O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOINFORMATSION
TIZIMLAR FAKULTETI
4-BOSQICH (SIRTQI ) GEOGRAFIYA
YO’NALISHI TALABASI
______________________________________NING
_____________________________________________FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: __________________
Toshkent-2023
Mineral xom-ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
Reja:
KIRISH.
1. Mineral xom-ashyo resurslari va ularning ekologik-iqtisodiy xususiyatlari
2. Mineral xom-ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko‘rsatkichlari
3. Mineral xom-ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish.
4. Mineral xom-ashyo zahiralaridan foydalanishdagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Ishlab chiqarish kuchlarining tezkorlik bilan taraqqiy qilayotganligi sanoatni ko’plab Mineral xom-ashyo bilan uzluksiz ta’minlashni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida Yer qa’ridan ko’plab foydali qazilma boyliklarni qazib olishga undaydi. Qattiq foydali qazilmalar konlarda turli chuqurlikda joylashganligi tufayli ularni qazib olish jaryonida ko’plab bo’sh tog’ jinslarini Yer betiga chiqarish lozim. Buning ustiga rudalarda kerakli foydali ma’dan juda oz qismni tashkil qilishi mumkin (o’rtacha 0,1% dan 10% gacha).
Binobarin, ko’plab bo’sh tog’ jinslari konlar atrofida to’planib boradi. 90-yillarda dunyo bo’yicha yiliga qariyb 150 mlrd.. t. tog’ jinslari qazib olingan, shundan 20 mlrd.. t. si foydali qazilma bo’lgan. Bu raqam XXI boshlariga kelib 4-6 marta ko’payishi taxmin qilinmoqda. Shu munosabat bilan foydali qazilmalardan oqilona foydalanish muammosi Yer kurrasida tobora jiddiy tus olmoqda, bu borada qazib olish va ularni qayta ishlash texnologiyasiga katta ahamiyat berilib iqtisodiy jihatdan kamroq chiqim-xarajatlar sarflash ustida keng miqyosda tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitobicha Yer qatlamlaridan olinayotgan ma’danlarning bor yo’g’i-1-5%i ishlab chiqarish uchun mahsulot bo’lib, qolganlari chiqindi hisoblanadi. O’zbekiston zamini turli tabiiy Mineral boyliklarga ega. Bu hol hududning geologik jihatdan uzoq o’tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarni boshdan kechirganligi, ilk bor tog’ hosil bo’lish hodisalarini, dengiz havzalarining vaqt-vaqti bilan quruqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro’y berganligi, vulqon harakatlari, Yer osti magmatik jinslarni turli qatlamlarga kirib, qotib qolishi va boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |