Sahna ko’rinishi: Alisher: Assalomu-aleykum, ustoz.
Mavlona Lutfiy: Valeykum assalom o’glim, kimning o’g’lidursiz, bag’oyat tarbiyali oila farzandi ko’rinasiz ?
Alisher: - Men G’iyosiddin (kichkina) Bahodirning o’g’lidurmen, ustoz.
Lutfiy: - Ey shunday deng, barakallo. Meni taniysizmi, kaminani ustoz deb hurmatlashingizga ne sabab?
Alisher: - Siz haqingizda eshitmagan, sizning g’azallaringiz ila sehrlanmagan kishi bo’lmasa kerak. Mavlono Lutfiy nomi oilamizda juda hurmatlanadi, men sizning go’zal g’azallaringiz-la tanishmen, she’riyatga havasim baland, o’zim ham gohi-gohi mashq qilib qog’oz qoralaydur men.
Lutfiy:- Balli, balli bo’tam qani marhamat aylang, kaminaga ijodingizdan namunalar o’qib lutf aylang-chi.
Alisher: - Orazin yopmoq kozimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylaykim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh
Lutify: - (Bayntni takroran qaytaradi). Voolloh, agar muyassar bo’lsa edi o’zimning 10-12 ming fors va turkiy baytlarimni ushbu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat deb sanardim.
O`qituvchi:-1465-yil Samarqand tomon yo’l oladi va shoir sifatida juda katta shuhrat topadi. Shoirning dastlabki yozgan she’riy kitob “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir. Shu bilan bir qatorda shoir (1469-1472) yillari saroyda muhrdor, (1472-1476) yillarda vazir, (1487-1488) yillarda Astrobodda hokimlik qilgan.
O`qituvchi: - Hokilmik davrida Navoiy hasharni amalga oshirdi, lekin Vatan va yurtiga bo’lgan muhabbati bir soniya ham unga tinchlik bermadi va yurtini qo’msab bir qancha asarlar yaratdi.
Yorabki,inoyatingni yor ayla manga
Yo’qlukka xidoyatningni bor ayla manga
Har qahri kifoyatingni dor ayla manga
Har duri inoyating nisor ayla manga
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.
O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur.
Ne ajabkim sarvinozim, o’n sakkiz yoshindadur.
Desa bo’lg’aykim,yana ham o’n sakkiz yil husni bor,
O’n sakkiz yoshinda bunchakim fitna boshindadur.
Boshni fido qilg’il ato bo’shig’a
Jismni qil sadqa ano qoshig’a
Tun kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla,birisin quyosh.
O`qituvchi: - Navoiy bobomiz hatto shohning vaziri bo’lganlarida ham xalq uchun ko’p yaxshi ishlar qilganlar. Maktab va madrasalar qurishga bosh-qosh bo’lganlar. O’zlarining insonparvarliklari tufayli elning nazari va mehriga tushganlar.
O`qituvchi: - Alisher Navoiy bobomizning hikmatli so’zlarini tinglaylik.
Odami ersang demagil odami,
Oning kim yo’q xalq g’amidin.
Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.
Haq yo’linda kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila.
Hunarni asrabon netgumdir oxir
Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
Chin so’zni yolg’onga chulg’ama
Chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama.
Umrni zoye etma mehnat qil
Mehnatni saodantning kaliti bil.
Raqs ijro etiladi. O`qituvchi: Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilda birinchi bo’lib Xamsa yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa”ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodlik bilan qarshi oldi .Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa”siga yuksak baho berdilar. Husayin bayqoro buyuk shoirini oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib Hirot ko’chalarini aylantirgan.