Fani bo`yicha


CHET ELLARDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISH TARIXIDAN



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/10
tarix20.05.2018
ölçüsü0,59 Mb.
#50996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

CHET ELLARDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITISH TARIXIDAN
REJA:

1.Tasviriy san`atni o`qitishga doir dastlabki ma`lumotlar va ularning xarakteri.

2. Evropada Uyg`onish davri rassomlarining xizmatlari.

3. Rasm chizishga o`rgatishdagi o`ziga xos turli qarashlar.
JaHonda tasviriy san`atni o`qitilishiga dastlabki Haqida ma`lumotlar etarli bo`lmasada, biroq qadimgi Misr va YUnonistonda eramizdan avvalgi 3- asrlarga doir materiallar Ham mavjud. Qadimgi Misrda tog` qoyalariga o`yib ishlangan Haykallar, shuningdek rangtasvir asarlari o`zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jiHatidan kishilarni Hayratga solib kelmoqda. 1-rasm. SHuni aloHida qayd qilish lozimki, bunday san`at asarlari qanday shaklda bo`lishidan qat`iy nazar ularni maxsus maktablarsiz yaratib bo`lmaydi. Kishilar o`z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo`llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o`tkazib kelganlar desak yanglishmagan bo`lamiz. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o`rgatishga doir tarixiy manbalar guvoHlik beradi.

Tasviriy san`atni o`qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug`ullanib kelganliklari ko`proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o`rgatish muntazam ravishda chizmachilik bilan bog`liq Holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiHayotgan yoshlar ma`lum maydon yuzasini o`lchash va uni qog`ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo`lishlari talab etilgan.

Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda Ham katta aHamiyatga ega bo`lgan. Masalan “ o ” Harfini o`rgatish uchun oyoq rasmi, “ q ” Harfini o`rgatish uchun qo`l rasmi chizdirilgan.

Bolalarni rasm chizishga o`rgatishda qo`lni erkin Harakat qilishiga aloHida e`tibor berilgan. Erkin, engil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog`ozlarda bajarilgan.

SHuni Ham aloHida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o`qiganligi sababli ularga niHoyatda yuqori talablar qo`yilgan.

SHuning uchun Ham talab va ko`rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, Hattoki yog`och bilan kaltaklangan.

Misr maktablarida rasm chizishga o`rgatish nazariyasi bor-yo`qligi ma`lum bo`lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo`llanilgan. O`qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o`lchov, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko`proq namunadan, sxemadan ko`chirish orqali o`rgatganlar.

Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr me`mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: “Misrliklarning yozishicha, rangtasvir ishlash ularda YUnonistondan olti ming yil avval mavjud bo`lgan”

Rasm chizishga o`rgatish qadimgi YUnonistonda Ham o`ziga xos yo`nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o`rgatishda tabiatni, butun borliqni o`rganishga, unda go`zalliklarni idrok etishga aloHida e`tibor berilgan. Rasm ishlash uchun yog`och taxta ustiga asalari mo`mi surtilgan va uning ustini bo`yoq bilan sidirg`a bo`yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o`tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto`g`ri chizilgan rasm qo`l bilan ishqalanib, chiziqlar o`rni to`ldirib o`chirilgan. So`ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan.

Eramizdan avvalgi 432 yilda YUnon Haykaltaroshi Poliklet kishi tanasi a`zolari o`rtasidagi mutanosiblik, proporsionallikka doir namuna sifatida “Dorifor” Haykalini yaratdi. Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy bo`lmagan maktablarda o`rgatildi. 3-rasm.

YUnon rassomlari borliqni va turmushdagi go`zalliklarni kuzatish asosida tasvirlashni qonun va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ularning fikricha go`zallik, ko`proq xushbichim, tartib, ritm va simmetriya, bo`laklar o`rtasidagi mutanosiblik, to`g`ri matematik munosabatlarda ifodalanadi. Keyinchalik YUnonistonda rasm ishlashning bir necha o`ziga xos maktablari paydo bo`lgan. Ular orasida tasviriy san`at va uni o`qitish taraqqiyotida Sikion maktabi katta rol o`ynagan. Bu maktabda o`qitish ishlari ilmiy asosda tashkil etilgan bo`lib, bolalar ko`proq tabiatga, uning qonuniyatlarini bilishga qaratilgan.

Bu maktabni bitirganlar orasida Pamfildek mashHur rassomlar Ham bo`lgan. Pamfil rasm chizishning ta`limiy va tarbiyaviy aHamiyatini ko`rsatib bergan. Bu Haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: “Uning sa`yi Harakati bilan avval Sikionda, so`ngra YUnonistonda Hamma bolalarga rasm chizishni o`rgatish lozimligi belgilab qo`yilgan. Boshlang`ich ta`lim rasm chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi.”

Uyg`onish davrida Italiya tasviriy san`ati va uni o`qitish metodi katta rol o`ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta`lim beradigan o`quv predmetlari qatoriga kiritildi. MashHur rassomlardan CHennino CHennini, Leon Batista Alberti, Leanardo da Vinchilar bu borada e`tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Ularning asarlarida fan va san`at o`rtasidagi aloqalar, proporsiya, perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o`rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko`ra naturaga qarab rasm ishlash o`qitishning asosini tashkil etishi lozim Hisoblangan..

Ayniqsa, Leanardo da Vinchi tasviriy san`atni o`qitish metodikasi taraqqiyotiga katta ta`sir ko`rsatgan. U o`zining “Kniga o jivopisi” nomli ishida rassomchilikni jiddiy ilmiy fan soHasi deb qaradi. U ko`p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a`zolari o`rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan.

Tasviriy san`atni o`qitishni takomillashtirishda Uyg`onish davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo`ldi. U birinchi bo`lib rasm ishlashni engillashtirish uchun geometrik metodni o`ylab topdi. Uning fikricha Har qanday buyum, qism va yuzalar asosida geometrik shakllar yotadi. SHuning uchun chizishda u yoki bu narsalarni tasvirlashda avval geometrik shakllar chizib olinishi lozim, keyin ular umumlashtirilib, Haqiqiy tasvir Hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu metodi Dyupyui, Ashbe, CHistyakov kabilarning pedagogik faoliyatlarida keng qo`llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda Ham bu metod o`z kuchini yo`qotganicha yo`q.

Uyg`onish davri rassomlarining katta xizmatlari shundan iborat bo`ldiki, ular tasviriy san`atda anatomiya, perspektiva, yorug`soyaning beniHoya katta aHamiyatini asoslab berdilar. Natijada san`at asarlari o`zining yuksak badiiyligi va realistikligi bilan tomoshabinlarni lol qoldiradigan bo`ldi. SHunga qaramasdan tasviriy san`atni o`qitish tizimini yaratish ularga nasib etmadi. Bu muammolar asosan XVI asrdan boshlab echila boshlagan. Bir qator akademiyalar tashkil etilishi ishni engillashtiradi. Bunday akademiyalar Florensiya, Rim, Balon kabi shaHarlarda ochildi. Avvalgi vaqtlarda bunday maktablar xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan bo`lsa, endi davlat va jamoalar Ham bunga o`z ulushlarini qo`shaboshlagan edilar. Bu o`quv yurtlari orasida mashHur rassom, Haykaltarosh va muallim aka-uka Karrachilar Hamda uning amakivachchalari Agostino va Annibale tomonidan ochilgan badiiy Akademiya ko`proq iz qoldirdi. Ular yaratgan o`qitish tizimida o`quv materiallarini tez o`zlashtirish, o`quvchilarni ilmiy bilimlar, muntazam mashq, qonun va qoidalar asosida rasm ishlash malakalarni Hosil qilish asosiy o`rinni egalladi.

Bu rassom–muallimlar o`zlaridan avval o`tgan rassomlarning tajribalari va yutuqlarini umumlashtirib, talabalarni shu asosda o`qitishga Harakat qildilar. Ular o`z faoliyatlarida yorug`soya, kolorit, rang, konstruksiya, anatomiya, perspektiva masalalariga aloHida e`tibor berdilar. Ayrim tarixiy va san`atshunoslik ma`lumotlariga qaraganda Dyurer tomonidan bir qator nazariy va amaliy qo`llanmalar yaratilgan. Lekin ulardan ayrimlari saqlanib qolgan, xolos. Akademik tizimga ko`ra jiddiy ilmiy bilimlarsiz rasm ishlashni o`rganib bo`lmaydi. Bolalar rasm chizish orqali borliqni bilib boradilar. Bu sifat Har bir shaxs uchun, u qaysi soHaning mutaxassisi ekanligidan qat`iy nazar zarur deb Hisoblandi.

