qo'ysak,
hamma har xil javob beradi, natijada bu kabi tushuncha-
larning aniq mazmunini bilib bolmaydi, lekin tasawur qilish
mumkin. Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ
hujjatlarda qollanilganda ularning mazmuni qat’iy aniqlab olina-
di. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi dasturda
«yoshlar», «yosh oila», «yosh mutaxassis»
kabi tushunchalarning
mazmuni qat’iy belgilangan1.
Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko‘ra turlarini bilish
fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq
va to‘g‘ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushuncha
ning mazmuni va hajmiga ko‘ra qaysi
turga mansub ekanligini
aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:
Universitet — umumiy sanaladigan, to‘plovchi, aniq, musbat,
nisbatsiz tushuncha.
Kentavr — bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.
Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbat-
dosh tushuncha.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bogliq bolib, bu
bogliqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko‘ra
tushunchaning
hajmi keng bolsa, uning mazmuni tor boladi va
aksincha, tushunchaning hajmi tor bolsa mazmuni keng boladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat
qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amal-
lar asosida yotadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: