Gigiyena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/3
tarix26.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#135419
  1   2   3
Gigiyena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish

Gigiyena sohasidagi asosiy qonuniy hujjatlar bilan tanishish

  • K I R I SH
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari oliy ta’lim, jumladan tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib: har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga horijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga asosan “Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo’nalishidao’qish muddati 6 yildan 5 yilga qisqartirildi va bitiruvchilarga “Vrach gigiyenist epidemiolog” kvalifikatsiyasi beriladigan bo’ldi.“Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo’nalishining asosiy maqsadi Respublikamizda ekologik holatni yaxshilash, sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va aholi o’rtasida kasallanishlarni kamaytirish maqsadida Davlat sanitariya epidemiologiya nazoratini olib boruvchi mutaxassislarini – vrach gigiyenist epidemiologlarni tayyorlashdan iborat.

Reja:

  • .Mamuriy hujjatlar
  • Davlat sanitariya hujjatlari
  • o’zgartirish kiritilgan asosiy qonuniy hujjatlar
  • Xulosa
  • Ma`muriy tadbirlar. Bular qatoriga eng avval tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning ishlab chiqilishi va uning amalda bajarilishni nazorat qilishni kiritish mumkin. Bu qonunlarni buzish turli miqdordagi jarimalar solish orqali amalga oshiriladi (jarimalarning miqdori keltirilgan zararlarning hajmiga muvofiq belgilanadi), atrof muhitni ifloslovchi ob`ektlarni boyitish orqali va zarurat tug’ilganda javobgar shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali bajariladi.
  • Davlat sanitariya nazorati – bu sanitariya qonunlarining buzilishi oldini olish, aniqlash va ularga chek qo’yishga qaratilgan sanitariya epidemiologiya xizmatining faoliyatidir
  • Davlat sanitariya nazorati O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitar epidemiologiq xizmat muassasalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar va muassasalarning vazifalari va ish faoliyatining mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish”, “Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi qonunlar, harakatdagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi “Sog’liqni saqlash organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 iyundagi 170-sonli “Respublika sanitariya – epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi Qarorlarga asosan sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibi belgilangan, shuningdek, sanitar-gigiyenik va epidemiologik xizmati muassasalari tizimiga kiruvchi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, OITS markazi, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar markazlari, salomatlik markazlari bo’yicha nizomlar tasdiqlangan.
  • O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va «Davlat statistikasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o’zgartishlar kiritish haqida»gi O’RQ-253-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 333-modda) 1-moddasi;
  • O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 aprelda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-352-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 98-modda) 2-moddasi
  • O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-373-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 9, 244-modda) 1-moddasi;
  • O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-381-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014 yil, № 12, 343-modda) 2-moddasi
  • Davlat sanitariya nazorati (DSN) O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitar epidemiologik xizmat muassasalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Uning vazifa va mazmunlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining "Fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish to’g’risidagi", "Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi" qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va ko’rsatmalari, Sog’liqni Saqlash Vazirligining me’yoriy uslubiy hujjatlari bilan belgilanadi.
  • Kommunal ob’ektlar va atrof muhit holati ustidan DSN o’tkazish uchun DSENM shifokori yuqori professional tayyorgarlikka, keng dunyo qarashga va yuqori madaniyatga ega bo’lish, aholi yashash joylari gigiyenasi, atrof muhit va aholi salomatligini himoya qilish sohasida fundamental va amaliy tayyorgarlikni birlashtira olishi kerak. Shu bilan bog’liq holda sanitariya shifokori kommunal gigiyena ob’ektlari ustidan sanitariya nazorat o’tkazishda sog’liqni saqlash haqidagi qonunchilik asoslari va shu sohada qo’llaniladigan direktiv hujjatlarni, sanitary qonunchilikni va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish asoslarni bilishi kerak
  • "Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish haqidagi qonun" (1996) - O’zbekiston Respublikasi hukumatining respublika aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash haqida g’amxo’rligini ifodalaydi.
  • 12-bandda qulay sanitar-epidemiologik holatga e’tibor berilgan. O’zbekistonda ekologik holatni yaxshilashda profilaktik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatilgan.
  • 1. 3. "Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risidagi" (2015yil) qonun aholini sanitariya-epidemiologik qulay va radiatsion xavfsiz sharoitlar bilan ta’minlash bo’yicha jamiyat qarashlarini ifodalaydi, hamda insonni qulay atrof muhitga egalik huquqini belgilaydi.
  • 1. 4. "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risidagi qonun"(1997yil). Ushbu qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atmosfera havosini tabiiy tarkibini saqlash, atmosfera havosiga kimyoviy, fizik, biologik va boshqa omillarning zararli ta’sirlarini kamaytirish va oldini olish. Atmosfera havosini himoyalash sohasida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, uyushmalar, jamoa birlashmalari va fuqarolar faoliyatini qonuniy boshqarish.
  • “Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida”gi, “Radiatsion xavfsizlik to’g’risida”gi, “Radiatsion chiqindilar to’g’risida”gi, “Tabiat muhofazasi to’g’risida”gi, “Atmosfera havosining muhofazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, ionlantiruvchi nurlanishlardan xavfsiz bo’lish va nurlanish manbalari xavfsizligining xalqaro asosiy me’yorlari, Rossiya RXTASQ —99 va RXM — 99.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin