dm/dt =-DSdc/dt, bundagi dm/dt - vaqt e’tibori bilan o‘tgan modda miqdori, D - diffuziya koeffitsiyenti, S - diffuziya amalga oshadigan yuza, dc/dt konsentratsiya gradiyenti.
Normada hujayra bilan uni o‘rab turgan to‘qima suyuqligiaro osmotik bosim farqi kapillyarlar endoteliyasining natriy va kaliy ionlariga yuqori o‘tkazuvchanligi tufayli uncha katta bo‘lmaydi. Suvning endoteliy orqali qondan to‘qima suyuqligiga va aksincha o‘tishida asosiy rol qon plazmasida erigan oqsillarga mansubdir.
Sut emizuvchi hayvonlar, jumladan, odam qon plazmasida erigan oqsillar tomonidan hosil qilinadigan osmotik (kolloid-osmotik) bosim bor-yo‘g‘i 40 sm suv ustunining bosimga teng. Tuban molekulali birikmalar va ionlar hosil qiladigan osmotik bosim esa, nazariy ji-hatdan 7-8 atmosferaga yetib boradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, oqsillar hosil qiladigan osmotik bosim - qon bilan to‘qima suyuqligi o‘rtasida suvning taqsimlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ikkinchi tomondan, yurak va tomirlar sistemasi faoliyati tufayli qonning gidrostatik bosimi suvning kapillyarlar bosh qismi-dan to‘qima oralig‘iga sirqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Chunki kapillyarlarning boshlanish qismida qonning gidrostatik bosimi uning kolloid-osmotik bosimidan katta bo‘ladi. Natijada suv to‘qimaga o‘tadi. Kapillyarlarning toxirgi qismida esa kolloid-osmotik bosim gidrostatik bosimdan ustunlik oladi va suv to‘qimadan qonga o‘ta boshlaydi. Shu tarzda, kapillyar sohasida suv taqsimotining muvozanat holati vujudga keladi.
Zarur jihozlar: mikroskop, koplag‘ich oyna, bint.
Ishning mazmuni. Eritmalar va tukima suyukliklarining osmotik bosimini ulchash maksadida ishlatiladigan osmometrik usul, ishlatiladigan membranalarning ideal emasligi , ya’ni ularning fakat erituvchi molekulalarigina emas, erigan modda molekulalarini xam utkazib yuboradiganligi uchun yetarli darajada aniklikka ega emas. Shuning uchun, odatda, eritmalar va biologik suyukliklarning osmotik bosimlarini anikrok ulchash maksadida eritmalarning ba’zi bir fizikaviy xossalari, masalan eritma ustidagi bug bosimining eritma konsentratsiyasiga bulgan boglikligi singari parametrlarni ulchashga asoslangan oddiy usullardan foydalanish maksadga muvofikdir.
Quyida shu xildagi metodlardan ikkitasining nazariy asoslari bayon etiladi:
Eritma ustidagi bug bosimi (zichligi) ning o’zgarishiga asoslangan metod.
Raul qonuniga binoan, elektrolitmas eritma ustidagi bug’ bosimining nisbiy kamayishi, erigan modda malyar konsentratsiyasiga tugri proporsionaldir, ya’ni