Fanidan “ Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish” mavzusi bo’yicha kurs ishi



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə1/6
tarix02.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#137300
  1   2   3   4   5   6
kurs ishhi 2


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Termiz davlat universiteti
Sirtqi ta’lim
Amaliy psixologiya yo’nalishi
301-guruh talabasi Sheraliyev Zuhriddinning
Talim muassalarida psixologik xizmatfanidan
Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish”
mavzusi bo’yicha


KURS ISHI

Bajardi: 301-guruh talabasi


Sheraliyev Zuhriddin

Mavzu: Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish
RЕJA:


Kirish


I BOB. Emotsional sohani korreksiyalash .
1.1.Yolg’izlik tushunchasini psixologik talqini
1.2. Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot ob’yekti sifatida
1.3. Havotirlanish psixologik fenomen sifatida
II BOB. O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi
2.1 Xorij psixologlari tadqiqotlarida havotirlanish masalasi


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish jarayonida hayotimizning barcha jabhalarida “Inson omili”ning roli ortib borishi kuzatilmoqda. Xozirgi davr yuksak qobiliyatli mutaxasislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda, modomiki, shunday ekan alohida olingan shaxslardagina emas, balki, mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini iloji boricha ko’proq rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intelliktual salohiyatiga aloqador fanlarning ro’li ortib borishi, xar bir inson shaxsida mavjud va yashirin tarzdagi imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro’yobga chiqarish, yo’l-yo’riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish extiyoji namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda agressiya, tajovuzkorlik va zo'ravonlik, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning ortishi hollari juda ko'p kuzatilmoqda. Shu sababli inson agressiv xulq-atvorining namoyon bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini o'rganish, uni korreksiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish psixologlar uchun dolzarb masala bo'lib kelmoqda.
Ma’lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa, o’z-o’zidan shaxsda emosional holatlarda zo’riqish, havotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi va shaxsningkamol topishiga to’sqinliq qiladi.
Havotirlanish – bu odamning doimo o’zini tashvishli his etishi, turli vaziyatlarni xatarli holat sifatida idrok etishga moyilligidir. Havotirlanishning boshdan kechirilishi ham individual hususiyat bo’lib, bunday his noaniq boror xavf oldidan paydo bo’ladi. Havotirlanish ro’y berishi mumkin bo’lgan yoki ehtimol tutilgan noxushliklar, odat va vaziyatdagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. U tashvishli harakatlarda, holatning keskinligida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Havotirlanishning yuqori darajada bo’lishi, odatda, faoliyatning samaradorligini pasaytiradi, shaxsda turli xil ziddiyatli xulq-atvori bilan birga kechadi. Odatda havotirlanishning shaxs hususiyati sifatidagi va vaziyat bilan bog’liq ikki turi farqlanadi. Shaxs xususiyati sifatidagi havotirlanish asab tizimining xususiyatlari va uzoq davom etadigan nohush muloqot bilan belgilanadi. Vaziyat bilan bog’liq havotirlanish yoki reaktiv havotirlanishlar aniq vaziyat bilan bog;liq bo’lgan va undan tashqarida namoyon bo’lmaydigan tashvishli holatdir.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin