Foydali qazilmalar



Yüklə 21,74 Kb.
səhifə2/4
tarix11.11.2023
ölçüsü21,74 Kb.
#131875
1   2   3   4
Yonuvchi foydali qazilmalar

TOSHKO‘MIR. Qo‘ng‘ir ko‘mirning toshko‘mirga aylanishi yuqori bosim va 300 °С atrofidagi harorat ostida kechadi. Shuning uchun toshko‘mir odatda yuz metr va undan qalin tog‘ jinslari qatlami ostida hosil bo‘ladi. Toshko‘mir qo‘ng‘ir ko‘mirdan yanada zich tuzilishi, qora rangi va uglerod miqdorining ko‘payishi bilan farq qiladi
ANTRATSIT. Toshko‘mirning yuqori bosim va 500 °С haroratda o‘zgarishidan hosil bo‘luvchi ko‘mir. Antratsitning zichligi yuqori
(1,4–1,7 g/sm3), og‘ir, rangi qora-kul rang, metallsimon yaltiroq bo‘lib, qattiq (2–2,5). Uzoq muddat o‘z xossasini yo‘qotmay saqlanishi mumkin. O‘z-o‘zidan yonib ketmaydi. Tarkibida uchuvchan komponentlar oz miqdorni (8 %) tashkil etadi.
Torfning qo‘ng‘ir ko‘mirga, uning toshko‘mir va antratsitga,antratsitning ba’zan grafitga aylanishi yer po‘stining chuqur qismida,yuqori harorat va katta bosim sharoitida, ya’ni metamorfizm jarayonida kechadi. Bu jarayonda ko‘mirning solishtirma og‘irligi to‘xtovsiz oshib boradi (0,7–1,5gacha). Rangi qo‘ng‘irdan qora, to‘q qoragacha o‘zgaradi. Yaltiroqlik xiradan boshlab metallsimongacha (antratsit- larda) o‘zgaradi. Uglerodning miqdori daraxtda 50 %, torfda 60 %, qo‘ng‘ir ko‘mirda 78 %, toshko‘mirda 92 %, antratsitda 98 %, grafitda 100 % bo‘ladi.


36-rasm. Ko‘mirning ishlatilishi.
Ko‘mirlarning sifatini ko‘rsatuvchi quyidagi ko‘rsatkichlar
mavjud:
1. Namligi.
2. Kuli
3. Oltingugurt miqdori.
4. Issiqlik berishi.
Ko‘mir qatlamlari bir-biri bilan o‘zaro genetik bog‘langan cho‘kindi tog‘ jinslari orasida qatlamlar ko‘rinishida joylashgan bo‘ladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari esa quruqlikdan dengiz tomon asta-sekin o‘tiladigan joylarda to‘planadi. U joylarda asosan bo‘lakli cho‘kindi jinslardan argillit, qumtosh, grafit, ba’zi joylarda ohaktosh uchraydi. Bu yotqiziqlar litologik tarkibi bo‘yicha quruqlik va dengiz hamda laguna fatsiyalariga taalluqli hisoblanadi.
Ko‘mir zaxiralari yosh bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: devonda 0,1 foiz, karbonda – 7,8 foiz, permda – 37,5 foiz, trias-yurada –25 foiz, yura-bo‘rda – 20 foiz, paleogen va neogenda – 64 foiz.
Yirik ko‘mir konlari joylashgan hududlar «ko‘mir basseynlari» deb ataladi. Yirik ko‘mir basseynlari, asosan, Rossiyada (Pechora,Moskva ostonasi, Chelyabinsk, Irkutsk), Polshada (Sileziya), Ukrainada (Donbass), Germaniyada (Rur), Fransiyada (Kommantri), Angliya (Uels), AQSH (Pensilvaniya, Appalachi), Xitoyda va Qozog‘istonda (Qarag‘anda, Ekibastuz) joylashgan. Dunyodagi ko‘mir zaxirasining 50 foiz Rossiyada joylashgan.
O‘zbekistonda Angren (Toshkent viloyati), Sharg‘un va Boysun (Surxondaryo viloyati) konlari mavjud. Angren kaolin-qo‘ng‘ir ko‘mir koni hisoblanadi Sharg‘un va Boysunda toshko‘mir qazib olinadi. Bulardan tashqari Hisor tog‘larida ko‘mirga istiqbolli maydonlar mavjud.
Ular Nimo, Gurud, Panama, Xauz, Fangart, Oqsuv hisoblanadi. Bu maydonlarda hozir baholash va razvedka ishlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ko‘mirlarining barchasi yura yotqiziqlari bilan genetik bog‘langan hisoblanadi. Neft va gaz konlari


NEFT suyuq va gazsimon uglevodorodlarning aralashmasidan iborat yog‘simon yonuvchi suyuq foydali qazilma hisoblanadi.Tabiatda eng yengil (solishtirma og‘irligi 0,7–0,8), yengil (solishtirma og‘irligi 0,8–0,9) va og‘ir (solishtirma og‘irligi 0,9–1,0) neft turlari mavjud. Neft tarkibida erigan gazlar qancha kam bo‘lsa, u shuncha og‘ir bo‘ladi. Neftning rangi odatda to‘q jigarrang yoki qora-ko‘kimtir bo‘ladi. Yonish issiqligi 10500 kkal/kg. O‘rtacha kimyoviy tarkibi: S –82–87 %, H – 11–14 %, O, С, P – 1 % atrofida.

Yüklə 21,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin