Fargona viloyati Bag’dod tumani 53-maktabning matematika fani o’qituvchisi Allaqo’ziyeva Dilshodaxon Annotasiya



Yüklə 20,75 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü20,75 Kb.
#137000
allaqo\'ziyeva dilshoda maqola


MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA SAMARADORLIKKA ERISHISH XUSUSIDA MULOHAZALAR.
Fargona viloyati Bag’dod tumani 53-maktabning
matematika fani o’qituvchisi Allaqo’ziyeva Dilshodaxon
Annotasiya: Ushbu maqolada aniq fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan smarali texnologiyalar va ularning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: ta’lim, dastur, innovatsiya, fikrlash, qiyoslash, taqqoslash, metod, texnologiya.
Davlat ta’lim standartlariga e’tibor bersak, ta’lim-ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. Shunday ekan bu tizimni sifat va samaradorligi ko’p jihatdan pedagogning dars o’tish mahoratiga bog’liqdir.
Matematika fani o’quvchilarni iroda, diqqatni to’plab olishni, qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan bo’lishini talab eta borib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi.
Zamonaviy metodlar va ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik usullar o’quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga ularning qobiliyatlarini rivojlantirish ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ammo o’rinsiz aytilgan so’z qanchalik beqadr bo’lsa, o’rinli qo’llanmagan metod ham shu qadar qadrsizdir. Shuning uchun dars jarayoniga o’qituvchi o’quvchining yoshi, qobiliyati va sinfning layoqatlarini inobatga olgan holda usul tanlashi kerak. Aks holda o’quvchilar jamoasining o’zlashtirishi, darsga ishtiyoqini yo’qotib qo’yishimiz mumkin. Quyida ba’zi darslarimda qo’llaganimda samarasi ko’rsatgan usullar haqida aytib o’tmoqchiman.
Musobaqa darslarini qo’llash orqali o’quvchilarni tez, to’g’ri fikrlashga, epchil, chaqqon bo’lishga guruhi uchun ko’proq ball yig’ib berishga chorlaydi.
Musobaqa boshlandi. Har bir guruhdan o’quvchi chiqadi. Bir xil vazifa topshiriladi. Kim birinchi to’g’ri bajarsa, rag’batlantiruvchi ball oladi. O’yin shu tarzda davom etadi. Uy vazifasi tekshiriladi.
Kerakli formulalarni takrorlash, savol-javob, matematik diktant o’tkaziladi. So’ng xulosa chiqariladi.
7-8-9-sinf o’quvchilari ruhiyatida turli o’zgarishlar ro’y beradi va ta’lim beruvchining oldida o’quvchi diqqatini darsga jalb etish qiyinlashishi muammosi yuzaga keladi. Mahoratli pedagog bu vaziyatda yuqorida ta’kidlaganimiz turli usul va metodlarni, suxandonlik qobiliyatini ishga soladi. Darslarining samaradorligini pasayishiga yo’l bermaydi. Bunday vaziyatlarda mantiqiy masala va jumboqlardan foydalanishni tavsiya bergan bo’lardik. O’quvchilar ba’zan kattalar ham jumboqli savollarga o’ch bo’lishadi. Mantiqiy savollar kishini noodatiy fikrlashga, aqlini charxlashga, tafakkurini o’stirishga olib keladi. Ushbu savollardan dars yakunida foydalansangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar mantiqiy savolning javobini topa olmasalar javobni kelasi darsga qoldirsangiz, o’sha kun kelguncha qiziqish bilan kutishadi. Javobni birinchi bo’lib topgan o’quvchini esa rag’batlantirishni unutmaslik kerak.

  1. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering. (22:2-2)

  2. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi? (9:30 da to’liq olib bo’ladi. 1- 8:30, 2- 9:00, 3- 9:30)

  3. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi? (Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi).

  4. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz? (Soat strelkasi 2 da turganda).

  5. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi. Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib? (Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi).

  6. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi? (Burchakka)

  7. Qaysi oyda 28 kun bor? (Barcha 12 oyda 28 kun bor).

  8. Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi? (5 ta)

Bu kabi mantiqiy savollar o’quvchini izlanishga undashi tabiiy. Darsning tashkiliy qismida savol berib, javobini darsning yakunlovchi qismida aytish ham o’quvchining darsda faolligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Nafaqat aniq fanlar, balki boshqa fan o’qituvchilari ham bunday jumboqlardan foydalanishi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi devorning biroz pastlashi, o’quvchining darsda erkin fikrlashi mumkinligiga ishonch uyg’otishiga ishonamiz.
Xulosa qilib aytganda, o‘quv mashg‘ulotlarida turli usullarni qo‘llash vaqtini tejash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, fikrini erkin bayon eta olish, o‘tilayotgan materiallarni tez o‘zlashtirish yoshlarning aniq fanlarga qiziqishlari oshishiga imkon yaratadi. Dars jarayonida o’quvchida mustaqil shaxs ruhiyatini va ijtimoiy faolligini oshirish, erkin fikrlash hamda shaxsiy g’urur, ishonch kabi xislatlarini hosil qilishga alohida e’tibor berilishi kerak. O’rinli tarzda pedagogik texnologiyalarni matematika darsida qo’llash asosida berilgan darslar o’quvchilarni muhim hayotiy yutuq va muammolarga o’z munosabatlarini bildira oladigan mustaqil fikrlaydigan, o’z fikriga ega bo’lishga va o’z nuqtai–nazarini asoslab berishga o’rgatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

  1. Ta’lim to’g’risidagi Qonun. Toshkent sh., 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son

  2. www.ziyouz.net

  3. www.kutubxona.net

  4. www.uzsmart.net

Yüklə 20,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin