qolmaydi. Boshqa tomondan esa
fan-texnika taraqqiyotining
kolami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xomashyo
resurslari, foydali qazilmalar bilan yetarli miqdorda ta’minlash
muammosini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Mazkur
muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga
ko‘ra, jahon mamlakatlarining har biri o‘zi
ishlab chiqargan yalpi
milliy mahsulotning 3—5% miqdorida mablag‘ ajratishi zarur,
deyilmoqda. Demak, har yili o‘rta hisob bilan 650—850 mlrd.
dollar hajmida mablag£ ajratilishi talab etiladi.
Juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tan-
qisligidan qiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu mamlakat-
lardan 42—45% km3 hajmida sanoatdan
chiqqan iflos oqova
suvlar suv havzalari, ko‘l, dengiz, okean suvini o‘zining zaharli
tarkibi bilan bulg‘amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichim
lik suviga bolgan ehtiyoj dunyo miqyosida o‘tgan asrimizning
90-yillariga nisbatan yana 2,3—2,5 barobar oshdi.
Har yili okeanlarga 12—15 mln.
tonnaga yaqin neft va neft
mahsulotlari to'kilmoqda, shaharlarning kengayishi, sanoat kor-
xonalarini qurish uchun ming-minglab gektar yer maydonlari
ajratib berilmoqda, o‘rmonlar kesilib, yashil yerlar kamaymoqda.
Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli tus
olmoqda. Dunyoda har yili 0,8% tropik o‘rmonlar yo'qolib bor
moqda, 200 ming km2 territoriyadagi tropik o‘rmonlar kesilib,
qayta tiklanmay qolmoqda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gek
tar yoki minutiga 16 gektar o‘rmon yo‘qotilmoqda.
Tabiiy mu-
vozanatning dunyo miqyosida tez o‘zgarishining oqibati hozir-
ning o‘zidayoq insonning yashashi va faoliyati uchun o‘ta zarur
bolgan mo‘tadil muhitning buzilishiga olib kelmoqda.
Davrimizning yana salbiy belgilaridan biri shundaki,
inson
faoliyati kolamining miqyosi tobora biosferani to la egallab,
endilikda koinotga ham ta’sir eta boshladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: