Maxsus nisbiylik nazariyasining (MNN) postulatlari
Nisbiylik printsipi: sanoq tizimi tinch holatini buzmasligi yoki to`g`richiziqli tekis harakatda bo`lishini xech qanday fizikaviy tajribalar orqali o`rnatish mumkin emas.
Yorug`lik tezligining o`zgarmaslik (doimiylik) printsipi: barcha inertsial sanoq tizimlarida vakuumdagi yorug`lik tezligi manbaning harakati yoki yorug`lik qabul qiluvchining harakatiga bog`liq emas.
Eynshteynning ikkita postulatidan fazoviy koordinata va vaqtning bir-biriga nisbatan to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan ikkita sistemadagi qiymatlarini o'zaro bog'lovchi tenglamalar kelib chiqadi. Bu tenglamalar Galiley almashtirishlariga o'xshaydi, ammo ulardan butunlay boshqa xulosalar kelib chiqadi. Bu tenglamalarni birinchi marta G.A.Lorens keltirib chiqarganligi uchun Lorens almashtirishlari deb ataladi. Agar inersial sistemalarining harakatlari faqat x o'qi bo'ylab yo'nalgan bo'lsa, Lorens almashtirishlari quyidagicha bo'ladi:
y = y'
z = z'
Kichik tezliklar sohasida yuqoridagi ifodalar Galiley almashtirishlariga o‘tadi
Shuni aytish kerakki, Eynshteyngacha Larmor, Loreps va Puankare "Efir" nazariyasiga asoslanib va ko'pgina taxminiy farazlarga tayanib yuqoridagi tenglamalarga o'xshash ko'rinishga ega bo'ladi:
Demak, yuqoridagi formuladan shunday xulosa kelib chiqadi: yorug'lik tezligi barcha kuzatuvchilar uchun bir hil bo'lib, с dan katta bo'lishi mumkin emas.