Keyinchalik Balon akademiyasi ta`sirida Parijda, Venada, Berlinda, Madridda, Peterburgda, Londonda ana shunday akademiyalar ochildi.

Tasviriy san`atni Hamma umumiy ta`lim maktablarida o`qitilishining foydali ekanligi buyuk chek pedagogi YA.A.Komenskiy tomonidan uning “Buyuk didaktika” asarida rivojlantirildi.

Umumiy ta`lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o`zining “Emil ili vospitanie” nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm ishlashning aHamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm chizishni ko`proq tabiat qo`ynida amalga oshirish samaralidir. CHunki, bolalar tabiat qo`ynida narsalarni Haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini ko`rgazmali ravishda o`z ko`zlari bilan ko`radilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib etadilar.

Evropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta`lim maktablarida aloHida o`quv predmeti sifatida o`qitilishi va uni takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotssi, I.SHmidt va P. SHmidt (SHvetsariya), A. Dyupyui va F. Dyupyuilar (Fransiya) katta Hissa qo`shdilar.

Umumiy ta`lim maktablarida rasm ishlashda natural metoddan ko`ra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotssi, P.SHmidt va I.SHmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada, maktablarda rasm chizishga o`rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik metodga asoslangan ikki oqim paydo bo`ldi. Naturaga asoslangan rasm chizishni ustunliklarini YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar yoqlagan bo`lsalar, geometrik metodni ko`proq I.G.Pestalotssi, I.SHmidt va P.SHmidt, F.Dyupyuilar asoslashga Harakat qildilar.

Lekin, XIX asrning ikkinchi yarmidan geometrik metod Evropaning ko`p mamlakatlarida qo`llanila boshlandi. SHunday qilib, XIX asr o`rtalariga kelib, Evropada rasm chizish fan tarzida umumiy ta`lim maktablarida o`qitilishi ancha rivoj topdi. Bu soHada rassom va muallimlardan tashqari san`atshunoslar, pedagog, psixologlar, vrachlar shug`ullana boshladilar. Rasm chizishni o`qitish metodologiyasiga doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman, Prang, Elsner, Baumgart, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik ko`rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish qoidalari, uning metodikasida qarama-qarshi fikrlar bo`lsa-da, biroq natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro`y bermadi.

XX asr boshlarida bolalar tasviriy ijodi borasida biogenetik nazariya yuzaga keldi. Bu borada nemis olimi G.Kershenshteyner, rus san`atshunosi A.Bakushinskiy, amerikalik J.Dyupyuilar faollik ko`rsatdilar. Ularning fikriga qaraganda bolalar badiiy ijodiga aralashmaslik kerak. Ular erkin ijod qilishlari lozim. Ularning ijodiga aralashib ta`limni tezlashtirib bo`lmaydi. CHunki, Har bir bola yoshiga mos ravishda avvaldan belgilab qo`yilgan bosqichlarni bosib o`tadi. Bu bosqichni o`tamasdan, ikkinchisini o`zlashtirib bo`lmaydi yoki ularning ijodiga aralashib, ularning fikrlari, His-tuyg`ularini o`zgartirish mumkin emas. SHuning uchun bolalarning ijodiga raHbarlik qilish, aralashish jinoyatdir deb yozdilar. Keyinchalik bu g`oya “Erkin tarbiya” nomini oldi.


ROSSIYADA QALAMTASVIRNI O`QITISH METODLARI.
REJA:

1. Rossiya maktablarida tasviriy san`atni o`qitilishini o`ziga xos xususiyatlari.

2. XX asrda sobiq ittifoq maktablarida tasviriy san`atni o`qitilishi.
Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy talim o`quv predmeti sifatida XVIII asrning boshlarida paydo bo`ldi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi, kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o`qitilgan.

Bu o`quv yurtlarida rasm chizishga o`rgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, balki yoshlarni kasbiy faoliyati va kelajak Hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo`ladigan soHa deb qaralar edi.

1934 yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy talim maktablari uchun “Rasm chizish kursi” nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm ishlash asosida qurilgan bo`lib, unda perspektiva, yorug`soya qonunlari Ham o`z aksini topgan edi. SHu bilan bir qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv qisqarishi, xajmiga doir metodik ko`rgazmali qurollar majmuasini Ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko`ra Har qanday natura asosiga turli Hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun Ham rasm chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan.

Rossiyada tasviriy san`atni umumiy ta`lim maktablarida o`qitilishiga doir yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo`ldi. Uning “Ocherki teorii risovaniya kak obshego uchebnogo predmeta” nomli asarida o`sha davrdagi rasm chizishga o`rgatishdagi eng ilg`or g`oyalar o`z aksini topgan edi.

Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda o`qitila boshlangach rassom-o`qituvchilarning etishmasligi muammosi paydo bo`ladi.

Maxsus o`qituvchilar tayyorlash maqsadida 1825 yilda Moskvada Strogonov nomidagi texnikaviy rasm bilim yurtida yangi bo`lim ochilib, unda rasm o`qituvchilari tayyorlana boshladi. 1879 yildan esa Sankt-Peterburg badiiy akademiyasi qoshida rasm o`qituvchilari tayyorlovchi kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda badiiy akademiya professori P. CHistyakov faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda tuzilgan dastur va qo`llanmalarda A.Sapojnikovning geometrik ko`chirish metodlari amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat natural metod asosida rasm ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. Mazkur dastur va qo`llanmalarda bolalar tasviriy faoliyatlariga erkinlik berish lozimligi Ham belgilab qo`yildi. Rasm chizish muammolarini Hal qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaHarlarida tashkil etilgan “Rasm o`qituvchilari jamiyati” e`tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdi. Bu davrda mutaxassislar orasida rasm chizishga o`rgatish masalalari katta qiziqish uyg`otgan bo`lishiga qaramasdan bu soHada qarama-qarshi g`oyalar Ham kuchaydi. Ana shundaylardan biri formalistik oqim edi. Bu oqimning vakillaridan Kershenshteyner va Dyupyui g`oyalarini Rossiyada tashviqot qilishda Bakushinskiy katta rol o`ynadi. Uning fikricha badiiy tarbiyada “Maktab” kerak emas, bolalarni o`qitish Ham kerak emas, ular xoxlagan ishlarini bajarsinlar, o`qituvchi faqat kuzatib turishi lozim. 1918 yilda Peterburgda nashr etilgan V.I.Beyer va A.K.Voskresenskiylarning “Risovanie na nachalnoy stupeni obucheniya v svyazi s lepkoyu i chercheniem” nomli qo`llanmalarida naturaga qarab rasm ishlash, illyustrativ rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash va suratlarni kuzatish bo`limlari mavjud edi.

Badiiy ta`lim va tarbiyadagi bu qarama-qarshi oqimlarning paydo bo`lishiga Rossiyada 1917 yildagi davlat to`ntarishi va sobiq Sovetlar Hokimiyatining o`rnatilishi sabab bo`ldi. Ta`lim va tarbiyadagi bu nazariya keyinchalik Hukmron bo`lgan bolsheviklar partiyasi tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi Hamda badiiy tarbiya kommunistik tarbiya vazifalarini ruyobga chiqarishga qaratildi.

1931 yil 5 sentyabrdagi “O nachalnoy i sredney shkole” nomli davlat qarori asosida maktab dasturlarida bu o`quv predmetining maqsad va vazifalari qayta ko`rib chiqildi. Rus sovet badiiy ta`limining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatganlardan biri D.N.Kardovskiy edi. Bu badiiy ta`lim tizimi realistik san`at prinsiplariga asoslangan bo`lib, D.N.Kardovskiyning tashabbusi va sa`yi-Harakati bilan 1942 yili Moskva pedagogika instituti qoshida badiiy-grafika fakulteti ochildi.

Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933 yilda tashkil topgan “Bolalar badiiy tarbiyasi markaziy uylari” muHim aHamiyat kasb etdi. Bu markaz faoliyati bilan bog`liq Holda P.YA.Pavlinovning “Graficheskaya gramota”, N.Radlovning “Risovanie s naturo`”, “Sbornik zadaniy po risovaniyu”, YA.Bashilov va E.Kondaxchanlarning “Detskiy risunok” va boshqa qo`llanmalari chop etildi.

Rossiyada, shuningdek, Sovet Respublikalarida rasm chizishni rivojlanishida 1943 yilda tashkil topgan Rossiya pedagogika fanlari akademiyasi katta rol o`ynadi.

Keyinchalik bu akademiya asosida 1967 yilda SSSR pedagogika fanlari Akademiyasi tashkil topib, uning tarkibida badiiy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti ochildi. Bu institut umumiy o`rta ta`lim maktablarida estetik tarbiyaga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borishda asosiy markaz bo`lib qoldi. Bu borada Rossiya Maorif vazirligi tasarrufida tashkil etilgan maktablar ilmiy-tadqiqot instituti va uning tasviriy san`atni o`qitishga oid laboratoriyasi diqqatga sazovor ishlarni olib bordi.

Rossiyada ikkinchi jaHon urushidan so`ng samarali faoliyat ko`rsatganlardan biri E.Kondaxchan edi. U o`zining “Metodika prepodavaniya risunka v sredney shkole” nomli qo`llanmasida bu boradagi ilg`or tajribalarga asoslanib realistik san`at va rasm chizishga o`rgatishning asosini naturaga qarab rasm ishlash egallashi lozim deb yozdi. U Rossiyada 1925-50 yillarda keng tashviqot qilib kelingan Bakushinskiyning “Erkin tarbiya” nazariyasiga qarshi chiqib, ta`lim va tarbiyada o`qituvchining katta raHbarlik faoliyatini qattiq turib Himoya qildi. U “Erkin tarbiya” nazariyasi o`qituvchi rolini kamaytiruvchi va o`qitishda tartibsizlikni vujudga keltiruvchi “metod” deb o`z g`oyalarini asoslashga Harakat qildi.

XX asrning ikkinchi yarmida o`qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish bo`yicha 1963-70 yillarda I-VI sinflar uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.

Bu darsliklar V.V.Kolokolnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodorov, M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), E.E.Rojkova, E.L.Xersonskaya (5-sinf), L.L.Makaed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi.

Rossiya maktablarida ta`lim mazmunini isloH qilish borasida Hukumat qarorlari asosida rasm chizish o`quv predmetini maqsad va vazifalari va ta`lim mazmuni bir necha bor qayta ko`rib chiqildi. Natijada, 1970 yilda “Risovanie” o`quv predmetining nomi “Tasviriy san`at” deb o`zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik tarbiya vazifalari Hamda rassomlar asarlarini o`rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi.

Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida “Tasviriy san`at” o`quv predmetini o`qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va metodistlar faollik ko`rsatdilar. Natijada “Risovanie” darsliklaridan tashqari ko`plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi. Bunda G.V.Labunskaya, V.V.Alekseeva, V.S.SHerbakov, A.G. SHimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, A.S. Brajnikova, N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, E.V.SHoroxov, T.YA. SHpikalova, B.P.YUsov kabilar samarali meHnat qildilar.

Bu davrda yaratilgan quyidagi ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar diqqatga sazovordir: A.P.Fomichev taHriri ostida “Metodika obucheniya risovaniyu v vosmiletnoy shkole” (-Moskva,1963), G.V.Labunskaya “Izobrazitelnoe tvorchestvo detey” (-Moskva: Prosveshenie, 1965); N.N.Rostovsev “Metodika prepodovaniya izobrazitelnogo iskusstva v shkole” (-Moskva: Prosveshenie, 1974), V.V.Alekseeva “Izobrazitelnoe iskusstvo i shkola” (-Moskva: Sov. xudojnik, 1968), V.S. SHerbakov “Izobrazitelnoe iskusstvo. Obuchenie i tvorchestvo” (-Moskva: Prosveshenie, 1969), A.G.SHimanskaya “Perspektivnoe risovanie v shkole” (-Moskva: Uchpedgiz, 1959), A.V.Karlson “Didaktika i metodika na urokax risovaniya” (-Moskva: Uchpedgiz, 1959), R.I.Korguzalova “Tematicheskoe risovanie v shkole (-Moskva Uchpedgiz, 1959), G.I.Orlovskiy “O xudojestvennom obrazovanii uchitelya risovaniya” (-Moskva, Uchpedgiz, 1961), Z.Maslennikova “Rabota kraskami v shkole” (-Leningrad, Uchpedgiz, 1959), V.S.Kuzin “Osnovi obucheniya izobrazitelnomu iskusstvu v obsheobrazovatelnoy shkole” (-Moskva: Prosveshenie, 1979), T.YA.SHpikalova “Narodnoe iskusstvo na urokax dekorativnogo risovaniya (-Moskva: Prosveshenie, 1974), V.V. SHoroxov “Tematicheskoe risovanie v shkole (-Moskva: Prosveshenie, 1975) v.b.

Rossiyada tasviriy san`atni o`qitishning psixologik asoslari Haqida Ham ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, bu Haqda bir qator adabiyotlar nashr etildi. Bunday ishlar qatoriga P.S.Vigotskiyning “Voobrajenie i tvorchestvo v shkolnom vozraste (-Moskva: Gosizdat, 1930), E.I.Ignatevning “Psixologiya xudojestvennogo tvorchestva” (-Moskva: Znanie,1971), V.S.Kuzinning “Psixologiya” (-Moskva: Visshaya shkola, 1982), P.M.YAkobsonning “Psixologiya izobrazitelnoy deyatelnosti detey” (-Moskva: Uchpedgiz, 1930) v.b.larni kiritish mumkin.

Rossiyada 1970 yillarga kelib umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`atni o`qitish mazmunini to`g`ri belgilash va uni takomillashtirish borasida bir qator olim va rassomlar guruHi paydo bo`ldi. Bulardan biri badiiy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti tasviriy san`at laboratoriyasining mudiri, professor B.P.YUsov, ikkinchisi Rossiya maktablar ilmiy-tadqiqot institutining tasviriy san`at laboratoriyasining mudiri, professor V.S.Kuzin, uchinchisi Sobiq Ittifoq rassomlar Uyushmasining kotibi, uyushma qoshidagi estetik tarbiya komissiyasining raisi rassom B.M.Nemenskiy edi.

Ular mustaqil ravishda aloHida-aloHida olim va metodistlar guruHini tashkil etib, tasviriy san`atdan sinov dasturlarini yaratdilar.

Birinchi va uchinchi guruH olimlari tomonidan tuzilgan dastur “Tasviriy san`at va badiiy meHnat” deb nomlanib, u I-X sinflarda o`qitish uchun mo`ljallangan edi. B.P.YUsov raHbarligida tuzilgan dastur Har bir sinfda bu o`quv predmetini ikki soatdan o`qitilishini nazarda tutgan edi.

V.S.Kuzin raHbarligida tuzilgan dastur esa 1-7-sinflarda Haftasiga 1 soatga mo`ljallangan edi. Bu dasturlar 1985 yillarga qadar Sobiq Ittifoqining o`ndan ortiq maktablarida sinovdan o`tkazildi. Bu dasturlar katta ijobiy natijalar berganligiga qaramasdan amaliyotga joriy etilmadi. Biroq, undagi ayrim ilg`or g`oyalar yangi tuzilgan dasturlarda o`z ifodasini topdi.

Rossiyada 1970-2000 yillar davomida olib borilgan ishlar mazmuni turli-tuman bo`ldi. U estetik va badiiy tarbiyaga doir xalqaro, federatsiya miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkazish, ilmiy-metodik to`plamlar nashr etish, o`quvchilarning ijodiy ko`rgazmalarini tashkil etish yo`nalishlarida amalga oshirildi.
O`RTA OSIYO VA O`ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITILISHI

REJA:

1.O`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishiga doir dastlabki ma`lumotlar.

2. O`zbekistonda XX asr boshlarida tasviriy san`atni o`qitilishi.

3.”Erkin tarbiya” nazariyasining O`zbekiston maktablariga ko`rsatgan ijobiy va salbiy jiHatlari.
4. O`zbekistonda badiiy ta`limning shakllanishi.


5. O`zbekistonda badiiy tarbiya uylari va ularning ish mazmuni.

6. Ikkinchi jaHon urishi va undan keyingi yillarda badiiy ta`lim.

7. Tasviriy san`atdan o`qituvchi kadrlar tayyorlash.

8. Tasviriy san`at o`qituvchilarining o`quv-metodik majmualar bilan ta`minlash.
O`zbek Halqi o`zining qadimgi tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari va madaniyati bilan faxrlansa arziydi. CHunki, O`zbekiston xududida eramizdan avval Ham tasviriy san`atning rangtasvir, Haykaltoroshlik, me`morchilik turlari niHoyatda rivojlangan bo`lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrosiob, Qalchayon, Tuproq qal`a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo`yqirilgan qal`a, Ajina tepa, Teshik qal`a va boshqa bir qator joylardan topilgan. YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, bu asarlar eramizdan avvalgi 4-1- asrlarda yaratilgan bo`lib ularning yoshi 5-6 ming yilga to`g`ri keladi. Bu asarlarning badiiyligi Hozirgi zamon rassomlari va Haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag`a bo`lmaydi. 11-rasm. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o`sha davrda to`plangan ilg`or tajriba, tasviriy san`at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma`lumki, san`at bir necha avlodning ko`p yillar davomida shakllangan an`analari, ustaning shogirga o`tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so`zsiz umumiy badiiy ta`lim yo`nalishida bo`lmasa Ham, kasbiy badiiy ta`lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma`lum davrlarda O`zbekiston xududidagi san`at taraqqiyotida uzilishlar ro`y berganligining sabablari, Iskanadar Zulqaynar, mo`g`illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san`atning miniatyura turini gullab- yashnagani Ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u na faqat SHarq, Hattoki Evropa mamalakatlari san`atiga Ham o`z ta`sirini ko`rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Xirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag`dod, Tabriz, SHeroz, Ozarbayjon, Xind, Isfaxon, Turk miniatyura makatblari Ham shakllandi va rivojlandi.

Mazkur miniatyura maktablari rassomchilikdan kasbiy ta`lim yo`nalishida rivojlangan bo`lsa-da, lekin ulardan umumiy ta`lim tizimidagi tasviriy san`atni o`qitishda bemalol foydalansa bo`ladi. Xususan, umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san`atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo`limlari mavjud bo`lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta`lim tizimlari o`rtasiga qat`iy chegara qo`yib bo`lmaydi. Tasviriy san`atning nazariy asoslari Hisoblangan rang, Hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, Ham kasbiy, Ham umumiy ta`lim tizimida o`rganiladi. Faqat tasviriy san`atni o`qitilishida talaba va bolalarning yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari Hisobga olinishi lozim, xolos.

Tasiriy san`at tarixida buyuk naqqosh va musavvir Kamoliddin BeHzodga Xirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o`rgatgani Haqida ma`lumotlar bor. SHuningdek, ustoz Miroq naqqoshning Xirot “ Nigoristoni ” (San`at akademiyasi) bo`lganligi va unda Komoliddin BeHzod tarbiya olganligi Ham ma`lum.

Professor Orif Usmonov o`zining “Kamoliddin BeHzod va uning naqqoshlik maktabi” nomli kitobida BeHzod Tabrizda yashagan vaqtda nafis tasviriy san`at maktabini yaratganini qayd qiladi. U erda musavvir o`z atrofiga eng iste`dodli yoshlarni to`plagani, ularga san`atining sir-asrorlarini o`rgatgani va Tabrizda Sulton MuHammad, Mirzo Amir, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton MuHammad Nur, SHomuxammad Nishopuriy, YUsuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, MaHmud Muzaxxib, Mavlono YOriy, Xasan Bag`dodiy, Abdulla SHeroziy, Darvesh MuHammad, Mir Said Ali, Qosim Ali, Xeraviy singari o`nlab iste`dodli musavvirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari BeHzodning tasviriy san`at uslubini davom etirganlari Ham rasmiy ma`lumotlardan ayon.

O`zbekistonda Hozirgi zamon ta`lim tizimining paydo bo`lishi XX asrning birinchi choragiga to`g`ri keladi. Rossiyada Oktyabr inqilobi so`zsiz uning mustamlakasi Hisbolangan Turkistonga Ham katta ta`sir ko`rsatadi. YAngi tuzum o`zini ko`rsatish maqsadida e`tibordan chetda qolgan chorizimning mustamlaka o`lkalariga e`tibor qaratdi. SHu maqsadda u bir guruH fan va madaniyat vakillarini Turkistonga yubordi. SHulardan bir guruHi Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar edilar. Ularning bir qismi ijodiy ish bilan shug`ullansalar, ayrimlari yoshlar badiiy ta`limiga o`z e`tiborlarini qaratdilar. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaHarlarida badiiy studiyalar tashkil etdilar, o`z asarlarining ko`rgazmalarini o`tkazdilar.

1918 yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin Samarqandda Turkiston o`lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920 yilda Andijonda rangtasvir maktabi, YAngi Buxoroda san`at to`garagi tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san`at kurslari ochildi. Bir yildan so`ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga etdi va unda shug`ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921 yil kuzida ochilgan badiiy politexnikumda 170 o`quvchidan 150 tasi o`zbeklar edi.

1924 yilda Toshkent tasviriy san`at muzeyi qoshida badiiy studiya ochildi. Unda M.Kupriyanov (MashHur Kukrinikslar guruHidan), S.CHuykov, maHalliy yosh rassomlardan O`. Tansiqboevlar yoshlar bilan mashg`ulotlar olib bordilar. 1927 yilga kelib Toshkent va 1929 yilda O`zbekiston poytaxti Hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko`proq maHalliy yoshlar qabul qilindi. Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo`lsa-da umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun o`qituvchilar tayyorlash borasida Ham ma`lum rol o`ynadi.

SHu bilan birga ta`lim tizimida estetik va badiiy ta`lim masalalariga Ham e`tibor qaratila boshlandi.

1918 yilda umumiy ta`lim maktablari uchun ishlab chiqilgan “Osnovno`e prinsipo` ediniy trudovoy shkolo`” nomli asosiy Hujjatda “Estetik ta`lim deganda qandaydir sodda bolalar san`atini o`qitilishini tushunmaslik lozim, u xissiyot organlari va ijodiy qobiliyatlarni muntazam rivojlantirib boradi va u go`zallikdan zavqlanish va ularni yaratuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu elementdan maHrum qilingan meHnat va ilmiy ta`lim jonsiz gavdaga o`xshab qoladi. CHunki Hayotdagi zavq va ijod quvonchi meHnatning Ham, ilmning Ham yakuniy maqsadidir” deb yozilgan edi. Bu Hujjat O`zbekiston maktablari uchun Ham asos qilib olindi.

Bolalar ijodi bilan shug`ullanayotgan ko`pchilik rassomlar bolalar ijodini ideallashtirdilar va Evropada keng tus olgan “Erkin ijod” deb ataluvchi tushukunlikka yuz tutgan nazariyadan kelib chiqqan qarashlarni yoqladilar. Bu yo`nalishdagi mutaxassislar pedagog faqat bola ijodini erkin rivojlantirishi va malakasini oshirishga yordam berishi lozim deb qaradilar. Mana shunday mutaxassislardan biri Peterburglik an`atshunos A.V. Bakushinskiy edi. U o`zining “Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie” nomli kitobida badiiy tafakkur va badiiy ijodga to`liq erkinlik berish kerak, bolalarning badiiy didini, badiiy asarini “tuzatish”, “qotillik Hisoblanadi” deb yozdi. Bu fikr o`sha davr pedagogika nazariyasiga tamomila zid edi. (6.54).

Ma`lumki, jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan kishilarning psixologiyasi Ham o`zgarib boradi. Kishilar, xususan, bolalar esa ularni o`rab olgan muHitda asosan ta`lim bilan tarbiyaning uyushgan qoldagi ta`sirida rivojlanadi. Asrlar davomida yig`ilgan o`zlarining tajriba bilim va malakalarini yoshlarga o`tkazadilar. Natijada yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, bilim va ijodiy qobiliyatlarini o`stirish ko`p jiHatdan tarbiyaning yo`nalishga bog`liq bo`ladi.

O`qituvchi yoki tarbiyachining ta`sir kuchini tan olmagan, bolalarni o`qituvchidan ajratib qo`ygan “Erkin ijod” nazariyasi yoshlarning badiiy tarbiyasiga ta`sir ko`rsatdi. Bu nazariya O`zbekistonda nashr etilgan dasturlarda va umumiy ta`lim va tarbiyaviy ishlarda o`z aksini topdi.

Xususan, O`zbekiston maktablari uchun 1935 yilda nashr etilgan “Rasm va loy ishi” nomli dasturda “Erkin rasm chizish” bo`limi mavjud bo`lib, bu bo`limga I sinfda 8 soat, II sinfda 6 soat, III sinfda 4 soat, IV sinfda 2 soat vaqt ajratilgan edi.

Sobiq ittifoq Hukumatining 5-sentyabr 1931 y. “O nachalnoy i sredney shkole”, 25 avgust 1932 y., “Ob uchebno`x programmax i rejime v nachalnoy i sredney shkole” nomli qarorlarida maktablar ishini yanada takomillashtirish tadbirlari ishlab chiqilgan bo`lib, ularda ta`lim–tarbiya jarayonida maHalliy materallardan foydalanish ta`kidlab o`tilgan edi. SHu Hukumatning 12 fevral 1933 y. “Ob uchebnikax dlya nachalnoy i sredney shkolo`” nomli qarorida “Har bir o`lka va viloyatlarga Halq maorifi kommisariatining ruHsati va uning tasdig`i bilan o`lkashunoslik materiallari asosida boshlang`ich sinflar uchun o`quv kitoblarini nashr etish Huquqi berilsin” deb ko`rsatib o`tildi.

Natijada maktab dasturlari qayta ko`rib chiqildi. Rasm darslarining asosini naturaga qarab rasm ishlash, mavzu asosida rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san`at Haqida suHbat o`tkazish mashg`ulotlari tashkil etdi. Bu dasturlarda o`lkashunoslik materiallari ko`p bo`lmasada, Har qalay o`z aksini topdi, eng muHimi bu dasturda darsdagi o`qituvchining etakchilik roli katta ekanligi belgilab qo`yildi.

Mazkur nazariya yuzasidan Rossiyada Ham, Evropada Ham katta tortishuv va tanqidiy fikrlar bildirildi. U badiiy tarbiya soHasida Ham salbiy, Ham ijobiy rol o`ynadi. Uning salbiy tomoni bolalar ijodiga raHbarlikni inkor etilishi va pedagogika nazariyasiga zid yo`l tutilganligi edi.

Ijobiy tomoni esa ko`proq bolalar tasviriy ijodiga etiborni kuchaytirish, bolalar shaxsiga Hurmat va muHabbat bilan munosabatda bo`lish, pedagogik Hamkorlikka yo`naltirilgan mustaqillik va ijodni ro`yobga chiqarish bilan belgilanadi.

1924 yilga kelib maktab o`quv rejalarida rasm darslari o`z o`rnini topmagan bo`lsa-da ayrim rassomlar bolalar tasviriy ijodini rivojlantirishga Harakat qildilar. Ana shunday iqtidorli yosh grafik rassomlardan biri Iskandar Ikromov edi. U 1925 yilda “Maorif va o`qituvchi“, keyin “Alanga“ jurnallarida rasm chizishga doir maqolalar elon qildi. 1932 yilga kelib uning “Rasm chizishni o`rganish qo`llanmasi“, 1933 yilda esa “Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi“ albomi nashr etildi. 1935 yilda rassomning “Harf yozishni o`rgan“ kitobi Ham chop etildi. Bu maqola va kitoblar yagona meHnat va politexnika maktablari talablari asosida yaratilgan “Rasm“ predmeti dasturlariga mos edi. Mazkur ishlar faqat umumiy ta`lim maktablari uchungina emas, balki tasviriy sa`nat studiyalari, klublar, Havaskorlik to`garaklari, grafikani mustaqil o`rganuchilar uchun Ham aHamiyatli bo`ldi .

1920 yilgi o`quv rejalarida san`atga doir o`quv predmetlariga tegishli o`rin ajratilmagan bo`lsa-da, 1929 yilga kelib bu kamchilik bartaraf etila boshlandi. Maktablarda maxsus rasm o`quv predmetlari o`qitila boshlandi. Lekin O`zbekiston maktablari Rossiya maktablari uchun yaratilgan dasturlar asosida ishlay boshladi. Bu dasturlar ma`lum miqdorda O`zbekiston sharoitiga moslab lokalizatsiyalashgan edi. SHu munosabat bilan O`zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga yuborilgan xatida shunday deyilgan edi: “Majmuaning maqsadi unga tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari lokalizatsiya qilinadi. O`qituvchi oldindan o`lkashunoslik materiallarini to`plab olgan Holda, o`z tumani Hayotiga oid eng xarakterli jiHatlarni dasturga kiritadi”.

SHu munosabat bilan boshlang`ich sinf “Rasm va loy ishi” dasturiga o`lka materiallari kirita boshlandi. Ular tevarak-atrof tabitatiga doir narsalar, O`zbekiston Halq amaliy san`atiga doir materiallar edi.

Ta`sviriy san`at predmeti metodikasi shakllanishida 1934 yilda Toshkentda, keyinchalik Respublikamizning Har bir viloyat markazlarida tashkil etilgan “Markaziy badiiy tarbiya uylari” katta rol o`ynadi. Bu tarbiya uylari o`quvchilarni badiiy jiHatdan tarbiyalashga oid dasturiy va metodik materiallarni ishlab chiqdi.

Badiiy tarbiya uylarida boshqa sho``ba bilan bir qatorda tasviriy san`at sho``basi Ham bo`lib, unda uch yillik tasviriy san`at studiyasi Ham tashkil etilgan edi.

Bu badiiy tarbiya uyidagi ikkinchi sho``ba bolalar rasmlarining ko`rigini tashkil etish bilan shug`ullangan. Uchinchi sho``ba esa niHoyatda serqirrali bo`lib, uning asosiy vazifasi bolalar bilan rasm darslarida ish olib boruvchilarga metodik yordlam ko`rsatish Hisoblanardi. SHuningdek, bu sho``ba qo`yidagi ishlarni Ham olib borgan:

- tasviriy san`at studiyalari uchun mashg`ulotlar dasturini ishlab chiqish;

- maktab tasviriy san`at to`garaklari uchun mashg`ulot mavzularini ishlab chiqish;

- 1-6 sinflarda rasm mashg`ulotlarining mazmuni va mavzularini ishlab chiqish;

- 1-6 sinflarda rasm darslarining aHvolini o`rganish va o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatish;

- shaHar maktablarining rasm o`qituvchilari uchun seminar tashkil etish;

- Respublika viloyatlaridan kelgan o`qituvchilar va to`garak raHbarlari uchun seminarlar tashkil etish va ularga tegishli yordam ko`rsatish.

1936 yildan boshlab Respublika miqyosida yuzaga kelgan pioner uyi va saroylari ta`lim-tarbiya, ommaviy-badiiy, texnikaviy, tabiatshunoslik kabi bir qator ish shakllarini o`zida mujassamlashtirgan muassasa ekanligini ko`rsatdi. Natijada, badiiy tarbiya uylarining vazifalari ana shu pioner uylari va saroylariga olib berildi. Pioner uyi va saroylarining soni yildan-yilga oshib borib, sifat jiHatdan yangi mazmun kashf eta boshladi.

Respublikamiz uchun tayyorlangan va nashr etilgan dasturlar mazmuni va vazifasi jiHatidan Rossiya maktablari uchun tayyorlangan dasturdan deyarli farq qilmagan, lekin uning Hamma bo`limlarida maHalliy sharoit va materiallar ma`lum miqdorda Hisobga olingan edi. Xususan, narsaga qarab rasm chizish darslarida Respublikamizga xos bo`lgan predmetlar va tabiat maHsulotlari, dekorativ ishlar bo`limida o`zbek amaliy san`at namunalarini chizdirish tavsiya etilgan edi.

1939 yillarda maktablarda rasm darslarining asosiy vazifasi o`quvchilarda tasviriy malakalarni o`stirish, ko`proq rasm chizishga o`rgatishdan iborat bo`lishi lozim deb topildi. SHuning uchun Ham rasm darslarida tarbiyaviy tomonlarga etarlicha e`tibor berilmadi.

Ikkinchi jaHon urushi yillarida va qisman undan keyingi yillarda Ham rasm darslarining vazifalari o`zgardi, uning mazmunida ta`limdan ko`ra tarbiyaviy jiHatlar kuchaytirilgan bo`lib, unda asosiy e`tibor vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga qaratildi. SHu maqsadda rasm darslari vatanparvarlik va baynalminal mazmundagi tasviriy san`at asarlari bilan boyitildi. Ular ko`proq rassomlarning nemis-fashist bosqinchilarining kirdikorlarini ochib tashlashga qaratilgan asarlardan iborat edi.

Ikkinchi jaHon urushidan so`ng “Rasm” predmetining o`qitilishiga e`tibor kuchaytirildi va u maktab o`quv rejalarida tegishli o`rinni egalladi. 1947-48 o`quv yili uchin tuzilgan o`quv rejada “Rasm“ uchun Haftasiga I-sinfda 1 soat, II- sinfda 1 soat, III-IV-sinflarda 0,5 soat, V-sinfda 1 soat vaqt ajratilgan bo`lib, natijada umumiy Haftalik soatlar 4 soatni tashkil etdi.

1950-60 yillar davomida tayyorlangan va nashr etilgan dasturlarda “Rasm“ o`quv predmetining vazifasi urushga qadar tuzilgan dasturlardan farq qildi.

