘xshash edi, degan fikri ham 
bejiz aytilmagan, albatta. Bu o‘z navbatida, falsafiy dunyoqarash- 
ning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli umumiy 
hodisa ekanini isbotlaydi.
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan awalgi 
VII—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy 
fikrning ifodasi, olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujas- 
samiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida shakl­
langan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu 
fan bilan ko‘proq aslzodalar shug‘ullangan, uning asosan ular 
uchun tushunarli bolgan muayyan tushunchalari va atamalari, 
o‘ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan.


Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bolib, u insoniyatning 
tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni 
taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko‘r-ko‘rona 
tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va 
kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish 
demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafa­
ning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qo‘yilgan vazifalarga va uning hayotdagi 
o‘rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bolgan 
munosabat ham o‘zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fan­
lar paydo b o lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida 
mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana 
boshlagan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o‘rni, jamiyat va 
shaxs hayotidagi ahamiyati nim adan iborat, degan masala ham ­
ma davrlarda ham dolzarb bolgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyot­
ning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, 
uning usul va g‘oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etgan.
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. 
Taraqqiyot ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan maglubiyatlar, 
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta’qib etgan. Muayyan 
jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot 
borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun 
ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomon­
dan, madaniy-intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomon­
dan, tub ijtimoiy o‘zgarishlar taqozosi deyish mumkin. Muayyan 
tarixiy burilish davrida «Falsafa nim a o‘zi?» degan masala dol­
zarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda 
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yan- 
gicha idrok etganlar.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o lg a n ikki ming 
yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa e idi yo‘q boldi, uni 
o'rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko‘p 
bolgan. Lekin zamonlar o‘tishi bilan odamzod baribir falsafaga
9


ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos aha­
miyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi 
birinchi asrda yashab o‘tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning sho- 
girdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, fanning boshqa sohalariga 
oid ilmlar juda ko‘payib ketdi. Endi falsafani o‘rganishning ho- 
jati bormikan?» — debdi. Shunda ulug‘ faylasuf bamaylixotir gap 
boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar 
yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mu- 
tafakkirlari yaratgan bu fanni o‘rganmaslik har qaysi nodonning 
ham qolidan keladigan ish b olib qoldi», — degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to‘g‘risida yaxlit tasaw ur beradi, 
boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o‘rganadi. Masalan, bi- 
ologiya o‘simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, 
o‘zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o‘rganadi. Bu 
sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususi­
yat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Bino- 
barin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki 
faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, 
rivojlanish jarayonining o‘zi nima, uning mohiyati qanday? M a­
salaning aynan «shu taxlitda qo‘yilishi ilmiy muammolarni falsafiy 
masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm 
sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. «Filosof» 
so‘zini ham yuqorida aytganimizdek, ilk bor buyuk matematik 
va mutafakkir Pifagor qollagan. Bu tushunchaning ma’nosini u 
Olimpiya o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: an- 
jumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, 
ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh
— savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi 
esa, o'yindan m a’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni 
maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, 
Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo ‘n misolga o‘xshaydi. Ammo 
uning ma’nosi nihoyatda teran. Chunki, inson um ri ham shun­
day. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga
10


chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr be- 
jiz aytilmagan. Kimdir bu dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida 
bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, um rini yeyish-ichish, uy- 
ro‘zqor tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi — nafs balosiga 
berilib, mol-mulkka ruju qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatla- 
rini o‘rganadi, um rini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar 
uchun ibrat bolarli hayot kechiradi.
Qadimgi davrlarda har tomonlama chuqur bilim va katta hayo- 
tiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni 
bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil 
insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda 
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda 
tutilgan. Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan awalgi 520—460 
yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, sen hali 
yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», de­
ganda aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan awalgi 
470—399-yillarda yashagan) bu haqiqatni quyidagicha ifoda etgan: 
« 0 ‘z-o‘zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa nar­
sa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa — faylasuflikdir».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xoraz- 
miy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn 
Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos 
xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan 
to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf dara- 
jasiga ko‘tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham 
donishmand yoki mutafakkir deb bolmaydi. Haqiqiy faylasuflar 
hayotda nihoyatda kam boladi. Ular o‘z davri va millatining 
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xudo- 
ning o‘zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-quw at ato etgan, yorqin 
tafakkurga ega bo‘lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy 
taraqqiyot miqyosida tanilgan, teran insoni / g‘oyalar, ma’naviy 
boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand 
odamlar bolgan.
ll


Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davr­
da bizda falsafa ixtisosligi bo‘yicha ma’lumot olgan mutaxassisni 
faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so‘zi ana 
shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, 
uning asoslarini egallagan, mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib bora- 
digan yoki ilmiy darajaga ega bolgan kishilar tushuniladi, xolos.
Falsafaning umumbashariy fan ekani, uning bahs mavzulari va 
asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma’noda odam va olam, 
ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o‘zaro munosabatlari, inson 
tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari 
falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan 
davrda tuglladigan va hal etiladigan o‘tkinchi muammolar ham 
boladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko‘tarilmasa-da, o‘z 
davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun, muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Falsafa yangi g‘oyalarning tugllishiga imkon beradi. Hayot, 
ijtimoiy tajriba bilan uzviy bogliq holda rivojlanadi. U tarixiy 
davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tari­
xiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo‘yadi. 
Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tuglladi. Aynan 
ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o‘ziga xos 
xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi zamonda yurtimiz fal­
safasi uchun istiqlol davriga xos qonuniyatlar va xususiyatlarning 
falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta’limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tari­
xiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va 
kayfiyatlari, tafakkur usullari o‘z aksini topadi. Shuning uchun 
ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o‘z 
maqsad-muddaolari va g‘oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan 
foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli 
bolgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammo- 
lari unda o‘z ifodasini topadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin