Xamsa asari haqida.
Hamsaning birinchi dostoni “Hayrat-ul abror”(Yaxshi kishilarning hayratlanishi), falsafiy axloqiy-ta’limiy asar. Hajmi 3988 bayt 63 bob bo’lib ularning 21 bobi muqaddima 20 bobi maqolat 20 bobi hikoyat va masallar, oxirgi 2bobi xotimadan iborat.
Xamsaning ikkinchi dostoni “Farhod va Shirin” dostonidir. Hajmi 5782 bayt. Dostondagi voqea insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o’zligini tanitadi, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu –o’ylari ham ifoda etilgan.
“Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostondir. Unda oldingi dostonda bo’lgani kabi zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga eshligi o’zining go’zal badiiy ifodasini topgan. U mazkur doston bilan o’zbek adabiyotida bu mavzuni boshlab berdi.
“Sab’ai Sayyor”dostoni yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi.
Navoiy asar voqealarini o’z Vatani Xuroson, Movaraunnahr hayoti bilan bog’lashga harakat qildi. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi.
“Xamsa”ning yakunlovchi “Saddi Iskandariy” dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag’ishlangan. “Saddi Iskandariy” dostoni hajmi jihatidan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan.
O`qituvchi: - Navoiyning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe’-e’tibori saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqida hazar qilmaydigan amaldorlarni tashvish solib qo’ydi. Ular shohning adolat talab amirini ko’zdan uzoqroqqa jonatish yo’lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo’ldilar. Shoir 1487-1488-yillarda Astrobodga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi.
Sahna ko’rinishi
Uch yomonning ta’rifi.
Sulton Husayin bir kuni o’z vazirlarining aql farosatini donishmandligini sinab ko’rish uchun ularni huzuriga chaqiribdi:
Podshoh:- Menga uch yomon odam topib kelinglar, topganinggizga yuz tillo mukofot, topa olmaganingizga 70 darra, sizlarga uch kun muhlat .
Boshlovchi: - Vazirlar zir yugurishib uch yomon odam topa olmabdilar .
Dostları ilə paylaş: |