Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo'lgan nutq turi.
Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o'ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli.
Identifikatsiya — o'zini boshqa kishining o'rniga qo'yish orqali unga tenglashtirish.
Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish.
Muloqot— ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi axborot ayirboshlash, o'zaro ta'sir va bir - birini tushunishdan iborot jarayon.
Monologik nutq — bir kishining o'ziga yoki boshqalarga yo'naltirilgan nutqi.
Refleksiya — sub'yektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetish.
Stereotiplashtirish — xulq - atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma'lum va mashhur deb sanalgan, ya'ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo'li bilan ularning sabablarini izohlash.
Til — so'z belgilari yig'indisi.
Faollik - tiriklik xossasi bo'lib, u ongli tanlangan harakatlarda namoyon bo'ladi.
Individ - ongsiz, yangi tug'ilgan mavjudot, ruxiy kasal, odam.
Individuallik - shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi (temperament, xarakter, qobiliyat).
Motiv - ehtiyojlarni qondirish bilan bog'liq, faoliyatga undovchi ichki kuch.
Motivatsiya- faollikka undovchi motivlar majmuasi.
Shaxs - ongli sub'yekt, faoliyatda bo'ladigan, muloqot madaniyatiga ega bo'lgan, jamiyatda yashaydigan komil inson.
Ehtiyoj - hayvon va odam faolligining asosiy manbai bo'lib, u aniq sharoitlarda namoyon bo'ladi.
O'z - o'zini nazorat - shaxsning o'zini holatini boshqara olishi.
O'z - o'zini baholash- shaxsning o'z xislatlarini baholay olishi.
Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror ob'yektga to'planishi.
Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bo'lib, reja, maqsad, iroda kuchi bo'ladi.