Falsafa asoslari


səhifə88/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch iboralar: 
umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy 
muammolar tushunchalari; energetika masalalari, oziq-ovqat 
muammosi, demografiya; ekologiya; ekologik tanazzul; ekosiste- 
ma; demografik siyosat.
Takrorlash uchun savollar
1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari 
nimada?
2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nima- 
larda namoyon bolmoqda?
3. Energetika va oziq-ovqat muammosi.
4. Urush va tinchlik muammosi. Jahonda barqarorlikni 
ta’minlash masalalari.
5. Umumbashariy muammolarda demografik omilning o‘rni 
qanday?
201


IKKINCHI BO‘LIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA)
10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.
Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari.
Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mo- 
baynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bi- 
limlarini ko‘paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri 
tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bolgan 
inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bogliq qonun-qoidalar- 
ni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan 
bolishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalaming ham fikrlaridagi 
noaniqliklami aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq ta- 
rixga ega bolgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi 
Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bogliq. 
U birinchi bolib, ushbu ilm o'rganadigan masalalar doirasini 
aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Bi­
rinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Soflstik raddiyalar haqi­
da» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga baglshlangan. 
Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining 
muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» 
asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. 
Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. 
Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi term in 
sifatida qollanila boshlagan.
«Mantiq» so‘zi yunon tilidagi «logika» so‘zining arabcha tar- 
jimasidir. «Logikos» — so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini 
beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi 
ham «logos»niki kabi bolib, uning o‘zagi «so‘zlashuv» ma’nosini 
beradigan «nutq» so‘zidir'.
Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qollaymiz. 
Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi:

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin