manjuzaqilsakhambo‗ladiLag„mongago‗shtkerak
(Farg‗onatongotguncha).
-
Polvon,
negaanqayyapsan.
Xivashahrini
ко'rmaganmiding? - dedi. - Kattaqal‟a, hammayerinigo‗ribboladimi, -
dediPolvon(Xorazm).
44
- shevagaxosso‗zlarjuftso‗ztarkibida
(antonim,
sinonimtarzida)
keltirilgan:
Uzoq-yovuqdananchaodamlarkeldi
(―Oltinvodiydan
shabadalar‖).
...
barchaxalqbel,
kapchako‗tarib,
yop-anhor,
daryo
bo‗yisohiltomonyo‗loldi (Xorazm)
10
.
Ayniqsa, dialektalso‗zlardanhazil, kinoyasifatidahamfoydalanilgan:
MirazizA‟zamga
Bolalarchakashayeb,
Bolalarga yozadir.
Shuytib, sakson yoshda ham
Bolalardek tozadir.
(O‗zbek adabiyoli va san'ati, 2015 yil 1-yanvar)
Shuni ta‘kidlash lozimki, dialektlar adabiy tilning boyishi uchun tabiiy
manbalardan biri bo‗lib qoladi. Dialektizmlarning adabiy tilga singib ketish
jarayoni qiyin kechadi, lekin badiiy adabiyotning ta‘sirchan kuchi orqali bir
asarda qo‗llangan dialektizm keyingi asarlarga o‗tadi va shu tariqa umumxalq
mulkiga aylanadi va adabiy tilda o‗zlashib ketishi mumkin.
Dialektizmlardan badiiy asarda turli xil maqsadlarda foydalaniladi.
Ayniqsa, ularning uslubiy vazifasini bajarib kelishi badiiy asar tilining boy va
jozibador bo‗lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ular adabiy
tilning funksional nutq doirasiga o‗tadi, o‗sha uslubga mos emotsional bo‗yoq
oladi. Yuqorida aytib o‗tilgan fikrlar bilan birga ularning uslubiy vazifasini
bajarishi haqida yana alohida mulohazalar mavjud. Demak, dialektizmlar uslubiy
vazifani bajaruvchi leksik vositalar hisoblanib, bundan foydalanish yozuvchi ijodi
uchun xarakterli xususiyat darajasiga ko‗tarilishi mumkin. Jumladan,
Qichqirsam bermaysan dovush, ayag‘ingda mo‗za kavish.(Sh.Xolmirzayev)
Mazkur gapda mo‗za kavishbirikmasidagi mo‗za dialektizmi qo‗llanilgan
bo‗lib, eshak terisidan tikilgan kalish ma‘nosini bildiradi.Bu turdagi oyoq kiyim
hozirda umuman iste‘moldan chiqib ketgan.Lekin fors tili leksikasida mo‗za so‗zi
10
BufaktlarB. FayzullayevvaO. Xidirovlarning “Dialektizmvakontest” maqolasidanolindi.
45
etik ma‘nosini anglatgani, turkiy tilda esa uni o‗rnida, ya‘ni mo‗za so‗zi o‗rnida
chakma so‗zi ishlatilishi ham ma‘lum.Ya‘ni mo‗za so‗zining ma‘nosi etik
deganidir. Bu so‗z arab tilida mo‗raj shaklida o‗zlashgan.
11
Kiyim kechak nomlari xalqning turmush tarzi bilan bog‘liq leksik
birliklardan iborat bo‗lib, uning uzoq o‗tmishi haqida ma‘lumot berishi bilan bir
qatorda uning lisoniy xususiyatlarini aniqlashda shuningdek, ayrim grammatik
hodisalarning evolyutsiyasini kuzatishda ham ko‗maklashadigan muhim
manbadir.
Dialektizmlar badiiy asar ta‘sirchanligini oshirishda ham faol qo‗llaniladi.
Masalan,
―Engarakni ochib kirdi.Boshqa xo‗kizlar nariga ketgan – bir-biriga
ishqalanar, go‗ng-nishxo‗rt aralash tuproqni xidlab, tumshuqlarini qimirlatar,
ba‘zisi chetga borib, yomboshlab olgan edi‖. (Sh.Xolmirzayev). Xov checha!....
odam bormi? Mehmon keldiyam, demaysizlar (Sh.Xolmirzayev)–Ana piyoladagi
moyni xuritlabyuboring, -dedi. Sug‘urning moyi.(Sh.Xolmirzayev) ―Yo‗q
ishonmayman, - dedi qiz. Siz gaplashib o‗tirganda, Men chiy orasidan sizga
qarab turdim, qobil-mo‗min odam bo‗lib ko‗rindingiz‖.(Sh.Xolmirzayev).
Keltirilgan misollarda xurtlab (ad.xo‗plab), engarak (ad.qo‗raning eshigi),
checha (ad.yanga), chiy (ad.qamish) kabi dialektizmlar qo‗llanilgan. Odatda bu
dialektizmlar Surxandaryo hududida yashovchi sheva vakillari nutqiga xos bo‗lib,
asarda tasvir etilayotgan manzaraning shu joyda yuz berganligiga ishora qilishdan
tashqari, qahramonlarning ma‘lum hudud vakillari ekanliginita‘kidlash yoki
eslatishga ham, eng muhimi, asarning xalqchil bo‗lishiga ham xizmat qiladi.
Shevalar asarga jonlilik, samimiylik baxsh etishi bilan birga asar qahramonining
qayerda istiqomat qilishini ham ko‗rsatib turadi.Shevalar orqali ifodalangan
tushunchalarga kitobxonning diqqati beixtiyor oshadi. Ko‗rinadiki, badiiy matnni
yaratishda dialektizmlardan foydalanishning o‗z o‗rni bor. Ulardan mahorat bilan
foydalanish esa asarning xalqchilligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
11
AbdullayevF. Xorazimshevalari. Toshkent, O‘qtuvchi. - 1961. 140 – b.
46
Yoki:
Kampir shotining yon yog 'ochini silab o‗ynar, Enaxon og‘zidan olgan
saqichini ezib ―soqqa‖ yasar... (Cho‗lpon). Enaxonlarning butun oilasi yoyilgan
qopning tegrasidajugari uqalab o‗tirardilar. (Cho‗lpon). Jiyaningiz qishloqdan
zig‘ir moy olib keldi. Shuni chuchityapman.(T.Murod)
Keltirilgan misollar tarkibida shoti (ad.narvon), jugari (ad.jo‗xori),
chuchitmoq (ad.qizdirmoq) dialektizmlari qo‗llanilgan.
―Badiiy adabiyotda va kinofilmlarda mahalliy koloritni aks ettirish, asar
qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan foydalaniladi.
(Lekin bu bilan dialektal leksema adabiy tilda o‗rnashdi degani emas, albatta.
Badiiy adabiyot va kinofilmlarda shevaga xos unsurlarni ishlatishda
quyushqondan chiqib ketish yaxshi emas. Ularni qo‗llash me'yor doirasida
bo‗lmog'i lozim).‖
12
Dialektizmlardan badiiy asar tilida muhim uslubiy vosita sifatida tez-tez
foydalanib turiladi.Dialektizmlar badiiy asar tilida muallif tomonidan ataylab,
asarda tasvirlanayotgan obraz, ma‘lum bir hududda yashovchi kishi, ya‘ni
personaj nutqining o‗ziga xosligini ko‗rsatish maqsadida qo‗llaniladi. Badiiy asar
tilining hayotiy, jonli chiqishi ma‘lum darajada shevaga xos so‗zlarga ham
bog‘liq. Shuning uchun badiiy asar tilini dialektizmlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Yozuvchi tomonidan qo‗llanilgan dialektizmlar o‗quvchiga tasvirlanayotgan
personaj xarakter-xususiyatini, uning qanday muhiyatda yashayotganligi, turmush
tarzi, atrofdagilarga munosabati, nutqidagi o‗ziga xos xususiyatlari, adabiy til
qoidalarini bilish darajasi to‗g‘risida aniq tasavvur qilish imkonini beradi.‖Bunda
dialektizmlarning ba‘zilari adabiy tilda mavjud bo‗lgan so‗zlarga sinonim sifatida
ishlatilsa,ba‘zilari shu dialekt yoki sheva vakillari turmushiga,territoriyasi –
relyefiga xos narsa va hodisalarning nomi sifatida qo‗llaniladi.‖
13
Badiiy asarlarda shevaga xos so‗zlarni qo‗llash yozuvchining o‗ziga
xos uslubi, yo‗nalishi, individualligini ham belgilab berishga xizmat qiladi.
12
Sayfullayeva R., Qurbonova M.
r
Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o'zbek tili. -Toshkent, 2005. 115-b.
13
Қиличев Э.Ўзбек тилининг практик стилистикаси. -Тошкент,Ўқитувчи,1985. 53-б.
47
Masalan, Abdulla Qodiriyni olaylik. Uning qaysi asarini o‗qimang har satri va
har varag‘ida shevaga xos so‗zlar – dialektizmlarga duch kelasiz.
Abdulla Qodiriy ham o‗z asarlarida qahramonlarning xarakterli
xususiyatlarini to‗laqonli
ochish
maqsadida
sheva
xususiyatlarini
personajlarning o‗z tili bilan gapirtiradi:
-Mamatqul-chi, domla pochchalarning so‗ziga yaxshi quloq solib tig‘nab olgan
kishi, bemalol jannatga kirib ketavuradi-da.... Sen ham ularning so‗zini tig‘nab
olasanmi? Asarni o‗qigan kitobxon o‗zini shaharma-shahar, qishloqma-qishloq
kezib qahramonlar orasida o‗zini his etadi: - Sen bilan men bo‗lsak, qattiq nonni
ham yeya beramiz; jazzasi(chorasi demoqchi) choyga bo‗ktirishda.
(―Mehrobdan
chayon‖.78-bet)
–Dehqon Mahdumning hurmatiga o‗rnidan turib, qo‗l qovushtiradi: - O‗n uch
tanob erimiz bor edi, taqsir. Chamasi yong‘ish bo‗g‘onda (yanglish, xato bo‗lgan
demoqchi), o‗ttiz uch tanobga haq sog‘onlar(solganlar). Men shunga arza (ariza
demoqchi) yozdirayma, ...deb(-mi affiksi ko‗p o‗rinlarda –ma shaklida qo‗llangan
va bu bilan o‗sha davr xalq jonli tilini ifodalagan). (―Mehrobdan chayon‖.128-
bet)-Ebi, kimni o‗ldirding?-Ota kasbim odam o‗ldirish emas.-Inisi bergan, -dedi
Sharif,-Qani, ining bilan ko‗rishdingmi, Qobel?-Ko‗rishdim.-Odami nag‘z
bo‗lg‘an?-Odami nag‘z.-Akun shu qochib yota beraykan-da,-dedi Rahim. –Biroq
chora boqsin-da, aytmading-chi, axi? (―Mehrobdan chayon‖.265-bet)
-Olmaysanmi, pala‘nat? (padarlanat demoqchi)
-O‗zlaringga deyappan-ku, inim senlarga atab berdi. (―Mehrobdan chayon‖.265-
bet)
-Tug‘ulg‘ondan so‗ng o‗sish, o‗sgandan so‗ng ikkov-ikkov bo‗lib yashash
bor.(114-bet)
-Men zeriktirmayman.... Qanday osh (ovqat demoqchi) qilay?
-Qaysi xilini buyursam ekan? – deb o‗z-o‗ziga savol berdi, Anvar. – Ubraga
uquving yo‗q, palovni lanj qilasan, samsani yopolmaysan, tuppani kesalmaysan,
senga qayla buyurg‘andan, atala qil degan yaxshi.
-Men uquvsiz bo‗lsam, o‗zingiz osh qiling.(202-bet)
48
―Biror dialektal so‗zning adabiy nutqqa ko‗chish hodisasi bilan dialektal
so‗zlarning badiiy asarda ishlatilishi hodisasini bir-biridan farqlash zarur.
Yozuvchilar o‗z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy koloritni
berish, personajlar nutqini individuallashtirishda yoki biron tushunchaning
shevadagi atamasi kitobxonga ahamiyatli bo‗lgan holatning ma‘lum mahalliy
belgisini bildirsagina dialektal so‗zlardan foydalanishlari mumkin‖
14
.
Shuni ham yodda tutish kerakki, shevaga xos unsurlarni badiiy asar tiliga
haddan ziyod darajada kiritish ham yaxshi natija bermaydi. O‗rinsiz , haddan ko‗p
qo‗llanilgan shevaga xos leksik-frazeologik vositalar badiiy asar tilini
g‘alizlashtiradi, uning ta‘sirchanligini pasaytiradi. N.Mahmudov to‗g‘ri ta‘kidlab
o‗tganidek, ―Ayni paytda ta‘kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o‗ziga
xos nutq uslubi sifatida shevaga xos so‗z va boshqa birliklarning muayyan
maqsad bilan qo‗llanishiga imkoniyat yaratadi. Sheva so‗zlari va grammatik
shakllari, ya‘ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani ko‗zda tutgan
holda qo‗llanadi. Ta‘kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi
ularning badiiy nutkdagi me‘yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining
tanlanishi bilan ham bog‘likdir. Badiiy asar tilida ham dialektizmlarning
me‘yoridan ortiq darajada bo‗lishi asarning estetik qimmati va ta‘sir kuchini
pasaytiradi, asar tilining sofligiga, ravonligiga putur yetkazadi.
Dialektizmlarni badiiy asar tiliga olib kirish o‗ziga xos badiiy-poetik
usuldir. Bu usul, albatta, dialektizmlar bilan adabiy til me‘yorlarining
munosabatiga asoslanadi. Ana shu munosabat asosida adabiy tilga oid so‗zlar (va
shakllar) bilan qarshilantirilgan dialektizmlar alohida estetik qimmat kasb etadi.
Xususan, ular mahalliy koloritni qabariq tasvirlash, asar qahramonlarining nutqiy
tavsifini berish uchun o‗ziga xos imkoniyat yaratadi. Ayni paytda ular nutqiy
ekspressiya, ifodalilik uchun ham xizmat qiladi.
―So‗z leksik dialektizm sifatida badiiy nutqda ishtirok etar ekan, adabiy
tilda bu so‗zning sinonimi mavjud bo‗lishi mumkin. Bunda dialektizm adabiy
14
Шомақсудов А. ва бошқалар, 58-б.
49
tildagi so‗zlar bilan semantik va stilistik jihatdan qarshilantirilishi natijasida
mahalliy koloritning muhim qirralarini o‗zida aks ettiradi.‖
15
Dostları ilə paylaş: |