Maltoza (solod shakari) : ikki molekula α – D – glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Maltoza molekulasining tuzilishi :
Maltoza ham saxaroza kabi siklik (yopiq zanjirli) ko’rinishda ham bo’ladi :
Maltoza kraxmalni fermentlar yordamida solodni ya’ni ko’kargan arpa donini chala gidrolizlash yo’li bilan olinadi.
Maltoza femingova suyuqligini qaytaradi.
Laktoza (sut shakari) – β – D – galaktoza va β – D – glukoza qoldiqlaridan tuzilgan. Laktoza 1633 – yildan beri ma’lum. Sutda 4-5% miqdorda bo’ladi.
Laktoza mutasiya hodisasiga ega va saxarozaga nisbatan inertligi 4 -5 marta kamroq.
Laktoza molekulasi quydagi tuzilishga ega :
Laktozaning siklik tuzilishi quydagicha bo’ladi :
D – glukoza qoldig’ini birinchi holatida (-OH) gidroksil gruppa bor, shuning uchun laktoza aldegid shakliga o’ta oladi :
Natijada laktoza boshqa jarayonlarda aldegid kabi, felingova suyuqligini qaytara oladi, ya’ni u qaytaruvchi disaxarid.
Shuning uchun birinchi holatda uglerod atomi aldegid shaklida sut shakarida glukoza qoldig’I boshqa minosaxarid molekulalarini biriktira olmaydi.
Sigir sutida 4 – 5% miqdorda laktoza bo’lsa, ayollar sutida 5,5 – 7,5% gacha bo’ladi. Sut achiganda hamma sut shakari bakteriyalar ta’sirida sut kislotasiga aylanadi.
Sellobioza – molekulsi ikkita β – D glukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. U gidrolizlanganda ikki molekula β – D – glukoza hosil bo’ladi.
Sellobioza 2β – D - glukoza
Sellobiozaning o’zi sellulozaning gidrolizlanishidan hosil bo’ladi :
Selluloza sellobioza
Sellobioza tabiatda ko’p tarqalgan, u maltoza kabi qaytaruvchi disaxariddir.
Dostları ilə paylaş: |