1953 yilda nashr etilgan dastur “Rasm solish” deb nomlanib u o`quvchilarni tarbiyalashda katta rol o`ynashi ta`kidlangan bo`lsa, 1956 yilda nashr etilgan “Rasm” dasturida esa bu predmetning vazifasi o`quvchilarni estetik jixatdan tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladigan va o`quvchilarni Har tomonlama kamol toptirishga yordam beradigan o`quv predmetlaridan biridir deb ko`rsatildi. 1958-59 o`quv yiliga kelib, o`quv rejasida rasm chizishga ajratilgan soatlar oshdi va u 1-6 sinflarda qaftasiga I soatdan o`qitila boshlandi.

Umuman olganda, 50-yillarda Respublika Hukumati tomonidan maktablarda rasm predmetining o`qitilishiga bo`lgan e`tibor kuchaydi. Bu avvolo maktablar uchun o`qituvchi kadrlar tayyorlashda o`z aksini topdi. Ma`lumki, maktabda badiiy ta`limni rivojlantirish ko`p jiHatdan pedagogik kadrlar tayyorlashga bog`liq edi. 1950 yillarda bu masala bilan Samarkand va Toshkent badiiy bilim yurtlarini birlashtirish natijasida tashkil topgan P.P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurti shug`ullana boshladi. Bu badiiy bilim yurti xalq xo`jaligini, xususan umumta`lim maktablarini yuqori malakali kadrlarga bo`lgan eHtiyojini qondira olmasa-da, mamktablarda rasm o`quv predmetlarning o`qitilishini sifat jiHatidan yaxshilashga ma`lum miqdorda ta`sir ko`rsatdi. Bu ta`sir maktablar bilan bir qatorda, maktabdan tashqari olib boriladigan seminar, konferensiya, yig`ilishlarda Ham o`z ifodasini topdi. SHuningdek, badiiy bilim yurtini bitirib chiquvchilar maktablarda tashkil etilgan ko`rgazmalarda Ham ishtirok etdilar.

Tasviriy san`atning o`qitilishini takomillashtirishda 1955 yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida tashkil etilgan badiiy-grafika fakulteti katta rol o`ynadi. Mazkur fakultetda kunduzgi, kechki va sirtqi bo`limlar orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlana boshlandi. SHuni Ham qayd qilish lozimki, mazkur fakultetda dastlabki yillarda kadrlarni kasbiy tayyorgarligi ancha yuqori bo`lib, o`sha yillar bu fakultetda mashg`ulotlarni Respublikamizning yirik rassomlari olib bordilar. Masalan, O`zbekiston Halq rassomi A. Abdullaev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan rassomlar YU. Elizarov, M. Saidov, A. YUrovskiy, T. Oganesov, shuningdek Leningrad badiiy akademiyasini va Moskva badiiy institutini yangigina bitirib kelgan yosh lekin talantli rassomlar R. CHoriev, N. Kovinina va boshqalar shular jumlasidandir.

1964-70 yillarda kadrlar tayyorlash boshqa yo`nalishlarda amalga oshirildi. Bu davrda boshlang`ich sinf metodikasi fakultetlarida “Boshlang`ich sinf va tasviriy san`at o`qituvchisi” mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlandi. Bunday yo`nalishlardagi mutaxassislar Toshkent, Urganch, Qarshi, Namangan pedagogika institutlarida tayyorlandi. Keyinchalik bu yo`nalish o`zini oqlamagach, yana Toshkent va Buxoro pedagogika institutlarida badiiy- grafika fakultetlari ochildi.

1970 yilda tasviriy san`at va chizmachilik o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha Toshkent va Buxoro pedagogika institutlari bilan bir qatorda Andijon, Kattaqo`rg`on, Samarqand, Angor, Xiva, Xo`jayli, SHaHrixon pedagogika bilim yurtlarida Ham kadrlar tayyorlana boshlandi

1980 yil boshlarida tasviriy san`at o`qituvchisi ixtisosligi bo`yicha yiliga tayyorlangan kadrlar soni 800 kishidan ortdi.Bu faqat O`zbekiston umumiy o`rta ta`lim maktablarining tasviriy san`at o`qituvchilariga bo`lgan eHtiyojlarini yaqin yillarda qondirish mumkinligini bildirar edi.

Bolalarga rasm chizishni o`rgatish bo`yicha ilmiy, metodik ishlar ko`lamini kengaytirish maqsadida 1960 yilda O`zbekiston pedagogiki fanlari ilmiy tatqiqot instituti qoshida musiqiy–badiiy ta`lim bo`limi tashkil etildi. Bu bo`lim O`zbekiston maktablarida tasviriy san`atni o`qitish metodikasiga doir bir qator dolzarb masalalarni tadqiqot qilishga kirishdi. Ular “Tasviriy san`atdan 1-3 sinf o`quvchilarining bilim, malaka va ko`nikmalari darajasini aniqlash” “Narsaga qarab rasm chizish mashg`ulotlari samaradorligini oshirish yo`llari”, “Boshlang`ich sinflarda mavzu asosida rasm chizish jarayonida estetik tarbiya” “O`zbekiston maktablarida tasviriy san`atni o`qitishning mazmuni va metodikasini takomillashtirish”, “O`zbekiston dekorativ-amaliy san`ati vositasida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni estetik tarbiyalash”, “Estetika asoslari va san`atshunoslik” dan fakultetiv kurs, “O`zbekiston umumta`lim maktablarida naqqoshlik to`garagi mashg`ulotlarining mazmuni va metodikasi”, “ Maktabda tasviriy san`atni boshqa o`quv predmetlari bilan o`zaro bog`liqligi” va boshqa tadqiqotlar shular jumlasidandir. O`tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida maktablar uchun dasturlar, darsliklar, qo`llanmalar, ilmiy, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va ular Respublika maktablariga tadbiq qilindi.

YAna bu bo`lim o`z faoliyati davomida tasviriy san`atni o`qitishga doir ilmiy xodim, tadqiqiotchi-aspirantlar qamkorligida quyidagi ishlarni tayyorladi va nashr etdi: “Tasviriy san`at” (1-3 sinflar uchun dastur. -Toshkent: O`qituvchi, 1965-1981); “Tasviriy san`at” (4-6 sinflar uchun dastur. –Toshkent: O`qituvchi, 1967-1981); “Naqqoshlik” (Maktab va pioner uylari va saroylari uchun dastur. –Toshkent: O`qituvchi, 1976); “Tasviriy san`at va loy ishi” ( Maktab tayyorlov guruxlari dastur.– Toshkent, 1980.) kabilar shular jumlasidandir.

1965 yildan boshlab Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining estetik tarbiya bo`limida tasviriy san`at o`qitish metodikasi bo`yicha olib borilayotgan ishlarni tartibga solish maqsadida darslik yaratishga kirishildi. 1969 yilda 1- sinf uchun “Tasviriy san`at” (A. Jilsova, R. Hasanov); 1974 yilda II sinf uchun “Tasviriy san`at”

( R. Hasanov, A. Jilsova); 1976 yilda III sinf uchun “ Tasviriy san`at”

( R. Hasanov, A. Jilsova); 1977 yilda IV sinf uchun “ Tasviriy san`at”

( R. Hasanov, B.Oripov va boshqalar) nashr etildi. 1-3 sinflar uchun nashr etilgan darsliklar keyingi yillarda bir necha bor qayta chop etildi.

1970 yildan boshlab maktablarda tasviriy san`atni o`qitish muammosi yuzasidan estetik tarbiya sho``basi qoshida Toshkent va Buxoro pedagogika institutlarining o`qituvchilari, Ushinskiy nomidagi o`qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markaziy instituti va viloyat o`qituvchilari malakasini oshirish institutining metodistlari, O`zbekiston maorif vazirligining metodistlari, aspirant-tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Mazkur masalalar bilan bir qatorda maktab tasviriy san`at o`qituvchilari Ham shug`ullandilar.

