Fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 268,22 Kb.
səhifə23/56
tarix18.11.2023
ölçüsü268,22 Kb.
#133016
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Zbekiston respublikasi-hozir.org

O’quv yili oxirida bola:
- fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o’zgarishlar (yomg’ir, qor yog’ishi, quyosh charaqlab turishi)ni payqashlari;
- tabiatni muhofaza qilish haqida dastlabki tushunchani egallagan bo’lishlari;
- xona o’simliklaridan 2-3 xilining nomini bilishi;
- o’simlik va hayvonlarning tashqi ko’rinishidan farqlashi;
- mevalardan olma, uzumning nomini bilishi;
- poliz ekinlaridan qovun-tarvuzning nomini biladi;
- uy hayvonlaridan sigir, qo’y, mushuk, itni bilish;
- yovvoyi hayvonlardan bo’ri va quyonni bilishi;
- qushlardan qaldirg’och, qarg’ani bilishi;
- parrandalardan tovuq, xo’rozni bilishi;
- sabzavotlardan pomidor, bodringni bilishi kerak.


O’RTA GURUH

Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish



Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini(sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomg’ir yog’ayapti, do’l yog’ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini(suv tiniq, qor yumshoq bo’lishi, undan qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo’ladi) farqlashni o’rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho’kishini, ayrimlari cho’kmasligini: issiq kunda ko’lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari(tosh-qattiq, qum-sochiluvchan)ni farqlashni o’rgatish.
Bolalarga ob-havodagi o’zgarishlarni (sovuq shamol esayapti, yomg’ir, qor yog’ayapti) farqlashga o’rgatish. Qorning xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishqoq, ho’l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari haqida suhbatlar o’tkazish.
O’simliklar dunyosi. Sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp,piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi uzum, o’rik) bilan tanishtirishni davom ettirish. Bolalarga sabzavot va mevalarning nomlarini, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilarini bilishlari: Sabzavotlar polizda mevalar esa daraxtda o’sishi bilan tanishtirish. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish.


Yüklə 268,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin