o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va iqtisodiyotlari ochiqligining chuqurlashuvi.
--iqtisodiy integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi:
regional to‘siqlarning bekor qilinishi, umumiy bozor, erkin savdo zonalarining shakllanishi;
sobiq kolonial mamlakatlarning mustaqillikka erishishi. Tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan iqtisodiy modelga ega «yangi industrial mamlakatlar»ning ajra- lib chiqishi;
Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar xalqaro savdoning quyidagi zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi
Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar xalqaro savdoning quyidagi zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi
Birinchidan, xalqaro savdoning rivojlanish dinamikasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qadar yuqori o‘sish sur’atlari bilan tavsiflanadi. Tahlillar ko‘rsatishicha 1948-yildan 2020-yilga qadar jahon tovarlar eksporti 346 mlrd. Dollardan 18.3 trln dollargacha, ya’ni 53 martaga ortgan va uning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 7-8 %ni tashkil etgan.
Ikkinchidan, mamlakatlar tashqi savdosi iqtisodiy rivojlanishga nisbatan jadal sur’atlar bilan rivojlangan. Masalan, AQSh yalpi ichki mahsuloti 1980—2020-yillar- da 5.9 barabor o‘sgan bo‘lsa, uning eksporti — 7,0, importi esa 9,1 martaga ortgan.
Uchinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida eksport va import kvota- larining ortishi yuz berdi. Agar 1978—1987-yillarda jahon sanoat mahsulotining 13.8% eksport qilingan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 65,7 %ni tashkil etdi
Uchinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida eksport va import kvota- larining ortishi yuz berdi. Agar 1978—1987-yillarda jahon sanoat mahsulotining 13.8% eksport qilingan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 65,7 %ni tashkil etdi.
To‘rtinchidan, xalqaro savdoning geografik tarkibi mamlakatlarning hududiy yoki tashkiliy belgilari bo‘yicha rivojlanmoqda. Xalqaro savdoda yetakchi mav- qe AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyaga tegishli bo‘lib, ular hissasiga 2020-yilda jahon tovarlar eksportining 45,7 % kelgan.
Beshinchidan, xalqaro savdodagi asosiy savdo munosabatlari sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasida yuz beradi. Bu ko‘rsatkich umumiy savdo¬ning 61 %ni tashkil etadi.
Oltinchidan, xalqaro savdoning tovar tarkibi ham o‘ziga xos rivojianish xususiyatlariga ega
Dostları ilə paylaş: |