O`zbekiston umumta`lim maktablarida tasviriy san`atni o`qitishni yaxshilashda olib boriladigan tadqiqotlarning natijasi sifatida quyidagi nashr qilingan metodik qo`llanma va ko`rgazmali qurollar aloHida aHamiyat kasb etdi:“Narsaning o`ziga qarab rasm chizish”

(R. Hasanov), – Toshkent: O`qituvchi, 1969; “Boshlang`ich sinflarda naqsh chizish metodikasi” (R. Hasanov), – Toshkent: O`qituvchi, 1972; “Tasviriy san`atdan tablitsalar” (R. Hasanov),- Toshkent: O`qituvchi, 1975 ; “ 1-3 sinflarda tasviriy san`at darslari” (R. Hasanov),- Toshkent: O`qituvchi, 1977; “ Rasm chizish va uni o`qitish metodikasi” (Z.Egamberdiev, R.Hasanov va boshqalar),- Toshkent: O`qituvchi, 1977; “ Tema asosida rasm chizish jarayonida estetik tarbiya” (R.Hasanov),-Toshkent: O`qituvchi, 1980; “Boshlang`ich sinflarda tasviriy san`at darslari” (R.Hasanov), - Toshkent: O`qituvchi, 1983; “YOsh avlodni san`at vositasida estetik tarbiyalash” (R.Hasanov),-Toshkent: O`zbekiston, 1982; “Maktab chizmachilik, tasviriy san`at kabinetlarini tashkil etish va o`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar” (B. Oripov),-Toshkent: O`qituvchi, 1974; “Tasviriy san`at dasrlari samarodorligini oshirish omillari” ( B. Oripov), - Toshkent: O`qituvchi, 1978; “Naqqoshlik” (Q.Qosimov),-Toshkent: O`qituvchi, 1982. YAna shu narsani Ham quvonch bilan ta`kidlab o`tish lozimki, Pedagogika fanlari institutining estetik tarbiya bo`limi 1970 yildan boshlab muntazam ravishda maqolalar to`plamini nashr eta boshladi. Bu to`plam bo`lim ilmiy xodimlari, tadqiqotchi-aspirantlarning ishlaridan tashkil topgan bo`lib, ularda tasviriy san`atni o`qitishga katta o`rin ajratilgan edi.

Tasviriy san`atning o`qitilishini yaxshilashda A. SHoHamidov, M. Nabievlarning 1964 yilda nashr etilgan “I-IV sinflarda rasm darslari” metodik qo`llanmasi, O. Apuxtinning 1965 yilda nashr etilgan “San`at Haqida suHbatlar”nomli qo`llanmalari o`qituvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

1970-yilga kelib tasviriy san`at o`qituvchilarining ish tajribalari ko`zga ko`rina boshladi va ularning faoliyatlari ancha faollashdi. Natijada mamlakatimizda bir qator maHoratli o`qituvchilar A. SHoHamidov (Toshkent shaHri, 22 maktab), E.Risqullaev (Toshkent shaHri, 81-maktab), Belonoshkin (Toshkent shaHri, 188-maktab), O. Dadaxonov (Namangan shaHri, 26-maktab), A.Abdullaev (SHaHrixon shaxri, 1-maktab), I. Boboniyozov (Urganch shaHri, 35 maktab-internat), G. Turobboev (Namangan shaxri, 29-maktab), K. Mansurov (Toshkent viloyati, 27-maktab), P. Mustafoev ( SHaHrisabz shaHri, 6-maktab), A. Mannopjonov (Namangan viloyati, 12-maktab) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. SHuningdek, Respublika pedagogik o`qishlariga qatnashayotgan muallimlar soni Ham ortadi. Masalan, 1963 yilgi Respublika pedagogika o`qishlarida bironta Ham tasviriy san`at o`qituvchisi qatnashmagan bo`lsa, 1970 yilga aloHida estetik tarbiya sho``basi tashkil etildi. 1972 yilda esa “Estetik tarbiya” sho``basida “ Tasviriy san`at” kichik sho``basi ish olib bordi va unda 17 ma`ruza tingladi. Keyingi pedagogik o`qishlarda ma`ruzachilarning soni yana Ham ko`payib bordi. Ta`lim-tarbiya jarayonida yaxshi natijalarga erishib, pedagogik o`qishlarda muvaffaqiyatli qatnashganliklari uchun bir qator taniqli o`qituvchilar vazirlikning mukofotlariga Ham sazovor bo`ldilar.

Tasviriy san`at o`qituvchilarining maHoratini oshirish va ilg`or pedagogik tajribalarni tashviqot qilishda Respublika miqyosida o`tkazilayotgan seminar va konferensiyalar katta rol o`ynadi.

1969 yilda estetik tarbiyaga bag`ishlangan Respublika seminar -engashi 1970 yilga kelib an`anaviy Respublika konferensiyaga aylandi va u Har yili galma-galdan Respublikamizning viloyatlarida o`tkazib turildi. Samarqand, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Namangan, Andijon konferensiyalarida o`qituvchi, tarbiyachi, xalq maorifining raHbar-xodimlari bilan bir qatorda ilmiy xodimlar, metodistlar Ham ma`ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ma`ruzalarda dolzarb masalalarni ko`tarib chiqdilar. Bunday ilmiy-amaliy konferensiyalar faqat Respublika miqyosida emas, balki viloyat, shaHar, tuman miqyosida Ham o`tkazib turildi.

O`zbekiston vazirlar maHkamasining 1966 yil 31 dekabr qaroriga muvofiq, O`zbekiston Vazirilar kengashining 1967 yil 22 martidagi farmoyishi asosida O`zbekiston maktablaridagi ta`lim mazmunini aniqlash bo`yicha komissiyalar tuzildi. Boshqa fanlar qatori maktablarda tasviriy san`at bo`yicha Ham komissiya ishladi. Bu komissiyaga maktab o`qituvchilari, xalq maorifining xodimlari, metodist, ilmiy xodim, rassom, san`atshunoslar jalb etildi.

“Tasviriy“ san`at deb nomlangan yangi dastur loyiHasi shu vaqtgacha amalda qo`llanib kelingan “Rasm” predmeti asosida O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida yaratildi.

Uni tuzishga yuqorida qayd etilgan qaror asos bo`ldi:

a) maktabda ta`limning mazmuni va strategiyasini fan, texnika va madaniyat taraqqiyotining Hozirgi darajasiga mos keltirish;

b) maktabda ta`lim va tarbiyani Hayot bilan, meHnat bilan bog`lanishini yanada mustaHkamlash;

v) bir-biriga bog`liq bo`lgan o`quv fanlari o`rtasida aloqa o`rnatish. Bu orqali o`qitish samarodorligini oshirish, zarur bilimlarni egallashda bolalarning bilish va fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga yordam berish;

g) o`quvchilarning o`quv mashg`ulotlari va mustaqil ishlarining kengaytirilishi, ularni ortiqcha ish bilan band qilmaslik va xokazolar.

SHuningdek, dasturni tuzishda quyidagi tomonlar Ham Hisobga olindi:

a) so`nggi yillarda yaratilgan O`zbekiston tasviriy san`ati asarlaridan keng foydalanish;

b) boshlang`ich ta`limni 1-3-sinflar bilan chegaralanishi munosabati bilan boshlang`ich va 4-6-sinflarda tasviriy san`at mashg`ulotlari mazmuniga aniqlik kiritish;

v) zamon talablari asosida tasviriy san`at predmetining vazifalarini aniqlash;

g) naturadan rasm chizish darslari uchun o`zbek Halqining Hayotida keng qo`llaniladigan narsalar va iste`mol buyumlaridan keng foydalanish;

d) dekorativ rasm darslarida o`zbek Halq amaliy san`ati namunalaridan chizish uchun tavsiya etish.

Mazkur dasturda shartli ravishda Hajmsiz deb qisoblangan narsalarning rasmini (papka, daftar, portfel, barg va boshqalar) ishlash 1-3- sinflardan 4- sinfga ko`chirildi.

1967-68 o`quv yilidan boshlab yangi dastur loyiHasi Respublikamizning Namangan, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shaHrining qator maktablarida sinab ko`rildi.

O`zbekiston Maorif vazirligi va O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining tekshiruvlari natijasida yangi ta`lim mazmuni ko`pchilik o`quvchilar tomonidan yaxshi o`zlashtirilmayotganligini ko`rsatdi. SHuningdek, dasturdagi badiiy qurish-yasashga doir materiallar esa o`quvchilar kuchiga mos emasligi Ham ma`lum bo`ldi. SHuning uchun bu bo`lim keyingi yillarda dasturdan chiqarib tashlandi.

YAngi dastur o`quvchilarning estetik tarbiyasiga aloqador bo`lgan tashkilotlar muassaslar, uyushmalarning faoliyatini qo`yidagi yo`nalishlarda faollashtirishni nazarda tutgan edi:

a) Har yili mantazam ravishda o`quvchilar rasmlari respublika ko`rgazmalarini o`tkazish;

b) tasviriy san`at bo`yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar ko`lamini kengaytirish natijasida maktab to`garaklari, san`at maktablari, pedagogika bilim yurtlari va institutlari uchun bir qator dastur, darslik, qo`llanma va to`plamlar tayyorlash va nashr etish;

v) umumiy ta`lim maktablarida yirik rassomlar asarlaridan ko`chma ko`rgazmalar tashkil etish;

g) O`zbekiston rassomlar uyushmasi qoshida o`quvchilar estetik tarbiyasi bo`yicha komissiya tashkil etish.

Maktablarda so`nggi yillarda tasviriy san`atning o`qitilishini yaxshilash bo`yicha bir qator yirik tadbirlar o`tkazilgan bo`lsa-da bu soHada keskin o`zgarishlar ro`y bermadi. CHunki, ko`pchilik tasiriy san`at o`qituvchilari maxsus ma`lumotga ega emas edilar. Benkov nomidagi badiiy bilim yurtini birtiruvchilarining ko`pchiligi maktablarda tasviriy san`atdan Haftalik dars soatlari kam bo`lganligi sababli u erda ko`p qo`nim topishmas edi. Oliy maxsus ma`lumotli o`qituvchilar tayyorlaydigan Nizomiy nomli TashDPIning badiiy-grafika fakultetining bitirib chihayotgan yoshlarning o`qituvchilik faoliyatlari Ham ana shunday tugardi.

Tasviriy san`at va chizmachilik o`qituvchilarining etishmasligi unga jiddiy e`tibor berishlikni talab etdi. Natijada O`zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining 1974 yil 26 avgustda “Pedagogika o`quv yurtlarida musiqa va ashula, tasviriy san`at va chizmachilik o`qituvchilarini tayyorlash va bu predmetlarning Respublika umumta`lim maktablari va pedagogika o`quv yurtlarida o`qitilishini yanada yaxshilash Haqida” gi qaror qabul qilindi.

O`zbekiston maorif vazirligining mazkur qarori Qoraqalpog`iston Respublikasi maorif vazirligi, Respublika viloyatlari, Toshkent shaHar Halq maorifi bo`limlariga Hamma umumta`lim maktablari, o`quv yurtlarini maxsus ma`lumotli mutaxassislar bilan ta`minlash choralarini ko`rishni, vazirlikning reja-moliya boshqarmasiga, oliy va o`rta maxsus pedagogika o`quv yurtlarining musiqa, badiiy-grafika fakultetlarida musiqa, tasviriy san`at va chizmachilik o`qituvchilarini kechki va sirtqi bo`limlarida Ham tayyorlashni maqsadga muvofiqligini ko`rib chiqishni yukladi.

Tasviriy san`atning o`qitilishini yaxshilash borasida qabul qilingan O`zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining O`zbekiston rassomlar uyushmasi boshqarmasi bilan Hamkorlikdagi 1979 yil 27 iyunda “ Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari, o`qituvchilar va pedagogika o`quv yurtlarining o`quvchi-yoshlari badiiy tarbiyasini yanada yaxshilash choralari Haqida” qabul qilgan qarori salmoqli o`ringa ega bo`ldi.

Qarorda o`tgan davrda tasviriy san`at bo`yicha Halq maorifi va rassomlar uyushmasi tizimida qo`lga kiritilgan yutuqlar tilga olindi va kamchiliklar, ularning bartaraf etish yo`llari ko`rsatildi. Xususan, unda Qoraqalpog`iston Respublika viloyatlari, Toshkent shaHar Halq maorifi bo`limlariga, pedagogika o`quv yurtlarining raHbarlariga tezkorlik bilan maktabgacha va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, maktablar, pedagogika o`quv yurtlarida badiiy tarbiyani yaxshilashning aniq tadbirlarini ishlab chiqish topshirilgan edi.

1980 yilning aprelida Toshkentda “O`quvchi yoshlar badiiy tarbiyasininig aHvoli va uni yaxshilash choralari Haqida“ deb nomlangan seminar, kengash o`tkazilishi mazkur qarorni bajarishdagi dastlabki qadam bo`ldi. Mazkur tadbirni Maorif vazirligining tarbiyaviy ishlar bo`limi, rassomlar uyushmasi bilan Hamkorlikda o`tkazdi. Kengashda 400 dan ortiq o`qituvchi, tarbiyachi, Halq maorif xodimlari, ilmiy xodimlar ishtirok etdi, yuzdan ortiq ma`ruzalar tinglandi va tavsiyalar ishlab chiqildi.

1981 yil martida sobiq ittifoq rassomlar uyushmasining tashabbus asosida Toshkentda navbatdan tashqari “O`quvchi yoshlarni badiiy-estetik tarbiyalashning vazifalari“ mavzusida Butunittifoq ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.

1981 yil O`zbekiston maorif vazirligi T.N.Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot inistitutiga tasviriy san`atdan yangi dastur loyiHasini ishlab chiqishni topshirdi.

O`zbekiston umumta`lim maktablarining boshlang`ich (1-3) sinflari va IV-VI sinflar uchun “Tasviriy san`at” yangi dasturlari tayyorlandi va unda quydagilarga rioya qilindi:

1. O`zbekiston tasviriy va amaliy san`atlari, adabiyot va musiqa asarlaridan o`rinli foydalanish.

2. O`zbekiston tabiati, tabiat maHsulotlari, turmushda qo`llaniladigan narsalardan keng foydalanish.

3. O`zbekiston ko`p millatli Respublika ekanligini Hisobga olgan Holda baynalminal tarbiyaga ko`proq e`tibor berish.

4. Materiallar tanlashda O`zbekiston maktablari o`qituvchilarining bilim darajalari past ekanligini Hisobga olish.

5. O`zbekiston maktablari o`qituvchilari badiiy qiziqishilarini Hisobga olish .

YAngi dasturga o`tish bo`yicha O`zbekiston maorif vazirligida keng ko`lamdagi ish rejasi ishlab chiqildi. Unda yangi dastur bo`yicha o`qituvchilarni qayta tayyorlash, o`quv metodik majmualar ishlab chiqish va nashr etishga aloHida e`tibor berilgan edi. Xususan, tasviriy san`atdan I-III- va IV-VI sinflar uchun dasturlar tayyorlandi va nashr etildi.

Keyinchalik yangi dasturlar asosida R.Hasanovning “Boshlang`ich sinflarda tasviriy san`at darslari“, “Birinchi sinfda tasviriy san`at darslari“, “Ikkinchi sinfda tasviriy san`atni o`qitish“, “Uchinchi sinfda tasviriy san`at darslari”, “Maktabda tasviriy san`atni o`qitishni takomillashtirish yo`llari“ nomli metodik qo`llanmalari chop etildi. O`zbekiston maktablarida tasviriy san`atni o`qitishga doir Respublikada birinchi bor “O`zbek maktablarida badiiy ta`lim va tarbiyaning metodik asoslari“ nomli monografiya R.Hasanov muallifligida tayyorlandi va “Fan“ nashriyoti tomonidan nashr etildi. Bu davrlarda R.Hasanovning “Tasviriy san`at“, “O`zbekiston tasviriy san`ati tarixi“ nomli fakultativ mashg`ulotlar dasturlari birinchi bor ishlab chiqildi va maktablarga etkazildi.

Bu davrga xos bo`lgan jiHatlardan yana biri tasviriy san`at tal`imi mazmunini takomillashtirish edi. SHu maqsadda 1-4-sinflar uchun “Tasviriy san`at va badiiy meHnat“ dasturlari yaratildi. Bu dasturlar tasviriy san`atni xar bir sinfda qaftasiga 2 soatdan o`qitilishiga mo`ljallab tuzilgan edi.

SHuningdek, bu davrlarda to`garaklar uchun Q.Qosimovning “Naqqoshlik“, A. Vosiqovning “Rangtasvir“, A.Mirzaxmedovning “YOg`och o`ymakorligi“, O.Xudoyorovaning “Kashtachilik“ dasturlari Ham nashr etildi.

1980 yillarda O`zbekiston umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`atni o`qitishni takomillashtirish maqsadida keng ko`lamda kadrlar tayyorlash, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o`tkazish, o`qituvchilarni tegishli ilmiy va metodik adabiyotlar bilan ta`minlash, san`at bayramlari tanlovlar o`tkazish kabi bir qator ishlar amalga oshirildi. SHunga qaramasdan, umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`atni o`qitilishi talablar darajasida bo`la olmadi. CHunki, maktablarda dars olib borayotgan o`quvchilarning ko`pchiligi maxsus ma`lumotga ega emas edilar. Tasviriy san`atni o`qitishdagi moddiy-texnikaviy asos, xususan, darslar uchun zarur bo`lgan gipsli geometrik shakllar, qush va Hayvon tulumlari, meva va sabzavotlarning mulyajlari, tablitsa va reproduksiyalar, dipozitiv, diafil`m, kinofil`mlar Rossiyadan keltirilayotganligi sababli ular ko`pchilik maktablarda mavjud emasdi. Maktablarda xonalarning etishmasligi oqibatida ko`pchilik joylarda tasviriy san`at xonasi tashkil etilmay qolardi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin