Har bir investitsiya ishtirokchisi risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.
Sabablar …
Bugungi kunda respublikamizda investitsion loyihalarni moliyalashtirish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, risk darajasini baholash borasida ko‘pgina tajribalar to‘plandi.
Biroq, resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaroremasligi, axborot ta’minoti bazasining sustligi va boshqalar sabab loyiha risklari ortib ketadi.
Risklar tasnifi
Investitsiya loyihalari risklari
Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar.
Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari.
Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi. Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin.