1.1. O„zbek shevalarining fonetik xususiyatlari.
O‗zbek shevalarining o‗ziga xos fonetik xususiyatlari mavjud.
Shevalarda turli xil fonetik qonuniyatlar mavjud bo‗lib, ulardan bir
nechtasi ko‗rib chiqamiz. Fonetik qonuniyat— o‗zbek shevalarida amal
qiladigan tovush talaffuzi bilan bog‘liq holda yuz beradigan fonetik
hodisalar.
Tovush mosligi— so‗z ma‘nosiga putur yetkazadigan tovush
o‗zgachaliklari.
Assimilyatsiya. Og‗zaki nutqda (xilma-xil ko‗rinishga ega bo‗lgan o‗zbek
shevalarida) unli tovushlar, ayniqsa, undosh tovushlarassimilyatsiyasi juda ko‗p
uchraydi.
Assimilyatsiya turlari. Agar keyingi tovush o‗zidan oldin kelgan tovushga
o‗xshasa, progressiv assimilyatsiya, aksincha, oldingi tovush o‗zidan keyin
kelgan tovushga o‗xshasa, regressiv assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya
13
o‗xshatish darajasiga ko‗ra, to‗liq va to‗liqsiz bo‗lishi mumkin. Agar ikki har xil
tovush assimilyatsiya natijasida bir xil bo‗lib, bir-biriga o‗xshasa, to‗liq
assimilyatsiya (masalan, toshk. toshshi—toshni, qizzi
bir-biriga qismangina, masalan, jarangli yoki jarangsizligiga ko‗ra o‗xshasa, u
holda to‗liqsiz assimilyatsiya vujudga keladi. To‗liqsiz assimilyatsiya jarayonida
ikkita har xil tovush bir-biriga o‗xshash bo‗lmagan ikki tovush holiga qoladi.
Masalan, ad.orf.qochdi [qochti//qoshti], ochdi [ochti//oshti], yopdi [yopti],
qishloqda [qishloqta].Og‗zaki nutqda me‘yor hisoblanadigan yuqoridagi
assimilyatsiya shakllari hozirgi o‗zbek orfografiyasida o‗z aksini topmagan.
Progressiv assimilyasiya hodisasiga singarmonizm ham taalluqlidir.
Singarmonizm unlilarning garmoniyasi (uyg‗unlashishi)dir. Bu hodisa ikki xil
ko‗rinishda bo‗ladi:
lingval
garmoniya
(unlilarning
qattiq
va
yumshoqligiga
ko‗ra
garmoniyasi(ohangdoshligi);
labial garmoniya (unlilarning lablanishi va lablanmasligiga ko‗ra
garmoniyasi(ohangdoshligi);
Unlilarning lingval garmoniyasi o‗zbek shevalarida turli ko‗rinishga
egadir.
Singarmonizmli y-lovchi va j-lovchi shevalarda lingval singarmonizm qonuni
izchillik bilan saqlangan. Bu qonunning mohiyati shundaki, bir so‗z tarkibidagi
barcha unlilar (qisman undoshlar ham) bir xil: oldingi qator yoki orqa qator
bo‗lishi shart, ya‘ni ba‘zi so‗zlarda faqat oldingi qator unlilariginaishtirok qiladi.
Bunday so‗zlarda til orqa undoshlardan faqat sayoz til orqa [k,g] tovushlarigina
kelishi mumkin.
Aksincha, boshqa so‗zlarda faqat til orqa unlilari [ы, у,о,а,э ] til orqa
undoshlaridan esa chuqur til orqa undoshlarigina [q, g‗,x] ishtirok etishi mumkin.
So‗z o‗zak-negizlarining bu xil ikki kategoriyaga ega bo‗lishiga ko‗ra, ularga
qo‗shiladigan affikslar ham o‗sha so‗z tarkibidagi tovushlarga moslashadi va ular
ham ikki qatorga (oldingi va orqa qator) bo‗linadi. Misollar:
14
a) oldingi qator tovushlarga ega bo‗lgan so‗zlar (o‗zak-negiz va
affikslar):erkaklar, askarlarga, jl.ektingnarmi? yl.astagina, jl. Uchayev, jibar
ish kerak, kelasi, ketalmadim juringde, korgan, krayn katalik jerdi uy-uyiga—
oy-oyiga.
b) orqa qator tovushlarga ega bo‗lgan so‗zlar (o‗zak-negiz va affikslar):
dalag‘a , jl.shulardqindaqa,qoyumdqalg‘anlar—alg‘annar, avchiqlar.
Singarmonizmning ikkinchi ko‗rinishi labial garmoniya (lab garmoniyasi)—
lab ohangi ko‗pchilik o‗zbek shevalarida ikkinchi darajali hisoblanadi, lingval
singarmonizmga nisbatan siyrak uchraydi.
1)
labial singarmonizm qonunida so‗z o‗zak-negizida lablangan unlilar
[у,i,о] bo‗lsa, keyingi bo‗g‗inlardagi (affikslar tarkibidagi) lablanmagan unlilar
lablanadi.
Yuqorida
aytganimizdek,
labial
singarmonizm
progressiv
assimilyasiyaning bir ko‗rinishidir. Orun, ottuz, oyun, kunduz, jl. julduz, yl.
Suyuq, jl.turlu, yl. Quduqtan, kuchuk, tong‘uz, tugun, jl. jolung,jolu, olguday,
olsun, ottu, kuchlu, jurdu, juru, jurgun, kunu, uyum, ustuga, uchunchu, korungiz,
kozu, qorqutti, jl.juzu, shonu, qolung, boru, tushunubaldim, qutuldi,
suyunchi.
Undoshlar assimilyasiyasi barcha o‗zbek shevalarida mavjud, ammo uning
tarqalish doirasi bir xil emas. Ba‘zi shevalarda assimilyasiya hodisasi ko‗p,
ba‘zilarida juda kam uchraydi. Bu barcha shevalarda u yoki bu kombinator
sharoitda undosh tovushlarning o‗zaro assimilyasiyasi bir xil emasligi bilan
izohlanadi.
Y-lovchi shahar shevalaridan Namangan va Toshkent shevasida undosh
tovushlar assimilyasiyasi (progressiv va regressiv assimilyasiya) juda ko‗p
uchraydi.
Undosh tovushlarning progressiv assimilyasiyasi:
Ad.orf. bizni//Namang., Toshkent bozo//jl. bizdo//Marg‗.bizdo
Ad.orf. qorni//Namang., Toshk. qarri//jl. qardi//Marg‗.qordo.
Ad.orf. shaharni//Namang, Toshk. shaharri//jl. shahardi//Marg‗.shahardi
Ad.orf. qushni//Namang.,Toshk.qushshi //jl. qusht//Marg‗.qushti.
15
Undoshlarning regressiv assimilyasiyasi:
Ad.orf. berdi//Namang. berdi>beddi.
Ad.orf. turdi//Namang. turdi>tuddi.
Ad.orf. bermasa//Namang. bermasa>bemessa.
Ad.orf. xaridor//Namang. xarodar>xardar.
Ad.orf. yurdi//Namang. yurdi>yuddi.
Ad.orf. birga//Namang.Toshk.birla >billa.
Ad.orf. bersa//Namang. bessa.
Ad.orf. burnini//Namang.Toshk.burneni>bunnini.
Ad.orf. marta//Namang.matta,bormatta.
Ad.orf. ichas//Namang.Toshk.ichsa >issa.
Ad.orf. mahkam//Namang.Toshk.mahkam>makkam.
Ad.orf. atlas//Namang. atlas>allas.
Ad.orf. aytsam//Namang. aytsam>etsam >assam/ /jl.eyssam.
Dissimilyasiya assimilyasiyaga qarama-qarshi bo‗lgan fonetik hodisadir.
O‗zbek tilida dissimilyasiya hodisasi assimilyasiya kabi keng tarqalgan
emas.O‗zbek shevalarida, odatda, sonor tovushlarga ega bo‗lgan so‗zlar
dissimilyasiya hodisasiga uchraydi. Misollar: zarar—zalal, devor—devol,anjir—
anjil.
Dostları ilə paylaş: |