G’AZAL MULKINING SULTONI O`qituvchi: Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni - Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasisiga yig’ilgan aziz mehmonlar, Assalomu alaykum!
O`qituvchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on” mo’tabar ustozlar, Assalomu alaykum!
O`qituvchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Asrlar qaridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
O`qituvchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildan
Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
O`qituvchi: Xoqoniy oiliy maqom Shohrux sultoning podsholik davrida izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi. Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi.
O`qituvchi: Oliy martabali hidoyat nasabli, pozikiza tabiatli, sof niyatli saltanat suyanchig’i mamlakat ustuni Xoqoniy davlatining yordamchisi 17-ramozon oyi 844xijriy tovuq yilida yo’qlik dunyosidan borliq olamiga qadam bosib o’zinining go’zalligi va porloq chehrasi bilan yer yuzini yoritdi. Kelajak nasllar ul zotni turkey til asoschisi she’riyat sultoni-Mir Alisher Navoiy deb ehtirom ila tilga oladilar.
Sahna ko’rinishi: Domla: farzand muborak! G’iyosiddin Mir janoblari, iloho umri uzun, tolei baland bo’lg’ay!
G’iyosiddin kichikina: - Qulluq, taqsir, endi o’zingiz azon aytib otaliq vazifamni ado etmoqqa ko’maklashursiz.
Domla: - Bu, albatta, biz uchun ham qarz, ham farz.
G’iyosiddin janoblari bu go’dakka xudoning nazari tushgan,buni men qalbim bilan his etib turibmen, buni go’dak yuzidagi ilohiy nurdan payqadim.
Qani, O-omin, o’g’lingiz xudo hohlasa el nazariga tushib uning baxti saodati yo’lida xizmat qilg’ay va yer yuzida undan dilobar inson bo’lmag’ay, ollohu akbar. Bizga endi javob (ular chiqib ketadilar).
O`qituvchi: Alisher Navoiy Xurosonning bo’lajak sultoni Husayn Bayqaro bilan juda yaqin do’st bo’lib bir madrasada ta’lim olishgan. Yosh Alisher kichikligidan kitob o’qishni, she’r yod olishni sevgan.
O`qituvchi: Har yerda bahor bo’lsa,chaman bo’lsa kerak,
Har yerda chaman, gulu-suman bo’lsa kerak,
Har qayda xazon bo’lsa, tikon bo’sa kerak,
Har qayda tikan mihan bo’lsa kerak.